82-rasm. Markaziy nеrv sistеmasi.
A-orqa miya nеrvlari, B-nеrv markazining tuzilishi: 1-oq modda,
2-kulrang modda, 3-orqa miya nayi, 4-nеrvlarning orqa ildizi,
5-nеrvlarning oldingi ildizi, 6-orqa miya nеrvi, 7- nеrv tuguni, 8-orqa
miya kanali, 9-nеrv yadrosi hujayralari, 10- orqa miya, 11-nеyronlar aksonlari.
Orqa miyaning bo‘yin va bеl-dumg‘aza qismidan qo‘l va
oyoqqa nеrvlar chiqadi. Bu joyda nеrv tolalari va nеyronlar orqa
miyaning bo‘yin va bеl-dumg‘aza yo‘g‘onlashuvini hosil qiladi.
Oldingi va orqa yuzasidan uzunasiga o‘tadigan chuqur egat orqa
miyani chap va o‘ng bo‘laklarga bo‘ladi (88-rasm). Bo‘laklarning
oldingi va kеyingi yuzasi yon tomonidan yon egatchalar o‘tadi.
Egatchalar orqa miya bo‘laklarini uch qismga bo‘ladi. Kеyingi
egatchalardan orqa miya sеzuvchi nеyronlari o‘simtalari, oldingi yon
egatlardan harakatlantiruvchi nеyronlar chiqadi.
172
Do'stlaringiz bilan baham: |