80
Areal
lingvistikaning
asosini
lingvistik
tadqiqotlarda
foydalaniladigan til faktlari tashkil etadi, shuning uchun
areal
lingvistika metodlarini farqlash
muhim ahamiyat kasb etadi
10
. Ular
quyidagilar:
1. Muayyan til (shevalar) areali doirasida til (sheva) faktlarini
qayd
qilish. Bu jihatdan dialektologiya va lingvistik geografiya metodlari mos
keladi.
Sheva
faktlarining
haqqoniyligi
areal
lingvistikaning
mukammalligini ta’minlaydi.
2. Areal lingvistika uchun tanlanadigan sheva materiallarini
sharhlash. Dialektologik atlas tuzishda sheva faktlarining sharhi muhim
o‘rin tutadi. Ular quyidagi aniq lingvistik vazifalarni bajaradi:
a) o‘rganilayotgan til yoki shevalarning aloqada bo‘lgan (qo‘shni)
til va shevalar bilan
interferensiyasi natijalarini talqin qilish. Avvalgi
10
Taniqli olim
V.M. Jirmunskiy dialektologik atlas yaratish metodikasi deganda uning ikki
tamoyilini tushunadi: muayyan hududdagi sheva xususiyatlarini yalpi o‘rganish va har bir
kartalashtiriladigan izoglossalar chegarasini belgilash. Qarang:
Жирмунский В.М. Немецкая
диалектология. – Москва - Ленинград: ИАН.1956, – С.134.
81
sahifalarda ta’kidlanganidek, o‘zbek
tili qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq,
turkman va tojik tili hamda uning shevalari bilan kesishgan o‘rinlarga
ega. Shevalar kesishgan joyda har ikkala tilga o‘xshamagan shevalar
paydo bo‘ladi. So‘zsiz, bu shevalardagi o‘zbek tiliga xos bo‘lgan
xususiyatni ajratib olish muammosi paydo bo‘ladi. Bu muammo
sharhlash, talqin qilish orqali hal qilinadi. Masalan,
turkman tili bilan
aralash va qo‘shni yashaydigan o‘zbeklar shevasida egalik affiksi va
o‘rin-payt, chiqish kelishigi o‘rtasida
n undoshining orttirilishi izohlar
yordamida oydinlashtiriladi: qo‘lida ~
əлъндə ~ älindä, qolidan
~
əлъннəн ~ älinnän. Qirg‘iz tilida bunday pozitsiyada interkalyar
n
undoshining yo‘qolib borishi ham o‘zbek
tili shevalari bilan
interferensiyaning natijasidir.
b)
ijtimoiy omillarni hisobga olish. Interferensiya natijalariga baho
berishda turli xildagi ijtimoiy omillarni hisobga olish katta ahamiyatga
egadir. Bunda ikki sheva yoki tilning interferensiya sharoitida qo‘shilib
ketishi chog‘idagi til qarshiligi bo‘lishi hisobga olinadi. Bunga
Qashqadaryodagi (masalan, Kitob tumani Chechak qishlog‘i shevasi)
“й
~ j”lovchi shevalar
“дж
~ ž”lovchi shevalarga qorishuvi natijasida “й
~ j”lovchi shevalar aholisining ko‘pligi tufayli “й ~ j”lashishning ustun
kelishi misol bo‘la oladi.
d)
muayyan hududda turg‘unlashmagan til hodisalarini sharhlash.
Ikki sheva yoki dialektga xos xususiyatlarning shu sheva va dialektlarda
qo‘llanishi hamda ulardan birining g‘olib kelmasligi interferensiyaning
tugallanmaganligini, ya’ni bir sheva ikkinchi shevaga singib
ketmaganligini bildiradi. Bunga o‘zbek tilidagi
ɔ
~ ā va “
a”lashish, й
~ j
va
дж
~ ž hodisasining parallel qo‘llanishi misol bo‘la oladi.
e)
konvergensiya hodisalarini farqlash. Ma’lumki, o‘zbek tili
taraqqiyotida shahar shevalarida
ө ~ ö ↔ o ~ o, ү ~ ü ↔ y ~ u, и ~ i:↔
ы ~ ї: unlilari konvergensiyaga uchragan. Ular ham kartada izohlar bilan
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: