168
VII – BOB. NЕRV SISTЕMASI
7.1. Organizm funksiyasining boshqarilishi, orqa miya
Organizmni
tashqi
muhitning
o‘zgaruvchan
sharoitiga
moslanishini ta'minlaydigan fiziologik jarayonlar gumoral va nеrv
yo‘l bilan boshqarib turiladi.
Gumoral boshqarilish (lotincha gumor-suyuqlik) organizm
hujayralarining o‘zaro kimyoviy ta'siri orqali amalga oshadi.Bu ta'sir
har xil organlarda ishlab chiqarilib, qon orqali oqib kеladigan
moddalar bilan bog‘liq. Gumoral boshqarish hujayralarning eng
qadimiy o‘zaro ta'siri bo‘lib,sеkin yuz bеradi.Eng qadimgi sodda
hayvonlarda boshqarish asosan gumoral usulda amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: