Ilk paleolit bundan 3-2,5 million yillardan 100 minginchi yillargacha
bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700-
300 ming yillar ilgari bo’lib o’tgan Shel
1
va taxminan 300-100 ming yillar ilgari
bo’lib o’tgan Ashel
2
davri bo’lganligini ham ta’kidlaydilar.
O’rta paleolit bosqichi bundan 100-40 ming yillar ilgarigi davrdir.
Arxeologiyada bu davr Muste
3
madaniyati ham deb yuritiladi.
So’nggi paleolit bosqichi miloddan taxminan 40-12 ming yillar ilgarigi
davrdir.
Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit /yunoncha «mezos» - o’rta,
«litos» - tosh degan ma’noni bildiradi/ - o’rta tosh davri deyiladi va u miloddan
avvalgi 12 minginchi yillardan 7 minginchi yillargacha davom etadi.
Odamlarning paleolit va mezolit bosqichlaridagi termachilik va
ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni o’zlashtirish,
iste’mol qilish xo’jaligi deb ham ataladi.
Mezolit davrida tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanish qonuni
amal qila boshlaydi. Negaki, sayyoramizning turli mintaqlaridagi tabiiy iqlim
sharoiti turlicha bo’lganligi sababli ayni bir vaqtning o’zida yashash uchun qulay
iqlim sharoitlari mavjud bo’lgan hududlarda rivojlanish tezroq, noqulay
hududlarda sekinroq borganligi kuzatiladi.
Uchinchi
davr
Neolit /yunoncha «neos» - yangi, «litos» tosh degan
ma’noni bildiradi/-yangi tosh davri bo’lib, unga miloddan avvalgi 6-4
minginchi yillar kiradi.
Neolit davri odamlarning dehqonchilik, chorvachilik va
hunarmandchilik orqali iste’mol qilinadigan mahsulotlarni o’zlari yaratishga
asoslangan turmush tarzi ishlab chiqarish xo’jaligi shakllangan bosqich deb
ham ataladi.
To’rtinchi davr eneolit, ya’ni misdan qurollar yasash o’zlashtirilgani
uchun tosh-mis davri deyiladi, u miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda yuz
beradi.
Beshinchi
davr
bronza, ya’ni mis va qalay qotishmasidan mehnat
qurollari yasash o’zlashtirilgan davr bo’lib, miloddan avvalgi 3-2 minginchi
yillarni o’z ichiga oladi.
Miloddan avvalgi bir minginchi yillar boshlarida temirdan turli qurollar
va asbob-uskunalar yasashning o’zlatirilishi natijasida temir asri boshlanadi.
1
XIX asrning 60-yillarida frantsuz arxeologi G.Mortile tomonidan Frantsiyaning Shel shahri yaqinidan topilgan
arxeologik madaniyatning nomi.
2 Frantsiyaning Amen shahri yaqinidagi Sent-Asheldan topilgan madaniyatning nomi.
3 G. Mortile tomonidan Frantsiyaning janubi-g’arbi (Dordon departamenti) dagi Le-Muste g’oridan topilgan
madaniyatning nomi.
22
Ibtidoiy jamiyat davrlarining xronologik yillari taxminan belgilangan
bo’lib, ma’lum bir davr ayrim mintaqada oldinroq, boshqasida keyinroq
boshlanishi va tugallanishi mumkin, albatta.
Tarixiy tadqiqodlar kishilik jamiyatining neolit va undan keyingi
davrlarga o’tishi zamon nuqtai nazardan sayyoramizning turli mintaqalarida har
xil vaqtlarda sodir bo’lib, keyingi davr oldingilaridan qisqaroq bo’lib
borganligidan guvohlik beradi. Bu jarayonni zamon va makonda tarixiy
rivojlanish sur’atlarining jadallashish qonuni bilan izohlash mumkin bo’ladi.
2. Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari.
Mamlakatimizning
ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiiy-
geografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog’ingarchilik kam bo’lgan iqlim
tartibi qaror topgan davrga to’g’ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar,
xayvonot olami va o’simliklar dunyosi shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar
davomida tabiiy muhit ham o’zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida
sayyoramizni muzlik qoplab iqlim keskin soviydi, tez-tez yog’ingarchilik
bo’ladigan bo’lib qoladi. O’lkamizda cho’l va voha landshaftlari shakllanib,
o’simliklar va hayvonlar dunyosi o’zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham
aqliy jihatdan takomillashadi.
O’zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar
Farg’ona vodiysining So’x tumanidagi Selung’ur g’oridan va Toshkent
viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonidan topilgan va
o’rganilgan.
Selungur g’ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab
arxeolog olim O’.Islomov tomonidan o’rganilgan. Tadqiqotlar Selungur
manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida yashaganligini
ko’rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning suyak qoldiqlari, ularning toshdan
yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan ayiq, qoplon,
karkidon, sirtlon, ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar
Selungur g’orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan, degan
xulosaga keldilar
1
. Selungur tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u
mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo’lgan mintaqalardan biri ekanligini
isbotlab berdi.
Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Toshkent
viloyati Chotqol tog’ining janubiy-sharqiy yonbag’ridagi Jarsoyning
qirg’og’idagi Ko’lbuloq makonidir. 1963-1970 yillarda arxeolog M.R.Qosimov
rahbarligidagi guruh Ko’lbuloq makonida 10 dan ortiq qatlamni o’rgandi. 730-
830 sm. chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichiga to’g’ri
keladi. Bu qatlamlardan yirik, dag’al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari
1
Islomov U.I., Kraxmal K.A. Ranniy paleolit Uzbekistana: problemi i perspektivi// Problemi kamennogo veka
Sredney i Tsentralnoy Azii. Novosibirsk: SO RAN, 2002. str. 108-113.
23
topiladi. Ko’lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o’rganilgan boshqa
madaniy qatlamlar bu erda odamlar paleolit davrining o’rta va so’nggi
bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi.
Eng qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq qilardi.
Ular ikki oyoqlab, oldinga engashgan, qo’llarini tizzasigacha osiltirgan holda
yurganlar, qo’llari oddiy ishlarni - biron narsani ushlash, urish, er kovlash
kabilarni bajarishga qodir bo’lgan. Qadimgi odamlarning peshonasi tor, miyasi
kichik bo’lgan, hali gapira olmagan, uzuk-yuluq ovozlar chiqarib g’azab va
qo’rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar.
Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib-termachilab ozuqa topish uchun
toshdan, suyakdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu
tufayli ularni «homo-habilis»- «bilag’on odam» deyiladi.
Dastlabki
mehnat
qurollari
¾ O’tkir qirrali, yassi, tuxumsimon tosh qurollari.
Ular qo’l cho’qmori ham deyiladi.
¾ Daraxt shoxlaridan tayyorlangan er kovlaydigan
tayoq.
¾ Hayvonlarni zarb bilan uruvchi so’yil.
Ilk paleolit davrida odamlar to’da-to’da bo’lib asosan g’orlarda
yashaganlar, tabiatdagi tayyor narsalarni-daraxtlarning mevalarini, o’simlik
ildizlarini kovlab eb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvonlarni
ovlab, ushlab eganlar, shuningdek, mayda jonivorlarni, ularning tuxumlarini ham
iste’mol qilganlar.
Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg’ulotlari terib ozuqa topish,
hayvonlarni ovlash, tosh qurollari yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat
bo’lgan. Mana shunday mehnat jarayonida odamlarning o’zlari ham o’zgarib,
takomillashib borgan.
Mamlakatimiz
hududida
o’rta paleolit yoki muste davri, avvalo, odamlar
qiyofasining o’zgarishi, neandertallarning
1
vujudga kelishi bilan farqlanadi.
Ularning peshonasi va jag’ tishlari bo’rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo’lgan,
tik yuraolgan. Surxondaryo viloyatining Boysun tog’idagi Teshiktosh g’ori o’rta
paleolitga xos neandertal turidagi odamlarning manzilgohi ekanligidan dalolat
beradi. G’ordan 8-9 yashar bolaning qabri, kalla suyagi, odam suyaklarining
qoldiqlari, ular ovlab tirikchilik qilgan hayvon suyaklari, toshdan yasalgan
o’choq, kul qatlamlari, hayvon va qushlarning suyaklari topilgan.
O’rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqinidagi Amir
Temur g’oridan, Samarqand viloyatining Omonqo’ton, Qo’tirbuloq, Zirabuloq,
Toshkent viloyatining Xo’jakent, Obirahmat, Farg’ona vodiysining Qayrag’och
qishlog’idagi Boqirg’on darasi, Palmon qishlog’i yaqinidagi Xo’jaxayr soyi,
Buxoro viloyatining Qizil Nura, Navoiy viloyatining Uchtut deb atalgan tog’ yon
1
Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan, bundan 100-40 ming yillar yashagan odamlarga berilgan nom.
24
bag’irlaridagi o’ng’ur va buloq yoqalaridan topildi va o’rganildi. O’rta Osiyoda
bu davrga mansub 50 dan ortiq manzilgoh topilgan. Bu manzilgohlardan turli xil
tosh qurollari, hayvon shoxlari va suyaklari topilgan. Odamlarning mehnat
qurollari yasash uchun qulay, qattiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq
toshlarni Navoiy viloyatidagi Ijont va Uchtutda, Farg’onadan 40 km uzoqroqdagi
Qapchig’oydagi tosh konlaridan topganligi, toshga ishlov berish ustaxonalaridan
foydalanganligi aniqlangan. Chaqmoq toshdan o’tkir qirrali pichoqlar, qo’l
chopqichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar yasalgan.
Dastlabki odamlar hayvonlar kabi osmonda sodir bo’ladigan
momoqoldiroq va chaqmoq zarbidan, vulqon otilganda paydo bo’ladigan olov
lavasidan, dahshatli yong’indan qo’rqar edi, keyinchalik undan foydalana
boshlaydilar, olovni o’chirmaslik uchun navbatchilik qilib, olovga shox-shabba
tashlab turishgan.
O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etganlar,
gulxanda pishirilgan mazali va to’yimli go’sht iste’mol qilishgan, yirtqich
hayvonlarni olov bilan qo’rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida,
ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
O’zbekiston
hududida
so’nggi paleolit odamlari yashagan anchagina
manzilgohlar topilgan. 1939 yilda Samarqand san’at va madaniyat tarixi
muzeyining xodimi N.G.Xarlamov Samarqand shahridan o’tgan Siyobcha soyi
yoqasidan so’nggi paleolit davriga xos odam manzilgohini topadi. Bu
manzilgohda Samarqand davlat universitetining arxeologlari D.N.Lev va
M.Jo’raqulovlar tomonidan o’tkazilgan izlanishlar natijasida uchta madaniy
qatlam ochilib o’rganiladi. Bu makondan odam skeletlari, ikkita pastki jag’
suyagi, hayvon suyaklari, chaylasimon kulba izlari, uning markazida o’choq va
kul qatlamlari, 10 mingga yaqin tosh qurollari /tosh pichoq, qirg’ich, tosh bolta/
topilgan. Samarqand makonidan tasviriy san’atning eng qadimgi namunasi -
hayvonning qovurg’a suyagiga chizilgan beshta o’yiq shakl, bir qancha suyak
bezaklari topilgan.
So’nggi paleolit odamlarining manzilgohlari Toshkent va Surhondaryo
viloyatlarida ham topilgan. O’rta Osiyoda 30 dan ortiq bunday yodgorliklar topib
o’rganilgan. Mamlakatimizning so’nggi paleolit manzilgohlarida o’tkazilgan
tadqiqotlar bu davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush
tarzi va dunyoqarashida, xo’jalik yuritishida keskin o’zgarish yuz berganligini
ko’rsatadi. Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Odamlarning yangi
turi, hozirgi zamon odamlariga o’xshash bo’lgan kramononlar
1
shakllandi. Fanda
bu odamni «homo-sapiens» - «aql-idrokli odam» deb ataladi. Ularning miya
hajmi «homo-habilis»dan ikki baravar katta, bo’yi baland, qomati tik bo’lgan,
nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan. Xo’jalikda baliq ovi kelib chiqadi.
Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar.
1
L.Larte tomonidan Frantsiyaning Dordon departamentidagi Kro-Manon g’oridan topilgan, bundan 40-12 ming
yillar avval yashagan odamlarga berilgan nom.
25
So’nggi
poleolit
mehnat qurollari
¾ arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari
¾ suyak va yog’ochdan yasalgan tishli qarmoq-
garpunlar
¾ ignalar, nayza uchlari
So’nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o’zgarish ibtidoiy to’da o’rnida
urug’ jamoalarining vujudga kelishidan iborat bo’ldi. Qon-qarindoshlikka
asoslangan urug’ jamoalari ona urug’i doirasida rasmiylashdi, u tarixda
matriarxat deb nom oldi. Bir urug’dan tarqalgan odamlar jamoasi katta bir g’orda
yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan, birgalikda mehnat
qilgan, mehnat mahsulotlari butun urug’ a’zolarining umumiy mulki
hisoblangan. Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qilishni
o’rgatish ishlariga urug’ oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug’ning eng tajribali va
hurmatli a’zosi oqsoqol bo’lgan.
Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni, ayollar uchun turli bezak va
taqinchoqlar, ayollarning haykalchalarini yasashni o’zlashtirganlar. G’orlarning
devorlariga yirik hayvonlarning tashqi ko’rinishini, ov manzaralarini
tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning harakatlarini
namoyon etuvchi o’yin-raqslar vujudga kelgan. Shu tariqa, tasviriy va amaliy
san’at paydo bo’ladi.
So’nggi paleolit davridayoq insonning evropoid, negroid, mongoloid kabi
irqiy turlari paydo bo’ladi.Bu irqlar odamlar taraqqiyotining sifat ko’rsatkichi
bo’lmay, tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Evropoidlar Evropada,
Negroidlar Afrikada, Mongoloidlar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda
yashaganlar.
3. Mezolit va Neolit davri manzilgohlari.
Ulug’ muzlikning erishi, erning isiy boshlashi, ko’plab daryo va
ko’llarning hosil bo’lishi, yaylovlar, to’qay va o’rmonlarning vujudga kelishi,
yangi o’simlik va hayvon turlarining shakllanishi natijasida o’lkamizning barcha
vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Buni
arxeologlar tomonidan topilgan yuzlab odamlar yashagan manzilgohlar ham
ko’rsatadi.
1970-1980 yillarda O’.Islomov boshchiligidagi arxeologlar guruhi
Farg’ona viloyati So’x yaqinidagi Obishir soyining ungurlarida qidiruv ishlari
olib borib, Obishir deb atalgan makonlarda mezolit davri urug’ jamoalarining
izlarini topdi. Bu guruh 1967 yilda Toshkent shahriga yaqin bo’lgan Bo’zsuv
soyining ikki tarmog’i qo’shilgan joyida mezolit davriga oid manzilgohni topadi,
bu yodgorlikning yoshi miloddan avvalgi o’n mingginchi yilliklarga to’g’ri
keladi. Bu manzilgoh Qo’shilish nomi bilan ataladi. Bu makondan tosh qurollari,
mezolit davri jamoalari qoldiqlari topildi. Surxondaryo viloyatidagi
26
Ko’hitongning Machay soyi qirg’og’idagi g’orda olib borilgan tadqiqotlar
natijasida bu g’orda mezolit davri odamlari uzoq yillar davomida
yashaganligidan dalolat beruvchi madaniy qatlam ochildi. Machay
manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurollari, o’choq va kul
qatlamlari topilgan. Machayliklarning ov hayvonlari asosan tog’ arxari va
jayronlar bo’lganligi aniqlandi. Machayliklar shoxli va mayda hayvonlarni
xonakilashtirishni o’zlashtira boshlaganlari ham ma’lum bo’ladi.
Mamlakatimizning boshqa hududlaridan topilgan mezolit davriga oid
manzilgohlarda olib borilgan tadqiqotlar odamlarning mayda, tez harakat
qiluvchi hayvonlarni ham tuta olganliklarini ko’rsatadi.
Mezolit
davri
qurollari
¾ O’q-yoy quroli (kamon va paykonlar).
¾ tayoq uchiga o’tkir uchli nayzalar o’rnatilgan
irg’ituvchi nayza qurollari.
O’q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega
bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan
daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi
hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi.
Odamlar o’simliklarning ildizlarini iste’mol qilishdan boshoqlarni, mazali
mevalarni, iste’mol qilishga o’tadilar. Ular asta sekin it, sigir, qo’y, echki kabi
hayvonlarni qo’lga o’rgatish, boshoqli o’simliklar urug’ini erga ekib o’stirish
orqali don olish malakalariga ham ega bo’lib boradilar.
Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e’tiqod
shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko’rsatadi. Machay qabristonida jasad
chalqanchasiga yotqizilgani, ustiga qizil rang sepilib, atrofiga tosh taqinchoqlar
terib qo’yilgani aniqlangan. Ko’hitong tog’idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi
Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning vujudga
kelganligini ko’rsatadi. Qoyada yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi
tasvirlangan. Bu manzarada yirik shoxli hayvonlar podasi orqasidan ovchilar o’z
itlari bilan ketayotgani, ovchilar esa o’q-yoy bilan, poloxmon toshlar bilan
qurollangani tasvirlangan. Boshqa bir qoyada ikki guruh ovchilar buqani o’rab
olgani manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi bu suratlar o’sha davr
rassomlarining fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san’atda qanchalik
darajada aks ettirilganliklari haqida fikr yuritishga asos beradi.
Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarish - inqilob sodir
bo’ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari
ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh teshalar
paydo bo’ldi. Neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi.
Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning
uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi.
Neolit davrida odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga
keladi va xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Urug’ jamoalari echki, qo’y va
27
qoramollardan iborat qo’ra-qo’ra chorva mollariga, don-dun zahiralariga ega
bo’ladilar.
Neolit
davrida
ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanib bo’ladi. Bu
insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay
qutiladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot
kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning
turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi.
Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o’rniga jun va
o’simlik tolasidan to’qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar.
Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi.
Neolit
davri
mehnat
qurollari
¾ Tosh bolta, pona, iskana
¾ Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi
¾ Chaqmoq toshga tig’ o’rnatilgan suyak o’roq
¾ Toshdan yasalgan don yorg’uchoq
¾ Loydan qo’lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar
¾ Zig’ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato
to’quv dastgohlari yasaldi. Kiyimlar tikilgan.
¾ Yog’och g’o’lalarni bir-biriga bog’lab yasalgan suvda
suzuvchi sol, qayiqlar.
Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko’plab arxeologik
yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryoning qadimgi
Okchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan neolit davriga doir
odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqori Uzboy irmog’i va Orol dengizining
shimoliy-sharqiy bo’ylaridan yana ko’plab makonlar topib o’rganildi. Bularning
hammasiga Kaltaminor madaniyati degan nom beriladi. Kaltaminorliklar hayoti,
xo’jalik mashg’ulotlari va turmush tarzini o’rganish, uning miloddan avvalgi 5-3
ming yilliklarga doir arxeologik madaniyat ekanligini ko’rsatdi.
Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri Jonbos-4
hisoblanadi. Jonbos-4 da o’tkazilgan qazish ishlari natijasida maydoni 300 kv.m.
qeladigan g’oyat katta turar joy-yarim erto’la shaklidagi kulba ochildi.
Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qamishdan qurilgani, keyinchalik yonib
ketganligini, odamlar foydalangan barcha uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat
qurollari yiqilgan kulba ostida qolib ketganligini ko’rsatdi. Kulba tomini ko’tarib
turgan birnecha ustunlar borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100-120 ga yaqin
kishi istiqomat qilishgan. Uning o’rtasidan katta o’choq, atrofida yana 20 dan
ortiq mayda o’choqlar, ko’mirga aylangan yog’ochlar va qamishlar topildi. Har
bir o’choq atrofidan baliq, yovvoyi cho’chqa, bug’u, qirg’ovul, suv qushlarining
suyaklari, o’rdak va g’oz tuxumining po’choqlari, yovvoyi jiyda danaklari
topildi. Katta o’choq o’t og’asi ixtiyoridagi otashkada /altar/ bo’lib, Kaltaminor
urug’ jamoasi katta o’choqdagi o’tga topinishgan, bu odamlarning diniy
e’tiqodini ko’rsatadi. Kulbadagi mayda o’choqlar esa ona urug’i doirasida
28
ko’plab juft oila mavjud bo’lganini ko’rsatadi. Jonbas-4 manzilgohidan chaqmoq
toshdan yasalgan juda ko’p mehnat qurollari, keskich asboblar, suyak garpunlari,
turli xil naqshlar, o’yib solingan sopol idish siniqlari va boshqa ashyolar topiladi.
Topilgan qoldiqlarning deyarli ko’pchiligi baliq va qush suyaklari bo’lib,
kaltaminorliklarning baliqchilik va ovchilik bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi.
Kaltaminorliklar o’q-yoydan keng foydalanganlar.
1950 yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G’.G’ulomov Zarafshon bo’ylab
qidiruv ishlari olib boradi va o’nlab manzilgohlarni aniqlab, ulardan neolit
davriga oid tosh qurollar va sopol parchalarini topadi. Qidiruv ishlarini 1960
yildan boshlab arxeologlardan A.Asqarov va O’.Islomovlar davom etkazadilar.
Natijada 100 dan ortiq katta va kichik manzilgohlar topiladi. Ularda yashagan
urug’ jamoalarining baliq ovi bilan shug’ullanganligi, termachilik xo’jaligida
tosh yorg’uchoqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi.
Zarafshon daryosining o’rta havzalarida yana bir yodgorlik-Sazag’on
makoni /Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’i/ topib o’rganiladi. Ko’plab
tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlari suyaklari topiladi. Sazag’on jamoasi
qoramollarni qo’lga o’rgatib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar.
Zarafshon vodiysi urug’ jamoalari sifatli tosh xom ashyolardan qurollar
yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar. Neolit davrida Uchtut
chaqmoqtosh konida 4-5 metrlik shaxtalardan namlangan toshlarni kovlab olib
qurollar yasaganlar. Namlangan toshlarni yo’nish oson bo’lganligini bilganlar.
Zarafshon vodiysida yashagan urug’ jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa baliq
ovlash alohida ahamiyat kasb etgan.
4. Eneolit va bronza davri madaniyati.
Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi.
Miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni
o’rganadilar. Mis metall sifatida yumshoq bo’lganligi tufayli, undan yasalgan
qurollar mo’rt,yumshoq va tez egiluvchan bo’lgan. Shu sababdan toshdan
mehnat qurollari yasash ham davom etgan. Bu davrni eneolit, ya’ni mis-tosh
Do'stlaringiz bilan baham: |