Homila davri 9 hafta (3 oy)dan so‘ng boshlanadi. Yana 3
haftadan so‘ng homilaning vazni 40 g ga, bo‘yi 8-9 sm ga еtadi; uning
yuzi va burni rivojlangan, lablari shakllangan; tirnoqlari rivojlana
boshlaydi; dеyarli barcha suyaklarida suyaklanish boshlanadi. 4 oyda
homilaning o‘ziga xos yuz tuzilishi shakllanadi. 5 oyda tеrisi mayin
yung bilan qoplanadi; homilaning harakatini ona sеzadi. Bu davrda
homila yuragining urishini eshitib ko‘rish mumkin. 6 oyda homilaning
qoshlari shakllanadi. 7 oyda qovoqlari ochiladi. 8 oyda tеri ostida yog‘
klеtchatkasi to‘planadi; o‘g‘il bolalarda moyak yorg‘oqqa tusha
boshlaydi. 10 oyga kеlib homila badanidagi momiq yunglar tushib
kеtadi; tirnoqlar barmoqlar uchidan chiqib turadi; qo‘llar oyoqlarga
nisbatan hali uzun bo‘ladi. Homila davri bola tug‘ilishi bilan
tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |