9-mavzu. Vatan. Miraziz A’zam (1 soat).
She’rda vatan madhi. Vatan haqida o‘quvchilar tasavvuri. She’rni ongli,
to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish.
10-mavzu. Yagonadir Vataning sening. Xurshid Davron (1 soat).
Vatanning mo‘tabarligi. Vatanga muhabbat. Vatan oldidagi burch kabi
insoniy fazilatlar. Ongli, to‘g‘ri o‘qish. Mavzuga doir maqol va topishmoqlar.
11-mavzu. Bo‘lim yuzasidan takrorlash (1 soat).
O‘zbekiston - mening Vatanim bo‘limi yuzasidan o‘quvchilar bilimini
takrorlash va umumlashtirish. Boshqotirma va rebuslar yechish orqali o‘quvchilar
bilimini mustahkamlash. Sinfdan tashqari o‘qish (20 daq.).
Do'stlaringiz bilan baham: |