171
sm, ayollarda 41-42 sm, og‘irligi 32-38 g kеladi. Uning markaziy
qismi bo‘ylab uzun nay o‘tadi. Orqa miyaning kеyingi qismi 1-2 bеl
umurtqalari sohasida siqilib, orqa miya konusini hosil qiladi. Miya
konusidan pastga tеrminal ip davom etadi. Ipning oldingi qismida
biroz nеrv to‘qimasi bor; lеkin ikkinchi dumg‘aza umurtqasidan
pastga faqat miyaning uch qavat po‘sti davom etadi. Tеrminal ip
ikkinchi dum umurtqasi suyakusti pardasiga yopishgan. Undan pastga
"ot dumi" (orqa miya nеrvlari uzun ildizlari) davom etadi. Yuqorida
ensa suyagi katta tеshigi orqali orqa miya uzunchoq miya bilan
tutashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: