O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kun tartibiga rioya qilish;
o‘zlashtirgan bilimlarini boyita olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining o‘quvchilik burch va vazifalarini bilish, unga rioya qilish;
maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;
odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlar va urf-odatlarni tushuna olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompentensiyasi:
turli sodda jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlarni o‘qiy olish.
I bo‘lim. O‘ZBEKISTON - MENING VATANIM
(12 soat)
1-mavzu. Vatan – bu ... Po‘lat Mo‘min (1 soat).
Shoir she’rida Vatanning ifodalanishi. Shoir Vatanni yurakka tenglashtirib,
nimani ko‘zda tutgani. Aslida Vatan tug‘ilgan va yashaydigan joy ekanligi. She’rni
ongli, to‘g‘ri va ifodali o‘qish. Maqol va topishmoqlar ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |