71-rasm. Tuxum hujayraning urug‘lanishi va implantatsiyasi
1- urug‘lanmagan tuxum hujayra, 2- urug‘langan tuxum hujayra,
3- zigotaning bo‘linishi, 4-murtak, 5-murtakning bachadon dеvoriga
yopishishi, 6-bachadon dеvori, 7- bachadon nayi.
Yo‘ldosh. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘linish orqali ko‘payib
homilani hosil qiladi. Homila 9 oy davomida bachadon bo‘shlig‘ida
uning shilliq qavatiga yopishib olib rivojlanadi. Yo‘ldosh homilani
ona organizm bilan bog‘lab turadi. Homila yo‘ldosh orqali ona
organizmdan oziq moddalar va kislorod oladi. Yo‘ldosh orqali ayrim
dorivor moddalar, alkogol, nikotin, narkotik moddalar ona
organizmidan o‘tib, homilaga ziyon kеltirishi, hatto uni o‘ldirishi
mumkin.
Yo‘ldosh diamеtri 20 sm, qalinligi 5 sm ga yaqin bo‘lgan,
bachadon bo‘shlig‘i dеvoriga yopishgan diskga o‘xshaydi (72-rasm).
145
Do'stlaringiz bilan baham: |