29-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
Boshqotirmalar, savol va topshiriqlar asosida o‘quvchilarning bo‘limda
o‘rganganlarini tekshirish, umumlashtirish va mustahkamlash.
IV bo‘lim. ILM – AQL CHIROG‘I
(9 soat)
30-mavzu. Maktab – oftob qo‘shig‘i. Quddus Muhammadiy (1 soat).
Maktab – ilm maskani. O‘qituvchi – ilmga yetaklovchi aziz inson. Ongli,
ifodali, to‘g‘ri, tez o‘qish.
31-mavzu. Kitobni asrang (1 soat).
Kitob – muqaddas boylik ekanligini. Kitobni e’zozlash – oliy qadriyatligini
tushuntirish. Kitob haqidagi hikmatli gap maqol va topishmoqlar.
32-mavzu. Kitobim, jon kitobim. Dilshod Rajab (1 soat).
Kitob haqidagi hikmatli so‘z, maqol va topishmoqlar bahsi. Ongli, ifodali,
to‘g‘ri, tez o‘qish. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
Nazorat ishi (1 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |