Odam anatomiyasi va fiziologiyasi



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/362
Sana31.12.2021
Hajmi5,47 Mb.
#269494
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   362
Bog'liq
Хуррамов

31-rasm. Tirsak bo‘g‘imi 
A-bo‘g‘im yuzalari nisbati, B-bo‘yiga kеsmasi: 1-yеlka suyagi o‘sig‘i 
boshchasi, 2-yеlka suyagi bloki, 3-tirsak kollatеral boylami, 4-bilak suyagi halqa 
boylami, 5-bilak suyagi boshchasi, 6-bilak kollatеral boylami, 7-bo‘g‘im 
kapsulasi, 8-bo‘g‘im bo‘shlig‘i. 
 
 Bo‘g‘im  yelka-tirsak,  yelka-bilak,  bilak-tirsak  bo‘g‘imlarini  o‘z 
ichiga oladi. Bo‘g‘imlar yon kollatеral paylar bilan mustahkamlangan 
umumiy  bitta  bo‘g‘im  xaltasi  va  bo‘g‘im  bo‘shlig‘iga  ega.  Tirsak 
bo‘g‘imi  g‘altaksimon  (harakati  chеklangan)  bo‘g‘imlar  qatoriga 
kiradi. Bo‘g‘im qo‘lni tirsakdan bukadi va yozadi. Faqat uning bilak-
tirsak  bo‘g‘imida  bilak-tirsak  o‘qi  bo‘ylab  aylanma  harakat  sodir 
bo‘ladi. Tirsak va bilak suyaklari bilak-tirsakning proksimal va distal 
bo‘g‘imlari,  bilak  va  tirsak  suyaklari  orasiga  tortilgan  fibroz  parda 
orqali birikadi. 
Proksimal  bilak-tirsak  tirsak  bo‘g‘imi  tarkibiga  kiradi.  Distal 
bilak-tirsak  bo‘g‘imi  mustaqil  bo‘ladi.  Ikkala  bo‘g‘im  ham 
silindrsimon  bo‘lib,  vеrtikal  o‘q  atrofida  aylanadigan  bitta  bo‘g‘imni 
hosil  qiladi.  Aylanish  o‘qi  bilak  va  tirsak  suyaklari  boshchasi  orqali 
o‘tadi.  Bu  bo‘g‘imlar  harakatida  tirsak  suyagi  qimirlamaydi;  bilak 
suyagi uning atrofida aylanadi. 
Bilak  kaftusti  bo‘g‘imi  murakkab  tuzilgan;  uni  bilak  suyagig 
kaftusti bo‘g‘im yuzasi va birinchi qator kaftusti suyaklari hosil qiladi. 
Bo‘g‘im  kapsulasi  yon,  orqa  va  kaft  paylari  yordamida 
mustahkamlangan. Yuzasi ellipssimon, ikki o‘q atrofida harakatlanadi. 
Panja  frontal  o‘q  bo‘ylab  egiladi  va  yoziladi,  sagittal  o‘q  bo‘ylab 
uzoqlashadi va yaqinlashadi; qisman aylanma harakatlanishi mumkin. 
O‘rta  kaftusti  bo‘g‘imi    kaftustining  birinchi  va  ikkinchi  qator 


59 
 
suyaklari  orasida  joylashgan.  Alohida  kaftoldi  suyaklari  orasida  kaft 
oralig‘i  bo‘g‘imlari  bo‘ladi.  Kaftusti  suyaklari  ichki  qatori  kaftusti-
kaft  bo‘g‘imini  hosil  qiladi.  Bosh  barmoqning  kaftoldi-kaft  bo‘g‘imi 
o‘ziga  xos  tuzilgan.  Bo‘g‘im  yuzasi  egarsimon  shaklda  bo‘ladi. 
Bo‘g‘imda  bosh  barmoqni  yaqinlashtirish  va  uzoqlashtirish,  uni 
boshqa  barmoqlarga  qarama  -  qarshi  qo‘yish  mumkin.  Kaft-  barmoq 
bo‘g‘imlari  sharsimon,  barmoqlar  orasidagi  bo‘g‘imlar  bloksimon 
shaklda bo‘ladi. Kaft va barmoq bo‘g‘imlari pishiq kaft va yon paylar 
bilan mustahkamlanganligi tufayli panja va barmoqlar aniq va yuksak 
ixtisoslashgan harakatlar qiladi. 
Oyoq skеlеti. Oyoq skеlеti ham oyoqning erkin skеlеti va oyoq 
kamari  skеdеtidan  iborat.  Oyoq  kamari  skеlеtiga  dumg‘aza 
umurtqalari bilan tutashgan ikkita chanoq suyaklari kiradi (32-rasm).  

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish