¾ Eng asosiy o’zgarish – erga egalik qilish munosabatlarining
vujudga kelishi
¾ Yirik mulkdorlar – dehqon xo’jaliklari salmog’ining kuchayishi
¾ Ularga qaram – ijarador – kadivarlar tabaqasining ortib borishi
Ijtimoiy-iqtisodiy
hayotdagi
o’zgarishlar
¾ O’ziga tegishli erlarda erkin xo’jalikni yurituvchi kashovarzlar
tabaqasining mavjudligi
Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi
tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi
pirovardida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo’lidagi xalq harakatlari,
g’alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. VI asr birinchi choragida Eronda
boshlanib, O’rta Osiyo hududida ham keng aks-sado bergan Mazdak
1
qo’zg’oloni buning yaqqol ifodasidir. Mazdakchilar «Z» harfi bilan
boshlanadigan 4 narsaning aholi o’rtasida teng baham ko’rilishini yoqlab
chiqqandilar: Zamin (er), Zar (oltin, boylik), Zo’rlik (kuch-hokimiyat) va Zan
(xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu xil g’oyalardan shuni anglash mumkinki,
ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o’ringa qo’yib, bunda er-mulk,
boyliklarni aholi o’rtasida barovar taqsimlash talabini ilgari surganlar. Ular
davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning daxlsizligi va qonuniy huquqlarini
himoya qilinishini, ayollar tengligini yoqlaganlar. Biroq o’sha davrda, sinfiy
tabaqalanish tobora kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda
mazdakchilik g’oyalarining tantana qilishi yohud hayotga tatbiq etilishi mumkin
emas edi. Shu bois ham Mazdak qo’zg’oloni tez orada hukmron tuzum kuchlari
tomonidan bostirildi. Mazdak va uning ko’plab tarafdorlari qo’lga olinib qatl
etildi. Shunga qaramay Eron va Turon aholisining keng qatlamlari orasida
Mazdak g’oyalari saqlanib, ularning haq, adolat yo’lidagi kurashlariga xizmat
qildi.
Eftaliylar davrida aholining katta qismi ko’chmanchi chorvadorlar bo’lib,
ular chorvachilik, yilqichilik bilan shug’ullangan. Suv havzasi, daryo bo’ylariga
yaqin hududlarda dehqonchilik rivoj topib bordi. Jumladan, Xorazm, Sug’d
1
Mazdak (470-529) – mazdakiylik ta’limotining asoschisi, mazdakiylar harakati rahbari
79
Chag’oniyon va Toshkent vohasida dehqonchilik madaniyati salmoqli o’rin
tutgan. Darg’om, Zog’ariq, Bo’zsuv kanallari singari suv inshootlari
dehqonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
Bu davrda yangi tipdagi ko’rkam va gavjum shahar-qal’alar ko’rinishidagi
aholi manzilgohlari vujudga keladi. Xorazmdagi Berkutqal’a, Bozorqal’a,
Toshkentdagi Oqtepa mavzeilari shular jumlasidandir. Bir necha oilalardan
tashkil topgan mazkur manzilgohlar qo’rg’onlar, qalin paxsa devorlar bilan
o’ralgan. Ularda hukmron tabaqa kishilariga xos hashamatli, bezakli ark-qasrlar,
ko’p xonali binolar bilan birlikda oddiy fuqarolarga mos qilib qurilgan oddiy
ko’rinishdagi turar joylar ham o’rin olgan. Eftaliylar poytaxti Poykand o’z
davrining eng ko’rkam, obod shaharlaridan sanalgan. Bu erda hunarmandchilik,
savdo-sotiq, qurilish ishlari ancha rivojlangan. Shahar Buyuk ipak yo’lida
joylashganligidan, unda turli mamlakatlarning savdo karvonlari xilma-xil mollari
bilan kelib savdo qilganlar. Buning uchun shaharda ko’plab bozoru rastalar,
karvonsaroylar mavjud bo’lgan. Mamlakatning savdo-sotiq ishlarida Eronning
tanga pullari bilan bir qatorda buxorxudotlar tangasi, Sug’diy va Xorazm
tangalari ham keng muomalada yurgan. Eftaliylar Eron, Hindiston, Xitoy va
uzoq Vizantiya davlatlari bilan ham qizg’in savdo-sotiq aloqalarida bo’lganlar.
Bu esa ularga foyda, manfaat keltiribgina qolmay, ayni chog’da o’sha davlatlar
bilan o’zaro yaqinlashuvlarida muhim rol o’ynagan.
Eftaliylar davrida madaniyati ham o’sdi. Varaxsha shahri obidalari,
Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan saroy, uning devorlariga ishlangan
betakror tasvirlar, o’ymakorlik va ganjkorlik namunalari - bular ajdodlarimiz
yuksak badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir.
Bu davrning moddiy madaniyatiga oid yodgorlik sifatida Xorazmdagi
Tuproqal’a to’g’risida bir qadar ma’lumot keltirib o’tish joizdir. Uning tuzilishi
to’g’ri burchakli bo’lib (500x 360 m), gumbazsimon yo’lakli va burjli mudofaa
devori bilan o’ralgan. Devorning janubiy qismidagi darvozadan ibodatxonaga
tomon asosiy ko’cha o’tgan. Ko’ndalang tushgan ko’chalar shaharni 10 ta
mavzega bo’lgan. Tuproqqal’aning shimoliy-g’arbiy qismida maxsus ko’tarma
supa ustiga xom g’ishtdan saroy qurilgan. Unga yonma-yon ark binosi
joylashgan. Bundan tashqari 100 ga yaqin turar-joy, xo’jalik binolari va 8 ta
saroy zali mavjud bo’lgan. Qal’aning janubiy-sharqiy burchagidagi 4ta xonada
teri va yog’ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan ortiq hujjatlar
topildi.
Bu davrda o’lkamizda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o’rtasida
keng tarqalgan sug’d yozuvi bilan birlikda undan bir qadar farq qiluvchi xorazm
va eftaliy yozuvlari ham qo’llanilgan. Bu yozuvlarda ajdodlarimizning tarixi,
taqdiriga oid ko’plab qimmatli bitiklar, ma’lumotlar bayon qilingan. Shuningdek,
eftaliylar davri qo’shiqlari va eposlari A.Firdavsiyning mashhur
«Shohnoma»sida ham o’z ifodasini topgan.
Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan «Navro’z» va unga xos xalq
marosimlari Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda va hududlarda keng
80
bayram qilingan. Eftaliylar shaharlarida mangu olov uylari - otashkadalar bo’lib,
ular zardushtiylik dininng muqaddas maskanlari sifatida aholi tomonidan ziyorat
etilgan. Xullas, Eftaliylar davrida o’lkamiz odamlari o’ziga xos boy madaniy va
ma’naviy turmush tarzini yaratib, undan bahramand bo’lganlar. Ayni chog’da
ular o’zlaridan keyingi avlodlar uchun ham munosib iz qoldirganlarki, bunga
ularning davriga oid turli hududlardan topilgan ko’plab noyob topilmalar, asori
atiqalar guvohdir.
2. Turk xoqonligi. Xoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy
va madaniy hayoti
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan
buyon yashab, o’zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko’plab
tarixiy manbalar ham tasdiq etadi. Mo’’tabar Xitoy manbalari, mashhur
«O’g’iznoma», Urxon-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli
guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar,
chunonchi, Ashin, Arg’u, O’g’iz, To’qqiz o’g’iz, O’ttuz tatar, Karluq, Kitan,
Tolis, Turk, Uyg’ur, To’qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar
yashardilar.
VI asr boshlarida Oltoy o’lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O’sha
paytda hozirgi Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan
Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar
orasida Ashin urug’ining mavqei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub Asan va
Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda
turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o’g’li Bumin Tele qabilasini
ham bo’ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi
va 551 yilda Jujan xonining qo’shinlarini engib, ularni o’ziga bo’ysundiradi.
Bumin 552 yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi davlat - Turk hoqonligiga
asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O’tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada
kuchayib, uning dovrug’i ortib borgan. U ko’p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning
bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili
o’lpon tariqasida yuz bo’lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo’lgan.
553 yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o’g’li
Mug’anxon (553-572) o’tiradi. Mug’anxon 558 yilda jo’janlarga so’nggi bor
qaqshatqich zarba berib, o’z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo’lgan
hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg’u» - bahodir
unvoni ham berilgan) bo’lsa, bu davrda xoqonlik hududini g’arbga tomon
kengaytirib, Ettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi.
563-567 yillar davomida Istami yabg’u qo’shinlari eftaliylar davlatiga
ketma-ket zarbalar berib, O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan erlarni
egallashga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk
xoqonligi O’rta Osiyo erlarini ishg’ol etgach, uning hududlari bevosita Eron
chegarasiga tutashadi.
81
Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo’shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini
o’rnatishga intiladi. Shu maqsadda Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk
malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga
ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning xoqonlik
bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ma’lum bo’ladi. Buning
boisi Eron shohining O’rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa,
shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab
bo’ladi. Istami qo’shinlari Eron shohi Xisrav I ni engadi. Eron shohlari Turk
xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga majbur bo’ladi.
Mug’anxon va uning avlodlari g’arbda Qora dengizga qadar hududlarni zabt etib
o’zlariga bo’ysundirganlar.
Turk
xoqonligi
568-569
yillarda o’sha davrning qudratli davlati-Vizantiya
bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o’rnatishga intilib, sug’d savdogari
Maniax boshchiligidagi elchilarni u erga yuboradi. Elchilar imperator
Yustinian II qabulida bo’ladi. Shundan so’ng Vizantiyannig Zemarx boshliq
elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch
va savdo-tijorat munosabatlarini o’rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Turk xoqonlari O’rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da, biroq o’zlari bu
hududga ko’chib kelmaganlar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi bosh
qarorgohlarida qolib, bo’ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali
boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar va to’lovlar bilan kifoyalanganlar.
Bundan ko’rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy
davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi
mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o’lkaning
ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro
savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek,
Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil
hokimlik mavjud bo’lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg’, Kesh, Nahshab,
Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand,
Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o’zlariga ancha mustqil
bo’lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo’lgan. Shu
bilan birlikda bu nisbatan mustaqil hokimliklar o’rtasida o’zaro kurash, ichki
ziddiyatlar ham to’xtovsiz bo’lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti,
turmushini nochor ahvolga duchor etgan. Masalan, 585-586 yillarda Buxoroda
zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Unga
Abro’y boshchilik qiladi. Hoqon Qoracho’rin qo’shinlari qo’zg’olonni bostirib,
qo’zg’olonchilarni qattiq jazolaydi.
Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi
hoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk
xoqonligi ikki qismga bo’linib ketadi.
G’arbiy turk hoqonligi (uning tarkibiga O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va
Jung’ariya (Xitoyning shimoliy g’arbi) hududlari kirgan). Sharqiy turk hoqonlik
(uning tarkibiga Mo’g’uliston hududlari kirgan). VII asrda g’arbiy hoqonlikda
82
shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy bilan qizg’in savdo-sotiq va diplomatik
aloqalar kuzatilgan.
Darhaqiqat, Xitoyda Tan sulolasi (618-907yil) hukmronligi davrida
G’arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida foydali aloqalar keng yo’lga
qo’yiladi. Masalan, 627-644 yillarda O’rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo
karvonlari yuborilgan. VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini kezgan
xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqqo’l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro
kabi joylarning ancha gavjum va obod bo’lganligini qayd etadi. Tan sulolasi 659
yilda Sharqiy Turk hoqonligini o’ziga bo’ysundiradi.
VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchaygan Xitoy O’rta Osiyo hududlarini
ham o’z qo’l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar bosh
ko’tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so’ng va bu davlat
Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda Xitoy O’rta
Osiyoga bo’lgan o’z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning endigi butun
diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida G’arbiy Turk
xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahaliy hokimliklar o’rtasidagi
ichki ziddiyatlar, er-mulk uchun o’zaro kurashlar ham sabab bo’ladi. Bu esa
pirovardida bu hududlarning arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab
bo’ldi.
Turk xoqonligining sharqiy erlaridan farqli o’laroq G’arbiy hududda
aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori
bo’lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turkiy
elatlarda urug’-qabilachilik munosbatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining
quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug’-qabilaning nomdor
vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi -
«Qurultoy» boshqargan. O’rta Osiyo erlarida esa bu davrda dehqonchilik,
bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O’lkaning
Farg’ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar,
suv havzalari bunyod etilgan.
Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan ham
mashg’ul bo’lgan. Bu erlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-
anjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, Iloqda qo’rg’oshin,
kumush, Shahrisabzda esa qizil tuz qazib olingan.
Xoqonlik davrida shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Buxoro, Samarqand,
Ishtixon, Toshkent, Isfara, Qubo (Quva), Koson kabi shaharlar o’sha davrning
ancha taraqqiy etgan hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari hisoblangan.
Buyuk ipak yo’li bu shaharlarning xalqaro savdoda faol ishtirok etishini
ta’minlagan. O’rta Osiyolik qo’li gul hunarmandlar, to’quvchilar, zargarlar,
miskaru temirchilar, ko’nchiyu qurolsozlar ishlab chiqargan nafis, xaridorgir
buyumlar, asbob-anjomlar turli yurtlarga yuborilgan. Mahalliy hunarmandlar
ishlab chiqargan rangli shishalar, zotdor otlarga xalqaro miqyosda talab katta
bo’lgan. Bu davrning o’ziga xos muhim o’zgarishlaridan yana biri-bu O’rta
Osiyo kulolchiligi hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir.
83
Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi-
yangi betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar mutaxassislar bahsiga sabab
bo’lgan Turk-ruin, Urxon-Enasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon
yodnomasi va shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatning
qadimiyligi va rang-barangligiga guvohlik beradi. 1970 yilda Almati yaqinidagi
«Issiq» degan joydan topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkiy
yozuv ham bizning yozuv tariximizga oid qarashlarimizni yanada boyitadi.
Endilikda topilgan noyob ashyoi dalillar asosida turkiy yozuvning tarixi
miloddan avvalgi II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo’ldi.
Turonzaminda turkiy yozuv bilan bir qatorda sug’d va xorazm yozuvlari
ham keng qo’llanilgan. Sug’d yozuvi 22 ta belgidan iborat bo’lib, chapdan
o’ngga qarab yozilgan. Shaharlarda so’g’d-turk ikki tilliligi rasmiy odat
bo’lganligi haqida Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit turk» (XI asr)
asarida ham qayd etib o’tilgan. Bu yozuvlarda ulug’ ajdodlarimizning katta
tarixi, boy madaniyatiga oid mislsiz ma’lumotlar aks etgan. Yana shu narsa
diqqatga sazovorki, o’sha davrlarda ulug’ ajdodlarimiz o’z navqiron nasllari
to’g’risida ham muttasil qayg’urganlar. Shu boisdan o’smir 5 yoshga to’lishi
bilan uni bilim olishga yo’llab, dastavval, xat-savod va hisob-kitobni
o’rganishga jalb etganlar. Bolalar o’smir-balog’at yoshiga etgach esa ularni
dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o’rganish uchun maxsus vakillar
homiyligida xorijiy ellarga yuborganlar.
Turk xoqonligida yashagan xalqlarning diniy e’tiqodi, tasavvurlari ham
turlicha bo’lgan, ko’p xudolilik xukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va
er jismlari - quyosh, oy, er-suv, hayvonlar va boshqa narsalarga sig’inishlikni
keltirib chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk qavmlarining eng oliy xudosi
hisoblangan. Hozirda ham «Tangri» iborasi Alloh nomiga nisbat sifatida
qo’llaniladi.
O’rta Osiyo xalqlari orasida zardushtiylik dini bilan bir qatorda joylarda
buddizm, moniylik, xristianlik dinlariga e’tiqod qilishlik ham keng rasm bo’lgan.
Bu narsa qadimgi ajdodlarimizning tor, biqiq holda hayot kechirmasdan balki
boshqa ko’plab qavmlar, elatlar bilan bog’lanib, aralashib, ma’naviy jihatdan
yaqinlashib hayot kechirganliklaridan dalolat beradi.
O’rta Osiyo xalqlari orasida tasviriy san’at o’ziga xos uslubda rivojlangan.
Jumladan, Varaxsha xarobalaridan topilgan saroy binolari devorlari peshtoqlariga
bitilgan rang-barang, bir-biridan nafis va jozibador rasm-suratlarni (qurollangan
yoxud ov qilayotgan jangchi askarlar, oq fillar, tuyalar, otlar va boshqa xil
hayvonlar, parrandayu darrandalar va hokazo) ko’zdan kechirar ekanmiz, bunda
ajdodlarimizning noyob iste’dodi va aql-zakovatiga tan beramiz va bundan
o’zimizda g’urur tuyamiz.
Shunday qilib, Turk xoqonligi o’z davrida keng hudularga yoyilgan eng
yirik davlat bo’lgan. Uning hukmdorlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan bo’lgan
munosabatlarda uzoq yillar o’z ta’sirini o’tkazganlar. Shu bilan birgalikda
xoqonlik davri moddiy va ma’naviy madaniyati, uning nodir namunalari
84
Turonzamin xalqlarining to’laqonli turmush tarzini o’ziga xos yo’sinda aks
ettirib qolmasdan, ular bobokalonlarimiz dahosining teranligidan, ularning
yuksak ijodkorligi, izlanuvchanligidan ham shahodat beradi.
3. O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida
VI asrning o’rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila,
urug’larning hayot tarzi qoloq bo’lib, ularning mutloq ko’pchiligida ibtidoiy-
patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko’chmanchi badaviy oilalari,
urug’lari o’z chorva mollari uchun er-suv, o’tloq qidirib keng sahrolar bo’ylab
kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va
janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab
qabilalari asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham
ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon
savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi
savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog’langanligi, savdo-tijorat va
hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila,
urug’larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda etakchilik o’rni
egallashiga ikkoniyat yaratdi Makka aholisi tevaragida ko’chmanchi arab
qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu
erlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug’idan chiqqan payg’ambarimiz
Muhammad Alayhivassalom nomi bilan bog’liq holda keng yoyila boshlagan
islom dini va ta’limoti bo’ldi.
Yakkaxudolik
g’oyasi:
Alloh yagona, Muhammad uning erdagi
rasuli (elchisi)
Umuminsoniy
g’oyalar:
Insonparvarlik, birodarlik, do’stlik,
qardoshlik, og’a-inilik, mehr-muruvvat,
ilmparvarlik, mehnatsevarlik, poklik,
to’g’rilik, rostgo’ylik, diyonatlik, sharm-
hayolik, ibolik v.b.
Islomning asosiy
tamoyillari:
¾ Allohning yagonaligi, Muhammad
uning payg’ambari ekanini tan olish;
¾ Muqaddas kitoblarga ishonish;
¾ Barcha payg’ambarlarni e’tirof etish;
¾ Parishtalarni e’tirof etish;
¾ Oxirat, taqdirga ishonish.
ISLOM
MADANIYaTI
Islomning asosiy
ruknlari:
¾ Kalimai shahodat;
¾ 5 vaqt namoz o’qish;
¾ Ramazon oyida 30 kun ro’za tutish;
¾ Zakot berish;
¾ Haj ziyorati.
85
Muhammad binni Abdulloh (570-632) hayotining oxirlariga kelib 630
yilda ko’p sonli arab qabilalarining islom bayrog’i ostida birlashuvi negizida
yagona davlatga asos soldi. Muhammad (s.a.v.) 632 yilda vafot etgach, uning eng
yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq Xalifa deb e’lon qilindi. Shu tariqa, Arab
Xalifaligi tashkil topdi.
Payg’ambar
noiblari- to’rt
choriyorlar
¾ Hazrat Abu Bakr Siddiq (632-634)
¾ Hazrati Umar (634-646)
¾ Hazrati Usmon (646-656)
¾ Hazrat Ali (656-661)
Mazkur choriyorlar hukmronligi davrida Xalifalik tarkibiga Shom, Iroq,
Yaman va boshqa hududlar qo’shib olindi. Umaviylar davrida (661-750) Arab
xalifaligi hukmronligi shu qadar katta hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga
G’arbda Misr, shimoliy Afrika erlari, Andaluziya (hozirgi Ispaniya), shimoli
sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va shimoliy-g’arbiy Hind sarhadlari
kirar edi.
VII asr o’rtalariga kelib xalifalik e’tibori O’rta Osiyo erlarini bosib
olishga qaratiladi. 651 yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so’ngra
Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson
deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali
boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan
shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu erlarni
arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz
sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini
ta’kidlab o’tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga
to’g’ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshlari qo’shini Amudaryo
atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu erlarning boyliklarini
talab, ma’lum o’ljalarni qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin.
Bundan ko’zda tutilgan asosiy maqsad- bu hududlarni yaqin kelajakda bosib
olishga tayyorgarlik ko’rish edi. Masalan, arab lashkarboshlari Ziyod ibn Abu
Do'stlaringiz bilan baham: |