17-mavzu. Kitobga mehr. Mirkarim Osim (1 soat).
Husaynning kitobga mehri. Insonning ilmga intilishi va kitobning ahamiyati.
Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Kitob haqidagi topishmoq va maqollar.
18-mavzu. Buyuk munajjim (1 soat).
Mirzo Ulug‘bek olim va podshoh. Podshohlik davridagi qilgan savob ishlari.
Rasadxona. Mirzo Ulug‘bek – buyuk munajjim. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
Nazorat ishi (1 soat).
19-mavzu. Shoh va shoir (1 soat).
Boburning hayoti va faoliyati haqida o‘quvchilarning yoshi va
psixofiziologik xususiyatlariga qarab ma’lumot berish. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez
o‘qish.
20-mavzu. Ona sabog‘i. G‘iyos Komilov (1 soat).
Bobur Mirzoning bolaligi. Ona-bolaning o‘zaro suhbati. Boburning
yoshligidanoq hamma narsani bilishga qiziquvchanligi. Bulut, qor va yomg‘ir
haqida onaning izohlari. Ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish. Topishmoqlar, maqollar
va tez aytishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |