II BOB. INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA MODALLIK
MAYDONINING IFODA VOSITALARI QIYOSIY TAHLILI VA ULARNI
TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR
II.1. Ingliz tilidagi modallik maydoni ifoda vositalarining o’zbek tilidagi
muqobillari qiyosiy tahlili
Can, could, may, might, shall, should, ought to, will, would, va must boshqa
fe’llardan shakli va ma’nosi bilan farq qiladi. (need va dare modal fe’l shakllari
kam ishlatilganligi sababli, bu yerda e’tiborga olinmagan). Bog’langan fe’l
iboralari be able to, have to, had better, used to, va be used to.
Modallarning shakli va tuzilishi
Modallar:
1. 3-shaxs birlikka hozirgi zamonda - s qo’shimchasi qo’shilmaydi.
2. – ing shakli mavjud emas.
3. kelajakni ifodalay oladi(qobilyatni ifodalaydigan can bundan mustasno)
va boshqalari ravishlardan foydalanib o’tgan zamonni ifodalaydi.
4. Boshqa modallar orqali to’g’ridan - to’g’ri ifodalanmaydi.
5. Fe’l iboralarida boshqa fe’llarni yolg’iz infinitive shakli orqali foydalanish
kerak.
Ko’pgina modal fe’llar not bilan qisqartirilishi va boshqalari olmosh bilan
qisqartirilishi mumkin.
Modallarning ma’nolari
Modallar ko’pgina tillarda istak yoki boshqa mayllar orqali ifodalanib ko’p
ma’nolarni ko’rsatib beradi.
Ular odatda sodir bo’lgan hodisani ko’rsatmaydi, harakatlar haqidagi
fikrlarni ifodalaydi: ruhsat, masalan, sizga biror ish qilishga ruhsat berilgan lekin
bu ishni bajarish unchalik zarur emas.
Ruhsat: May we cook? (Do you object? or Is there a regulation against
cooking?)
30
Taom tayorlasak maylimi?
Maslahat: Should we cook? (Is cooking a good idea?)
Taom tayorlaymizmi?
Zaruriyat: Must we rook? (Are we required to cook?)
Taom tayorlashimiz shartmi?
So’rayotgan shaxs yuqoridagi savollarni so’rayotgan vaqtda ovqat
tayyorlashi shart emas, ular kelajakda ovqat tayyorlashi va tayyorlamasliklari
aniqligi bizga noma’lum, garchi bu erda mayning tub ma’nosi ular ovqat
tayyorlashni hoxlayotgan bo’lsa-da agar javobi ha bo’lsa ular ovqat tayyorlashadi,
mustning tub ma’nosi ovqat tayyorlashni hoxlamayapti agar javob yo’q bo’lsa ular
ehtimol ovqat tayyorlashmaydi.
Ravishlar modallarni vaqtini ifodalashni ko’rsatadi
COULD (qobiliyat ma’nosida)
-Terry could cook tomorrow, (kelgusida) [15,43]
Terry ertaga taom tayorlay oladi.
-Terry could cook every day. (odatiy) [15,43]
Terry har kuni taom tayorlay oladi.
-Terry could cook yesterday, (o’tgan) [15,43]
Terry kecha taom tayorlay oldi.
Bu gaplarda boshqa fe’llar zamoni ham vaqtni ifodalay oladi
- Terry could cook while the children are getting dressed. [15,44]
- Bolalar kiyinishayotganda paytda Terry taomni tayorlashga ulgidi.
- Terry could cook well when he came to see us last summer. [15,44]
- Terry o’tgan yozda bizni ko’rgani kelganda yaxshi taom tayorlay olardi.
Ravishsiz modallar hozir va kelajakni aglata oladi.
- We should respect our parents, (present and future) [15,44]
- Biz ota-onalarimizi hurmat qilishimiz kerak.
Garchi can/could, may/might, will/would, and shall/should juftliklarida
ba’zan hozir va o’tgan zamon bog’liqliklari mavjud, could, might, would, va
31
Do'stlaringiz bilan baham: |