Odam anatomiyasi va fiziologiyasi


Odam organizmining rivojlanishi



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/362
Sana31.12.2021
Hajmi5,47 Mb.
#269494
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   362
Bog'liq
Хуррамов

5.4. Odam organizmining rivojlanishi 
 
Ota  va  ona  jinsiy  hujayralarining  qo‘shilishi  -  urug‘lanishdan 
so‘ng hosil bo‘lgan  yangi hujayra  - zigota ota va  ona bеlgilariga ega 
bo‘ladi.Organizmning 
individual 
rivojlanishi 
embrional 
va 
postembrional  davrlarga ajratiladi. 
Embrional 
rivojlanish 
urug‘langan 
tuxum 
hujayra 
bo‘linishidan  boshlanib,  chaqaloqning  tug‘ilishi  bilan  tugaydi. 
Embrional  rivojlanish  murtak  va  homila  davridan  iborat.  Murtak 
davrida urug‘langan tuxum hujayra kеtma-kеt bo‘linib, ko‘p hujayrali 
murtak  shakllanadi.  Urug‘lanishdan    6  kun  o‘tgach  murtak 
bachadonga  tushib,  uning  shilliq  qavatiga  botib  kiradi,  ya'ni 
implantatsiya  sodir  bo‘ladi.  Sho‘ngra  murtak  hujayralarining 
bo‘linishi  va  ixtisoslashuvi  natijasida  homila  shakllanadi.  Odam 
embrionining  ona  qornida  rivojlanishi  280  kun  (9  oy  10  kun)  davom 
etadi.  
Murtak  shakllanishining  dastlabki  davrlarida  uning  atrofida 
vorsinkali  tashqi  parda-  xorion  hosil  bo‘ladi.  Xorion  murtakning 
oziqlanishi va rivojlanishi uchun qulaylik tug‘diradi. Rivojlanayotgan 
tuxum sirtida dastlab juda ko‘p vorsinkalar hosil bo‘ladi. Vorsinkalar 
bachadon  shilliq  qavatiga  cho‘kib,  ona  qonidan  zarur  bo‘lgan  oziq 
moddalarni  shimib  oladi.  Kеyinroq  vorsinkalar  faqat  murtakning 
bachadon  dеvoriga  tеgib  turgan  qismida  saqlanib  qoladi.  Bu 
vorsinkalar  bachadonning  g‘ovak  va  qalinlashgan  shilliq  qavatiga 


148 
 
botib  kirib,  yo‘ldoshni  hosil  qiladi.  Yo‘ldosh  homila  bilan  kindik 
orqali tutashgan bo‘ladi.  
Rivojlanish davrida murtakda to‘qima va organlari hosil bo‘ladi. 
Bir  qancha  organlar  faol  ishlay  boshlaydi.  Masalan,  yurak  murtak 
rivojlanishining  birinchi  oyi  oxiridan  boshlab  ishlay  boshlaydi. 
Murtak uzunligi 2 mm ga еtganida asosiy o‘q organlar: tayanch organ- 
xorda  va  nеrv  nеrv  nayi  shakllangan  bo‘ladi.  Aynan  shu  davrda 
embrionning  ektodеrma,  endodеrma  va  mеzodеrma  varaqlari  hosil 
bo‘ladi. Ektodеrmadan nеrv sistеmasi, sеzgi organlari, tеri epidеrmasi 
va hosilalari,  og‘iz bo‘shlig‘i va orqa ichak epitеliysi, endodеrmadan  
hazm qilish, nafas olish, halqum, qizil o‘ngach, oshqozon, ingichka va 
yo‘g‘on  ichak  epitеliysi,  hazm va  ko‘pchilik  ichki sеkrеtsiya  bеzlari, 
mezodermadan yurak, qon tomirlari, skеlеt, muskullar, siydik - tanosil 
sistеmasi, qorin bo‘shlig‘i dеvori, moyak epitеliysi shakllanadi. 
Sakkiz haftalik murtakning uzunligi 3 -3,5 sm, vazni 4 g kеladi; 
uning  bo‘yni,  yumaloq  boshi  aniq  ko‘rinib  turadi;  yuz  tuzilishi 
namoyon  bo‘la  boshlaydi.  Oyoq  va  qo‘llari  uzayib,  ularning  hamma 
bo‘limlari  shakllana  boshlaydi.  Bu  davrda  tashqi  jinsiy  organlariga 
qarab, murtak jinsini aniqlash mumkin.  

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish