O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


So’fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning  o’g’li  Ubaydulla ibn Ziyod



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/48
Sana17.11.2019
Hajmi1,51 Mb.
#26258
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
uzbktarixi uzl


So’fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning 

o’g’li  Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o’tib Poykand, Romiton erlarini 

egallashi, so’ngra  Buxoro hukmdorini engib, o’z foydasiga sulh tuzib, katta 

xazina, boyliklarni  qo’lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said ibn 



Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo’shin tortib kelishi va 

mahalliy  hukmdorlarni engib, katta boylik va ko’p sonli asirlar bilan 

Arabistonga qaytib ketishi - bular O’rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi 

dastlabki urinishlar edi. 

 

O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi         VIII 



asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704 yilda Qutayba ibn 

Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta 

Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda 



 

86

Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar  mahalliy  



xalq qarshiligini engib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. 

Kesh, Nasaf ham og’ir janglar bilan fath etiladi. 710 yilda Qutayba mahalliy 

hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri 

- Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Shu orada Xorazm shohi 

Chag’on o’z ukasi Nurzod boshchiligidako’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 

711 yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan 

foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o’ldiriladi. 

Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini 

yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini 

Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 

712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand 

hukmdori G’urak edi. G’urak arab qo’shinlariga qarshi jang qiladi, ammo 

kuchlar teng bo’lmaganligi sababli engiladi. Qutayba bilan G’urak (709-738) 

o’rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 

200 ming dirxam hisobiga boj to’lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o’rnida  

berishi ko’zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi -  

Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub 

aholisi esa o’z joyidan mahrum etiladi. Arab qo’shini 713-yilda Sirdaryo orqali 

yurish boshlab O’rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. 

Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg’ona vodiysini egallaydi, 

ko’p o’tmay o’lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg’ol qilinadi. Shu 

tariqa, 10 yil davom etgan qirg’inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr 

deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma 

viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi.  

 Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz 

zulm va zo’ravonlik o’tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan 

noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. 

Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo’l yozmalar 

yondirildi. Zardushtiylik, buddizm  dinining ko’plab ibodatxonalari, muqaddas 

qadam jolari kunpaya-kun etildi.  

Ulug’ bobokalonimiz Beruniy o’zining «O’tmish xalqlardan qolgan 

yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta’kidlaganidek, arablar mahalliy din, 

san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o’ldirdilar, asarlarini esa olovda 

yondirdilar. So’ngra ular ajdodlarimizning  bebaho boyligi hisoblangan  mahalliy 

yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo’q qildilar. Musulmonchilik diniga,  islom 

aqidalariga zid keladigan  jamiki narsalar ularning nazarida g’ayritabiiy hol 

hisoblanib, ayovsiz yo’q qilindi. Bularning o’rniga arablar aholidan olingan 

mo’may daromadlar, to’lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar 

xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da’vat etdilar.  Yurtimiz 

jilovini qo’lga olgan arab  hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish 

maqsadida turli xil soliq, o’lponlarni joriy etdilar.  


 

87

 



 

 

Arab 

xalifaligi 

xazinasiga 

to’lanishi 

majburiy 

bo’lgan soliq 

turlari 

¾  Xiroj (er solig’i) – daromadning uchdan bir qismi 

miqdorida yig’ilgan; 

¾  Ushr, davlat idora ishlari uchun daromadning 10 foizi 

miqdorida olingan; 

¾  Zakot, mol-mulkning 2,5 foizi miqdorida olingan; 

¾  Juzya (jon solig’i) - oziq-ovqat, xomashyo yoki pul 

hisobida yig’ilgan; 

¾  Aholidan olinadigan markazlashgan soliqlar hajmi 

daromadning qariyb yarmini tashkil etardi; 

¾  Bulardan tashqari aholiga mahalliy va mavsumiy soliq va 

majburiyatlar ham yuklangan edi. 

 

IX asr arab tarixchisi Xo’rdodbehning ko’rsatishicha, xalifalikka faqat 



xiroj solig’i hisobiga Sug’d viloyati 326 ming, Farg’ona 280 ming, Shosh 607 

ming, Ustrushona 50 ming dirham soliq to’lagan. Buxoroga belgilangan xiroj 

solig’i miqdori bulardan ham ko’p bo’lgan. Shu boisdan istilochilar «kuch 

xirojda» deb bejiz aytmaganlar.  

Mahalliy aholi ko’zda tutilgan soliqlarni muntazam to’lab borishga majbur 

etilgan.  Bordiyu bunga qurbi etmasa o’sha shaxsning eri, mulki tortib olinib, 

oilasi bilan ko’chaga uloqtirilgan. Arablar dastlab juz’ya solig’ini musulmon 

diniga kirmagan odamlarga joriy etganlar. Biroq keyinchalik hamma islomga 

kira boshlagach, bu soliq yana barcha erli aholiga bab-baravar solina bergan.  

O’lka aholisini islomlashtirish jarayoni g’oyat murakkab kechgan. Arab 

ma’murlari  ko’p hollarda zo’rlik va kuch ishlatish yo’li bilan mahalliy xalq 

vakillarini, islomni qabul qilishga undaganlar. Bunga ko’nmaganlar yoxud bosh 

tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. Ko’p joylarda mahalliy kishilar noilojlikdan, 

qiyin-qistov asosida musulmonchilikni majburan  qabul etgan bo’lsalar-da, biroq 

arablar ko’zdan nari ketishi bilan ular yana bu dindan  qaytib o’zlarining eski 

diniy aqida va marosimlariga amal qila berganlar. Hatto arablar ishonchini 

qozonib musulmon dinini  qabul qilgan Buxorxudot Tog’shoda ham islom dinini  

xo’ja ko’rsinga yuzaki qabul qilgan bo’lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal 

qilgan. U vafot etganida ham ajdodlari diniy marosimlariga   ko’ra dafn etilgan. 

Bundan ko’rinadiki, islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida 

yoyilishi nihoyatda qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda behisob qurbonlar 

berilgan. Arablarning o’zlarini xo’jalar, sahobalar, sayyidlar, oq suyaklar deb 

atab, mahalliy xalqqa nisbatan mensimaslik, kalondimog’lik bilan qarashlari ham 

mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat tuyg’usini kuchaytirgan.  

Arablarning o’z yurtlaridan ko’p minglab  qabila, urug’larni O’rta Osiyoga 

ko’chirib keltirib eng yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalalarni  o’z er-

mulkidan mahrum etishlari ham ularga qarshi ommaviy norziliklarning kuchayib 

borishiga bois bo’lgan. Masalan, dastlabki paytlarda quraysh qabilasining 5 

mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va 


 

88

boshqa shaharlarda ham masjid  va madrasalar qurish bahonasi bilan erli aholi 



chetga surib chiqarilib, ularning erlariga ham arab qabilalari joylashtirilgan. 

Buning asl sababi  shundaki, bosqinchilar bu begona hududda kuchli ijtimoiy 

tayanch nuqta yaratish yo’li bilan o’z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar. 

Arablarning Vatanimiz hududida yurgizgan zo’ravonlik va 

mustamlakachilik siyosati, shubhasiz, erli aholining turli ijtimoiy qatlamlarining 

keskin norozililgiga sabab bo’ldi. Buning natijasida arablar hukmronligi 

davomida o’lkaning turli hududlarida xalq g’alayonlari yuzaga kelib, alangalanib 

bordi.  


 

 

O’rta 

Osiyoda 

arablarga 

qarshi xalq 

qo’zg’olonlari 

¾  Sug’diyonada 720-722 yillarda G’urak va Divashtich 

boshchiligida 

¾  Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725-729 yillarda 

¾  Tohariston va Sug’dda 736-737 yillarda 

¾  Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida 

746-749 yillarda 

¾  Muqanna qo’zg’oloni 769-784 yillarda 

¾  Rafi ibn Lais qo’zg’oloni 806-809 yillarda 

 

720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Samarqand 



hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar 

hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri 

bo’lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab 

mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va 

zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch 

bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. 

Qo’zg’olon  rahbarlaridan biri -  Divashtich ham ushlanib qatl etiladi.  

725-729 yillar davomida xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi 

Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham xalq 

ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi  arab 

ma’murlari siyosatiga norzilik bildirib, islom dinidan  chiqadilar. Kesh atrofida 

yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to’qnashuvi rostmona jangu jadal 

tusini olgan. 736-737 yillarda Tohariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli 

qo’zg’olon o’z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat 

Xuroson va Movarounnahrning  yangi xukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor 

(738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni xal etish borasidagi epchil 

tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlarini bartaraf etish, o’lkada muvozanatni 

bir qadar saqlash mumkin bo’ldi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa uning 

nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo’ldi. Jumladan, u arablarning 

mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O’zi ham 

Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar 

juzyadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. 

Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilinadi. 


 

89

 



VIII asr 40-yillarida xalifalikda toju-taxt uchun kurash boshlanadi. 748 

yilda Abu Mislimning Xurosonda ko’targan qo’zg’oloni, uning xalifalik 

poytaxtini egallashi natijasida Umaviy Marvon II taxtdan ag’dariladi. 749 yilda 

abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon taxtga ko’tariladi. Biroq abbosiylar 

davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq 

qo’zg’olonlari tez-tez ko’tarilib turdi.    

 

Muqanna qo’zg’oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib 

borgan kurashi tarixida alohida o’rin tutadi.  

Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo’lgan bu qo’zg’olonga o’z 

zamonasining har tomonlama etuk kishisi, xalq dardi, qayg’usi va maqsadlarini 

chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo Muqanna (ya’ni yuziga 

niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo’ldi. 

Muqanna umaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir ko’rsatgan Abu  Muslim 

qo’zg’olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta mashaqqatli 

yo’lini bosib o’tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirlik 

darajasiga ko’tarilgan (757-759). 759 yilda Xuroson amiri Abdujabborning 

xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindondan 

qochib 769 yilda Marvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy 

tenglik, erkin hayot va adolat g’oyalarini o’ziga singdirgan taniqli siymo bo’lgan. 

Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh bo’lishi bu harakatning 

keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyorgarlik ko’rish 

jarayonlarini ham hisobga olganda 14 yilni o’z ichiga oladi) sabab bo’libgina 

qolmay, ayni chog’da arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan oqibatlarni 

vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Qo’zg’olon Marvda 

boshlangan bo’lsa-da, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. 

Muqanna qo’zg’oloni davomida Samarqandu Buxoro, Naxshobu Kesh hudulari 

aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg’ona 

vodiysining ko’p sonli aholisi ham quvvatlab chiqdi. Qo’zg’olonning bosh 

g’oyasi - Vatanimiz xalqlari, ularning asl farzandlarining muqaddas yurtni 

ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo’lga kiritish 

g’oyasi bo’lgan. Mana shu yuksak vatanparvarlik tuyg’usi qo’zg’olonchilarga 

hayotiy ruh, ma’naviy madad bag’ishlagan, ularning uzoq vaqt davomida 

arablarning katta harbiy kuchlari bilan jon berib, jon olishib kurash olib 

borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga sabab bo’lgan. Biroq shu bilan birga 

qo’zg’olonga tortilgan aholining hamma ijtimoiy tabaqalari ham shu ulug’vor 

g’oyaga sodiq bo’lgan, unga oxirigacha amal  qilgan, deb xulosa  chiqarib 

bo’lmaydi, albatta. Negaki, qo’zg’olon kuchaygan kezlarda undan o’z xudbin 

maqsadlari yo’lida foydalanishni ko’zlab xalq kurashiga qo’shilgan yuqori 

tabaqa namoyandalari ham bo’lgan. Ular keyinchalik qo’zg’olon pasayishi va 

mag’lubiyat sari yuz tutgan kezda darhol xiyonat yo’lini tutib, ajnabiylar bilan til 

topib, ular tomoniga o’tib ketganligi ham rostdir. Ammo bunday istisnolardan 

qat’i nazar, bir necha yillar davom etgan «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloni 

yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug’ taratdi, arab bosqinchilarini 


 

90

larzaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi. Qo’zg’olon Muqannaga katta 



madadkor, jangovar safardosh bo’lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama, 

Kay yoki G’uriy, G’aricha kabi xalq qahramonlarini ham etishtirib chiqardi. 

Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor 

kurashdilar. 

780-783 yilarda qo’zg’olon harakatlari so’nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. 

Bu davrda Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida 

to’plangan edi. Qo’zg’olonning bosh tayanch nuqtasi-Som qal’asi ham shu joyda 

bo’lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo’shinlari katta ustunlikka ega bo’lib, 

ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o’z tomoniga jalb etib, 

qo’zg’olonchilarni tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda 

mustahkamlanib, o’z tarafdorlari bilan so’nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida 

esa dushman qo’lida  mag’lub bo’lmay, o’zini yonib turgan olovga otib, 

qahramonlarcha halok bo’ladi. Bu voqea Beruniy ma’lumotiga ko’ra 783 yilda 

yuz beradi. Garchand Muqanna qo’zg’oloni engilgan bo’lsa-da, biroq u buyuk 

xalq qudratini, agar  u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini to’la namoyon 

etdi. Qo’zg’olon ayni chog’da xalifalikning Movarounnahrdagi mustamlakachilik 

va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligining davom etishini 

shubha ostiga solib qo’ydi. Eng muhimi, u erk va ozodlik uchun talpinayotgan 

yurtimiz kishilarida  vatanparvarlik tuygusini jo’sh urdirdi, ularni ajnabiy 

zolimlarga qarshi yanada shiddatkorlik bilan kurash olib borishga da’vat etdi. 

Buning samarasi esa IX asrning boshlariga kelib yurtimiz ustidan xalifalik 

hukmronligining uzil-kesil ag’darilishi va bir qator mustaqil milliy davlatlarning 

yuzaga kelishida  to’la namoyon bo’ldi.  

Arablar  istilosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab  

ijtimoiy-siyosiy oqibatlar bilan bog’liq bo’lmasin, shu bilan birlikda 

yakkaxudolik g’oyasi, ilg’or ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlarni o’zida 

mujassam etgan islom dini va ta’limotining o’lkamizda asta-sekin ildiz otib 

borishi ulug’ ajdodlarimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 

Butun arab dunyosini birlashtirish, uning ma’naviy qudratini kuchaytirishda 

etakchi omil rolini o’ynagan islom dini va uning muqaddas  kitobi - Qur’oni 

Karim g’oyalari va oyatlarining mahalliy  xalqlarning ongi, shuuriga singib,  

ularning turmush  va fikrlash tarzining ajralmas qismiga aylanib  borishi, 

shubhasiz, ularning ma’naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh ta’sir  ko’rsatdi 

hamda yuksak moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarini ijod qilib 

borishlarida yangi ufqlar ochib berdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning 

yagonaligiga imon keltirish, uning muqaddas kitobida ifoda etilgan yuksak 

insonparvarlik g’oyalariga ishonch va e’tiqod - bular yurt kishilarida bir-birlarini 

quvvatlash, birlashish, o’zlarini yagona makonda his qilish, o’zaro hamkorlikda, 

keng sa’y-harakatlarda bo’lish tuyg’usini shakllantirib bordi. Negaki, islom 

ta’limoti, Qur’oni Karim g’oyalarining o’lkamizga yoyilishi, 

o’tmishdoshlarimizning Alloh buyurgan olijanob amallarga rioya etib, ruhiy-

ma’naviy poklanish sari harakatlanishi, tabiiyki, jamiyat hayoti va uning asosiy 


 

91

tamoyillarining sog’lom negizlarda rivojlanib, takomilashib borishiga sezilarli 



ta’sir ko’rsatdi. Shu ma’noda Yurtboshimiz ham: «Biz ota-bobolarimizning 

muqaddas dini bo’lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy  

dunyosida iymon- e’iqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o’rni va 

ta’sirini yuksak baholaymiz»

1

, deb  bejiz ta’kidlamagan. Zero, o’lka xalqlarining  



ma’naviy yuksalishini ta’minlash, ularning bir-biriga qon-qardoshligi, 

hamjihatligini jipslashtirishda muhim omil sanalgan asriy bebaho 

qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan  islomiy ahkomlarning bugunda ham 

hayotimizda o’z munosib o’rnini topayotganligi islomning jamiyat taraqqiyotida  

muhim o’rin tutishidan dalolat beradi. 

Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O’rta Osiyo 

hududida tarqalishi, chuqur ildiz otishi barobarida o’lkamiz xalqlari keng 

musulmon olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilmu 

urfoni bilan yaqindan oshno bo’lib bordi. Ayni chog’da azaldan ilmu ma’rifat 

o’chog’i bo’lib  kelgan ko’hna yurtimiz bag’ridan bu davrda jahonga  dovrug’ 

solgan, dunyo madaniyati va tsivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo’shgan 

ko’plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar etishib chiqdi. 



 

Sinov savollari 

 

1. Eftaliylar davlatining yuzaga kelishi,  hududiy kengayishi to’g’risida 

nimalarni bilasiz? 

2. Eftaliylar davrida erga egalik qilish munosabatlarida qanday 

o’zgarishlar bo’ldi? 

3. Eftaliylar davriga oid moddiy va ma’naviy yodgorliklar namunalaridan 

so’zlab bering. 

4. Mazdakchilar qanday g’oyalarni ilgari surganlar? 

5. Mazdak qo’zg’oloni engilishining asosiy sabablarini nimalarda deb 

bilasiz? 

6. Turk xoqonligiga qachon asos solingan? 

7. Turk xoqonligi tarixiga oid qanday muhim tarixiy manbalar ma’lum? 

8. Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyo hududidagi davlat boshqaruvi 

tizimi qanday bo’lgan? 

9. Turk xoqonligining ikkiga bo’linib ketishining asosiy sabablari nimada? 

10. G’arbiy va Sharqiy xoqonliklarda kechgan ijtimoiy - iqtisodiy va 

madaniy hayotdagi muhim tafovutlar nimalarda ko’zga tashlanadi? 

11. Arabistonda islom dini qanday omillar ta’sirida yuzaga keldi? 

12. Arab istilochilarining O’rta Osiyoga yurishlari haqida so’zlang. 

13. Arab bosqinchilariga qarshi yurtimiz zaminida qanday xalq 

qo’zg’olonlari yuz bergan? 

14. O’rta Osiyo hududida islomlashtirish jarayoni qanday kechdi? 

                               

1

  I.A.Karimov. Asarlar. T.7. T.: O’zbekiston, 1999, 300-bet. 



 

92

15. Arablar joriy etgan soliq turlari, ularning miqdorlari to’g’risida 



tushuncha bering. 

16. Qur’oni Karim g’oyalarining hayotiyligi va yashovchanligining boisi 

nimada, deb o’ylaysiz? 


 

93

V BOB. IX-XII ASRLARDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI: SIYOSIY, 



IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT 

 

Tayanch so’z va iboralar:  Tohiriylar.  Somoniylar. Davlat  boshqaruvi. 

Qoraxoniylar. G’aznaviylar. Saljuqiylar. Xorazmshohlar. Uyg’onish. Ilm-fan. Badiiy 

adabiyot. Hadisshunoslik. Tasavvuf ta’limoti.    



 

1.  Tohiriylar va Somoniylar 

 

Arablarning O’rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik 

davri bu hududning erksevar xalqlarining o’z eli, Vatanining mustaqilligi 

yo’lidagi jo’shqin kurashini, intilishini so’ndira olmadi. 

 

Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan 



bo’hronli vaziyat, siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kechayotgan 

ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays 

qo’zg’oloni (806-810) mazkur o’lka xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, 

yurt mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida qulay imkoniyatlarni vujudga 

keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so’ng 

xalifalik taxtini egallash uchun uning o’g’illari – Amin va Ma’mun o’rtasida 

qizg’in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho’zilgan bu siyosiy mojaro 

nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe 

bo’lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 

 

Ma’mun katta qo’shin tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Husaynni boshliq 



etib tayinladi. Rey yaqinidagi jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo’shinini 

engadi va Bag’dodga yurish boshlaydi. Tohir 813 yilda yana g’olib kelib 

Bag’dodni ham qo’lga kiritadi. Ma’mun halifalik taxtiga ko’tariladi. Lekin u 819 

yilga qadar Bag’dodga bormay Marvdan turib hokimiyatni boshqaradi. Uning 

buyrug’i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va Bag’dod harbiy garnizoni 

boshlig’i bo’ladi (819 yilga qadar). Ma’mun Marvdagidayoq olimlar guruhini o’z 

atrofiga to’plagan edi. U 819 yilda Bag’dodga borar ekan, u erda Baytul hikmat 

(fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan maskanining negizini avvalo, 

Turkistonlik olimlar tashkil etganlar. 

Ma’mun halifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni 

821 yilda Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa, Tohiriylar davlati vujudga 

kelib 873 yilga qadar davom etadi. Uning poytaxti avval Marv, keyinroq 

Nishopur bo’ladi.  

Dastlab Movarounnahrning ko’pgina viloyatlari ham uning tasarrufida 

bo’lgan. Buning boisi shuki, ikkala o’lkaning noiblik markazi Xurosonning 

Nishopur shahri bo’lgan. 

 

Tohir ibn Husayn boshqaruv jilovini qo’lga kiritgach, undan yurt 



mustaqilligini, uning ravnaqi va qudratini oshirish yo’lida foydalanishga qat’iyan 

yo’l tutadi. 



 

94

Tohir ibn Husayn o’z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822 



yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr kiladi. Biroq  tez 

orada uning sirli o’limi bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning 

vorislari  Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn 


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish