Yakkaxudolilik
va ezgulik
timsoli
Ahura Mazda
¾ yaxshilik
¾ yorug’lik
¾ poklik
¾ soflik
¾ birodarlik
¾ mehr-oqibat
¾ mehnatsevarlik
¾ vatanparvarlik
¾ yurtparvarlik
¾ ezgulik
¾ bag’rikenglik
¾ tozalik
¾ insoflilik
¾ sabr-bardoshlilik
¾ baxt-saodat v.b.
«Avesto»da
ilgari
surilgan
g’oyalar
Yovuzlik
timsoli
Ahriman
¾ yovuzlik
¾ zulmat
¾ johillik
¾ baxillik
¾ dushmanlik
¾ shaytonlik
¾ zulmkorlik
¾ qorong’ulik
¾ g’ayirlik v.b.
«Avesto» ta’limoti bir tomondan, erli qabila, elatlarni turli mahalliy
ko’rinishdagi bid’at va xurofotlar ta’siridan xalos bo’lishiga, ikkinchidan,
mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkamlanib, etnik shakllanishiga va
uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy
munosabatlarning takomillashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning
ustiga «Avesto»da zardo’shtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan
tashqari unda o’lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to’g’risida
ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bu esa alohida e’tiborga loyiqdir. Masalan,
«Avesto» jamiyatni 4 asosiy qismga bo’ladi: uy, oila jamoasi - «Nmana», urug’
jamoasi - «vis», qabila - «zantu», qabilalar itifoqi - «daxyu». «Daxyu»
tushunchasi «viloyat», mamlakat ma’nosini ham anglatadi. Mamlakatni idora
qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan.
Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig’ilishi -
v’yaxa deyilgan.
«Avesto»da qadimgi
jamiyatda mavjud
bo’lgan 4 ta asosiy
ijtimoiy tabaqalar
¾ Kohinlar (Ruhoniylar)
¾ Askarlar
¾ Hunarmandlar
¾ Chorvadorlar
Manbaning turli ma’lumotlariga ko’ra, qadimda zargarlik, kulolchilik,
to’quvchilik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o’ziga xos tarzda
rivoj topgan. «Avesto»dagi bosh ma’buda - ezgulik, yorug’lik, yaxshilik, baxt-
iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong’ulik, razolat timsoli
- Ahriman o’rtasidagi doimiy murosasiz kurash g’oyasi zardushtiylik
(otashparastlik) dinining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Zardusht payg’ambar
sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va
oyatlarni xalqqa, odamlarga etkazishga da’vat etkuvchidir. Zero, Zardo’sht har
bir masalada fikr yuritganda Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat
46
etadi. Bir o’rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug’laymiz, u
chorvani, suvni va o’simlikni, yorug’likni va erni yaratgan ... ». «Avesto»da
moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Er, suv, havoni bulg’ash, olovga
tupirish eng og’ir gunoh sanaladi.
«Avesto» avvalgi dinlarda rasm bo’lgan insonlarni qurbonlik qilishni
qat’iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida
ta’kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo’lib, bu huquqdan uni mahrum
qilishga hech kimning haqqi yo’qdir.
Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo’lib, u insonning baxtu-
saodati ramzi sifatida ulug’langan. Shu bois ajdodlarimizning ko’plab to’y-
tomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, uning atrofida keng davra
qurish bilan bog’liq holda o’tkazilgan. Bu odatlarning ba’zilari hozirgacha ham
saqlanib qolgan. Shaharlar, aholi manzilgohlarining eng gavjum joylarida
maxsus qurilgan otashkadalar bo’lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to’la bo’lgan.
Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, doimiy farog’atli hayot inson uchun uzoq
notanish hayoliy jannatda emas, balki insonlar yashaydigan shu tiriklik
dunyosida bo’ladi. Bu maqsad, marraga etish uchun esa odamlar juda ko’p
murakkab va jiddiy sinovlardan o’tishlari kerak bo’ladi.
Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o’tmishdoshlarimizning
keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta’lim-tarbiyasi, boshqaruv
tizimini o’rganishimizda muhim dasturilamal manba bo’lib xizmat qiladi. Unda
umumbashariy g’oyalarning chuqur aks etganligi sababidan ham bu asar keng
hududlar bo’ylab yoyilib, Sharqu G’arbda e’tirof topib, turli xalqlarning
ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan.
Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta’limot g’oyalari o’z ta’sirchan
ahamiyatini ko’rsatib, asl ma’naviyatimiz sarchashmalaridan biri sifatida
xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.
4. Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi
Mil. av. VI asr o’rtalarida Axomaniylar davlati (mil. av. 558-330 yillar)
qisqa davr ichida qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II
asos solgan. Hind daryosidan Egey va O’rta dengizgacha bo’lgan oraliqdagi
Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va bolqon yarim orolining bir
qismini bosib oladi. Kir II O’rta Osiyo erlariga yurish qilishga maxsus
tayyorgarlik ko’radi. Kirning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari mil. av. 545-539
yillarga to’g’ri keladi. Kir II ning O’rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi mil.
av. 539-530 yillarni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoning tabiatan erksevar,
yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari ahomaniylarga bo’ysunmaslik uchun o’z ona
zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa Kir II ni
qayta-qayta bu hududga katta qo’shin bilan bostirib kelishga majbur etgan.
Ahomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma’lumotlar Yunon
va Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko’p
47
uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan
massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To’maris o’rtasidagi munosabatlar,
ularning o’zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma’lumotlari alohida
e’tiborga loyiqdir.
200 minglik katta jangovar qo’shin tuzib To’maris yurtiga kelgan Kir II
harbiy mahoratda mislsiz bo’lgan massaget qabilalarini ochiq jangda engish
qiyinligini his etib, avvalda turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko’radi. Shu
maqsadda To’maris huzuriga elchilar yuborib, go’yo o’zini malikaga jazman
ekanligini va shu bois unga uylanmoqchiligini bildiradi. Bu nayrang natijasiz
chiqadi. Kir II shundan so’ng yana hiyla ishlatib, To’marisning mard, jasur o’g’li
Sparganisni asirga oladi va oqibatda u o’zini halok etadi. Yagona farzandidan
judo bo’lib o’rtangan onaning dushmanga bo’lgan o’tli nafrati o’n chandon
ortadi. Buning ustiga elu-yurt erki, ozodligini har narsadan a’lo bilgan To’maris
Kir qo’shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirlik ko’radi.
Butun vujudlari ila g’animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget
qo’shinlari bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadi. Nihoyat, massagetlar
g’alaba qozonadilar. Fors qo’shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang
maydonida xalok bo’ladi. Bu miloddan avvalgi 530 yilga to’g’ri keladi.
Ahomaniylar shohi Kambis II (530-522) va Doro I (522-486) davrida
O’rta Osiyo hududlari bosib olinadi.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518 yillardagi harbiy
yurishlari davomida sak qabilalarini engib, itoatga keltirishga musharraf bo’ladi.
Lekin bunga osonlikcha erishgan emaslar. Loaqal bu yurtning oddiy cho’poni
Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan jon berib, jon
olishib, mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo’la oladi.
Eron ahomaniylariga qarshi O’rta Osiyoning Parfiya, Marg’iyona
hududlarida, Saklar o’lkasida ko’plab xalq qo’zg’olonlari yuz berib turgan.
Jumladan, Eron hududidan topilgan Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av.
522 yilda Marg’iyonada ko’tarilgan kuchli xalq qo’zg’oloniga Frada degan
shaxs etakchilik qilgan. Doro I qo’shini qo’zg’olonchilardan qonli o’ch oladi. 55
ming qo’zg’olonchilar qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham
qo’lga olinib qiynab o’ldiriladi.
Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga
bo’yin egmay, o’z erki, ozodligi yo’lida tinimsiz kurash olib borganligini
ko’rsatadi.
48
Eron ahomaniylari hukmronligi davrida O’rta Osiyo hududlari to’rt
satrapiya (harbiy okrug)larga bo’linib idora etilgan. Bular:
Kaspiy bo’ylaridan yashovchi
ko’chmanchi qabila, elatlar 11-
satrapiya
Saklar qabilalari
15-satrapiya
Baqtriya 12-satrapiya
Xorazm, Sug’diyona,
Parfiya
16-satrapiya
Har bir satraplik majburiyati
Yillik soliq to’lovi
Saroylar va ibodatxonalar qurilishida
mehnat majburiyatini o’tash
O’rta Osiyo satrapliklari Eron davlatiga eng ko’p miqdorda daromad
etkazib berardi.
Mil.av. VI-IV asrlarda ham O’rta Osiyoning Baqtriya, Sug’diyona,
Marg’iyona va Xorazm vohasi hududlarida sun’iy sug’orishga asoslangan
dehqonchilik madaniyati to’xtovsiz rivojlanishda davom etgan.
O’lkaning o’sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan Samarqand
(Afrosiyob), Marv, Baqtra, Erqo’rg’on, Qiziltepa, Ko’zaliqir singari shaharlari
hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari sifatida qadimgi ajdodlarimiz
hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda zarb etilib, muomalaga
chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining o’sganligidan
guvohlik beradi.
49
Mil.avv. VI-V asrlarda yurtimiz hududida kechgan
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon
Hunarmandchilik
ishlab chi
q
arishi
Qurilish ustachiligi
Qayta ishl
angan
ma’danlar
Badiiy
hunarmandchilik
Savdo-sotiq rivoji
Mil. avv. V-IV asrlarda
Markaziy Osiyo hududida
dastlabki tanga pullar –
Doriylar (hajmi 6,7 gr
bo’lgan tillo tangalar) va
talantlar (qimmati 34 kg
kumushga teng
daromadning shartli
hisobi)
Kumush
Oltin
La’l Zumrad Rangli va qora metallar quyish
O’rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo’lida olib borgan
kurashlari pirovard oqibatda o’z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to’rtinchi
asrga kelib Eron ahomaniylari xokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi.
Bunday sharoitda birinchi bo’lib Xorazm o’z mustaqilligini tiklashga muvaffaq
bo’ladi. Usta diplomat, mohir siyosatchi Farasman Xorazm mustaqilligini
qo’lga kiritib, uni mustahkamlay bordi. O’lkaning boshqa hududlarida ham
mahalliy xalqlarning Eron ahomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qatiy
kurash harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski, o’lkamiz xalqlarini bu davrda
tarixning yana og’ir sinovlari kutmoqda edi.
Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Aleksand,
Makedoniya podshosi Filip II ning o’g’li) olamga dovrug’ taratgan jahongir
hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo, Arabiston hududlarini qudratli
harbiy kuch bilan egallab, o’sha joylarda o’z hukmronligini o’rnatgan Iskandar
mil. av. 331yil oktyabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotomiya)
bo’lgan jangda Eron qo’shinlarini engadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan
uzil-kesil engilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U erda esa Baqtriya
satrapi Bess tomonidan o’ldiriladi. Tez orada Iskandar qo’shini ortiqcha
qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn,
Drapsak singari mustahkam qal’alarni egallaydi. Ko’p o’tmay Bess qo’lga olinib,
qatl etiladi. Mil. av. 328 yilda Xorazm shohi Farasman baqtradagi Iskandar
qarorgohiga tashrif buyuradi va ittifoqchilik bitimi imzolanadi. Shu boisdan
Iskandar Xorazmga yurish qilmaydi. Mil. av. 329 yilda Oks (Amu) daryosi
sohiliga etib kelgan Yunon qo’shinlari daryodan o’tib Navtaka (hozirgi
Qashqadaryoning Kesh-Shahrisabz vohasi)ga kirib boradi. Endigi harakat
yo’nalishi Sug’diyona paytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratiladi. Rim
50
olimi Kurtsiy Rufning ma’lumot berishicha, Iskandar armiyasi Marokandani
uncha qiynalmasdan va kam talofat bilan ishg’ol etgan va «shaharda o’zlarining
garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib»,
so’ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar.
Biroq Marokandadan so’ng yunon-makedon qo’shinlarining yurishlari
nihoyatda qiyin va murakkab kechdi. Chunki ular endilikda mahalliy xalqning
qudratli qarshiligiga duch keldi. Iskandar bosqinidan, uning yurtga solayotgan
qirg’ini-yu, zulm, asoratidan ko’zi g’aflat uyqusidan ochilgan, erk, ozodlik
qadrini har narsadan afzal bilgan ona zamin kishilari bir yoqadan bosh chiqarib,
ajnabiy istilochilarga qarshi harakatga keladi. Mil. av. 329 yil kuzida
Sug’diyonada boshlanib, O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlarida keng
aks sado bergan xalq qo’zg’oloni yurtimiz ozodligi tarixida chinakam yangi
sahifa yozgan.
Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko’tarilgan bu ommaviy harakatga
so’g’d xalqining mard o’g’loni Spitamen boshchilik qildi. So’g’diyona va
Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy
salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning
Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib
tashlaydi. Bu xabar erli aholiga katta ruhiy quvvat bag’ishlab, uning ajnabiylarga
qarshi faol kurashiga turtki beradi. Iskandar o’z qo’shinining bir qismini
qo’zg’olonchilarga qarshi Marokandaga yo’llaydi. Bu davrda Iskandarning o’zi
Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turar joylarini
bo’ysundirish uchun og’ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini
qo’llagan Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini
eshitgach, darhol shaharni tark etib, Politimet (Zarafshon) daryosining quyi
oqimi tomon jang qilib chekinadi. So’ngra bu erdagi dashtli ko’chmanchilarning
otliq askarlari bilan qo’shilib kutilmaganda qarshi hujumga o’tadi. Bundan
sarosimaga tushgan yunon qo’shini katta talofatga uchrab, qolgan-qutgan
jangchilari bilan shaharga chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi.
Bundan xabar topgan Iskandar Sirdaryo bo’yidagi hujum harakatlarini vaqtincha
to’xtatib, o’zi qo’shinga bosh bo’lib Spitamenga qarshi yurish boshlaydi. U
Marokandaga etib kelganida Spitamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib,
So’g’diyonaning cho’llik qismiga chekingan edi. Iskandar Spitamendan o’ch
ololmagach, butun qahri-zahrini Zarafshon aholisiga qaratadi. U Spitamen
kuchlarini ta’qib qilib, Marokandadan cho’lli hududlar tomon borar ekan, yo’l-
yo’lakay 120 mingdan ziyod tinch aholini qirib tashlagani tarixiy manbalarda
uchraydi. Biroq u bari-bir mahalliy xalqlarni o’ziga uzil-kesil bo’ysindira
olmaydi.
Iskandar Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi jang olib
borishdan ko’ra Spitamen boshchiligidagi qo’zg’olonchilarga qarshi kurashish
qiyin ekanligini tushunib etadi. Negaki, erli aholi o’zining har bir qarich tuprog’i,
daryo-ko’li, qir-adiri, qoyasi uchun dushman bilan jon berib, jon olishib
kurashgan. Iskandar armiyasining engilmasligi to’g’risidagi afsonalar ham
51
bizning yurtimizda barham topdi. Oxiri shunday bo’lib chiqdiki, O’rta Osiyo
erlarini kuch, qurol bilan enga olmasligiga ko’zi etgan Iskandar aqlu zakovat,
hiyla yo’li bilan ish tutib, mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagonlari bilan
umumiy til topishga, erli xalqning milliy udumlari, urf-odatlari, marosimlarini
qabul qilishga majbur bo’ladi. Shunday yo’l bilan So’g’diyona ulug’laridan
Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzodalar uning tomoniga o’tadi. Iskandarning
Oksiartning go’zal qizi Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik
aloqalarining kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qaxramoni Spitamenni qo’lga
tushirib, uni jismonan yo’q qilishda ham mahalliy zodagonlar xizmatidan
foydalanadi.
Spitamenning tez orada o’ldirilib, uning boshi Yunon podshohiga tortiq
qilinganligi fakti ham qo’zg’olonchi kuchlar o’rtasida birlikning bo’lmaganligi
alomatidir. Shunga qaramay ajnabiy bosqinchilarga qarshi xalq g’alayonlari 327
yil boshlariga qadar davom etdi. Garchand Spitamen boshchiligidagi keng
ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, u ulug’
ajdodlarimizning mardlik jasoratini, elu-yurt hurligi, ozodligi yo’lidagi
fidoyiligini yorqin namoyon etdi.
Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli janggu jadallardan
so’ng Iskandar Baqtriya, Sug’diyona va Ustrushonaning faqat bir qisminigina
itoat ettirib, bu hududlarga o’z ishonchli odamlarini, o’ziga sodiq sug’dlik
Oropiyni Sug’diyona hokimi etib tayinlab, o’zi mil. av. 327 yilda Hindiston
tomon qo’shin tortadi.
Yunon-Makedon qo’shinlari O’rta Osiyo erlarida shu qadar holdan toyib,
o’zining jangovorlik qobiliyatini yo’qotdiki, buning oqibatida ular shimoliy Hind
erlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan olgan Iskandar tez orada
Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig’idagi Bobil
shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil
ta’kidlashicha, Yunonlar podshosining bu buyrug’i ruhan cho’kkan uning butun
qo’shinida katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan.
Shunday qilib, butun er yuzini egallab, dunyo hukmdori bo’lishga da’vo
qilgan Iskandarning sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko’zlangan yuksak
natijalarsiz tugadi. Uning o’zi mil. av. 323 yilda Bobilda hayotdan ko’z yumadi.
Ayniqsa uning ko’p sonli lashkarlarining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq
qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlar berishi pirovardida uning
jahongirlik da’vosini puchga chiqardi.
O’zgalar yurtini zo’rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish,
boshqalarga o’z irodasini majburlash yoxud zulm-asoratni kuchaytirish pirovard
natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli
yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog’ini hech mahal unutmaslik kerak
bo’ladi.
52
5. Baqtriyada davlat mustaqilligining tiklanishi
Iskandar vafotidan keyin (323 yil) mil. av. IV asr oxirlaridan (312 y) to
mil. av. III asr o’rtalarigacha Turonzamin hududlari alohida satrapliklar
(bekliklar) sifatida salavkiylar sulolasi tomonidan idora etiladi. Iskandarning
iste’dodli sarkardalaridan bo’lgan Salavk va uning vorislari ikki daryo oralig’i
(Tigr va Efrat)dan tortib to O’rta Osiyo, Xitoyning g’arbiy chegaralari, shimoliy
Hindistonga qadar bo’lgan katta hududlarda o’z hukmronligini amalga oshirgan.
Yunonlarning bu hududlarni boshqarishi, ularning xalqlarini itoatda tutishi
g’oyatda murakkab sharoitlarda kechgan. Negaki, tabiatan erksevar Vatanimiz
xalqlari yunonlar zulmi va asoratiga qarshi to’xtovsiz kurash olib borganlar.
Buning oqibatida Salavkiylar davlati tobora zaiflashib, ichdan emirila boradi.
Mil. av. III asr o’rtalariga kelib Turonzamin xalqlari salavkiylar xukmronligi
ta’siridan xalos bo’lishga va o’z mustaqil davlat tuzilmalarini vujudga keltirishga
muvaffaq bo’ladi. Shu bilan birlikda yunonlarning sharqiy hududlarda xiyla uzoq
davom etgan hukmronligi davomida yunon madaniyati bu hududlarga yoyilib va
ayni paytda Sharq xalqlari madaniyati bilan o’zaro singishib, bir-birini boyitib
bordiki, bu hol ellinizm nomi bilan mashhur bo’ldi. Ellinizm madaniyati turli
xalqlar madaniyatini o’zida mujassam etgan ilg’or tarixiy hodisa sifatida o’z
davrida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Vatanimiz xalqlarining salavkiylarga qarshi ozodlik kurashi muvaffaqiyatli
yakun topgach, Baqtriya salavkiylar saltanatidan ajralib chiqadi va mil.av. 250
yilda uning davlat mustaqilligi qayta tiklanadi. Uning tarkibiga Baqtriya (hozirgi
Qashqadaryo, Surxondaryo, Tojikiston janubi), Sug’diyona (Zarafshon vohasi),
hozirgi Afg’onistonning shimoliy, Turmanistonning sharqiy erlari – Marg’iyona
ham kirgan. Bu davlatning Yunon-Baqtriya deb atalishining boisi shundaki,
uning markazi Baqtriya hududlari edi, hukmdorlari esa asosan yunon aslzodalari
bo’lgan. Mustaqil Yunon-Baqtriya davlati unga asos solgan, o’zini shoh deb
e’lon qilgan Diadot I, uning o’g’li Diodot II davrlarida bir muncha yuksaladi. Bu
jarayon Evtidem I va u boshlab bergan evtidimiylar sulolasi boshqaruvi davrida
yanada kuchayadi. Baqtriya davlati sarhadi keyinchalik Sharqiy Turkiston,
Sharqiy Eron, shimoliy-g’arbiy Hindiston, Sind o’lkasi hududlarigacha
kengaygan. Uning xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti ham ancha
yuksak darajaga ko’tarilganligidan guvohlik beradi. Shimoliy Afg’onistonning
Oyxonum, Tojikistonning Ko’hnaqal’a, Qayqobodshoh, Surxondaryo
viloyatining Dalvarzintepa, Zartepa va boshqa joylarida olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar qadimda bu shahar - qal’alarda to’laqonli hayot tarzi hukm
surganligidan, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa kasb turlari ravnaq
topganligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham Yunon olimi Yustin Yunon-
Baqtriyani ming shaharli davlat deb bejiz ta’riflamagan. Bu davlatning poytaxti
Baqtra nomi bilan atalgan. Bu shahar xalqaro karvon savdosi - Buyuk Ipak
yo’lining muhim chorrahasida joylashganligidan, unda savdo-hunarmandchilik
sohalari bir muncha rivoj topgan. Mamlakatning Eron, Xitoy, Hindiston, singari
53
o’sha davrning rivojlangan davlatlari bilan olib borgan savdo-tijorat
munosbatlari asosan mana shu shahar orqali o’tgan. Shuningdek, eski Termiz,
Marv, Kaykobodshoh, Qo’hnaqal’a, Marokanda (Samarqand) singari
shaharlarning ham savdo-sotiqning yirik markazlari sifatidagi mavqei yuksak
bo’lgan.
Yunon-Baqtriya davlati o’zining pul birligiga ega bo’lgan. Oltin, kumush
va misdan tanga pullar zarb etilib muomalaga chiqarilgan. Bundan tashqari bu
mamlakatda turli xil don ekinlari, serunum erlarida uzumzor bog’lar ko’p
bo’lgan, sharbatli mevalar etishtirilgan. Bu hol unda dehqonchilik madaniyati
o’sganligidan, sun’iy-sug’orish inshootlari tizimi keng tarmoq otganligidan
yaqqol dalolatdir. Garchand Yunon-Baqtriya davlatida quldorlik munosabatlari
mavjud bo’lsa-da, biroq unda erkin dehqon jamoalari mehnati salmoqli rol
o’ynagan. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarining nisbatan tez o’sishiga,
shaharlar hayotining rivojlanishiga muhim turtki bergan.
Miloddan avvalgi II asr o’rtalariga kelib bir qator ichki va tashqi vaziyat
taqozosi bilan yuz bergan keskin o’zgarishlar oqibatida Yunon-Baqtriya davlati
tushkunlikka yuz tutdi. Buning muhim sabablaridan biri- qo’shni Parfiya
davlatining kuchayib ketishi va o’z hududlarini Yunon-Baqtriya hisobiga
kengaytirishga intilishi bo’ldi. Bu hol Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga
solib qo’ydi. Tez orada Hind erlari hamda Sug’diyona uning tarkibidan ajralib
ketdi. Mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlariga esa sharqdan kelgan ko’p
sonli katta yuechji qabilalarining hujumi kuchayib, ular asta-sekin Farg’ona,
Surxondaryo hududlari sari siljiy boradi. Buning natijasida 120 yilcha mustaqil
davlat sifatida mavjud bo’lgan Yunon-Baqtriya davlati halokatga uchradi.
O’rta Osiyoda salavkiylar hukmronligining inqirozi natijasida mil. av. III
asr o’rtalarida vujudga kelgan mustaqil davlatlardan yana biri Parfiyadir. Bu
davlatga parn Girkaniya (Kaspiy) dengizining janubiy-sharqida yashagan
qabilasining yo’lboshchisi Arshak asos solgan. Arshakiylar sulolasining uzoq
hukmronligi uning nomi bilan bog’liq. Bu davlatning ilk poytaxti hozirgi
Asxabod shahri yaqinidagi qadimgi Nisodir. Bu shahar xarobalaridan topilgan
juda ko’plab noyob topilmalar, asori atiqalar qadimgi Parfiyaning o’z davrida
ancha taraqqiy etgan, moddiy va ma’naviy madaniyati yuksalgan davlatlardan
biri bo’lganligidan davlolat beradi. Mohir sarkarda, usta diplomat Arshak
Parfiyani dovrug’li davlatga aylantirish bilan birga uning hududlarini
kengaytirishga ham salmoqli hissa qo’shgan.
Arshak avlodlaridan Mitradat I davrida (mil. av. 170-138 y) bu davlat
salavkiylar va Baqtriyaning katta hududlarini o’ziga qo’shib oladi. 155 yilda
Midiya podsholigi bosib olinadi. Mil. av. 147 yilda esa mashhur Bobil shahri
ham egallanadi. Mitradat II davriga kelib (mil.av. 123-88) Parfiya davlati qudrati
benihoya kuchayib, u Rim imperiyasining Sharqdagi asosiy raqobatchisiga
aylanadi. Davlat hududlari g’arbga tomon kengayib borganligidan, uning
poytaxti ham Ktezafon shahriga ko’chirilgan. Mil. av. 40 - yillarda Kichik Osiyo,
Suriya va Falastin erlari ham Parfiya qo’l ostiga o’tgan. Biroq tez orada Rim
54
imperiyasi bu hududlarda o’z ta’sirini qayta tiklashga muvaffaq bo’lgan. Buning
sababi Parfiya davlati ichida vujudga kelib kuchaya borgan mahaliy
boshboshdoqlik, sulolaviy nizolar, so’ngra ko’chmanchi alanlarning xujumlari -
bular pirovard oqibatda uning ichki zaiflashuviga, siyosiy beqarorligining
kuchayishiga sabab bo’ldi. Boz ustiga to’xtovsiz davom etgan tashqi va ichki
urushlar mamlakatni holdan toydirib, uni halokatga duchor etdi. Milodning 207-
222 yillarida Parfiya hukmdori bo’lgan Vologes V davrida saltanat ikkiga, ya’ni
Mesopotomiya va Midiya davlatlariga ajraladi. Xuddi shu davrda Fors
hududlarida yangidan vujudga kelib qudrati oshib borayotgan Eron sosoniylari
davlati tez orada Parfiyaga hal qiluvchi zarbalar berib, uning erlarini o’z
tarkibiga kiritadi. Bu milodning III asri 20 yillarida sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |