Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A1
o‘zi yashaydigan joyda suv havzalari, o‘simlik, hayvonat olamini muhofaza
qilishga doir o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi, qushlarga g‘amxo‘rlik qiladi.
A1+
foydali hasharotlarni asrash va ko‘paytirish, zararkunanda hasharotlarga
qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok eta oladi.
3-SINF
TABIATSHUNOSLIK
(34 soat, haftasiga 1 soat, A1+: 68 soat, haftasiga 2 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, jonli
va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini
aytib bera olish.
A1+
mavzuga doir tayanch so‘z va atamalarni xorijiy tilda ayta olish.
227
Do'stlaringiz bilan baham: |