Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

X.M. KOMILOV — farmatsevtika fanlari dok-
tori, professor; D.A. ABBOSOVA — II Respub-
lika tibbiyot kolleji «Dori turlari texnologiyasi»
o‘qituvchisi.
Taqrizchilar:


3
ÊIRISH
Qadim zamonlarda insoniyat shifobaxsh vosita sifatida aso-
san o‘simlik va tabiiy mineral moddalardan foydalanib kelgan.
U paytlarda dorivor moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avlod-
dan avlodga, qabiladan qabilaga faqat og‘zaki tarqalgan.
Davlatlar o‘rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar o‘r-
natilgandan so‘ng, ana shu davlatlarda dorivor moddalarning
turi ko‘paya bordi. Yozuv paydo bo‘lganidan keyin dori turlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozma ravishda tarqala boshlandi.
Hozirgacha saqlanib qolgan dorilar haqidagi qadimgi za-
mon ma’lumotlari asosan yunon adabiyotlarida uchraydi.
Yunonlar o‘zlarida yetishtirilgan dorivor o‘simliklardan tash-
qari Misr, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan
dorivor mahsulotlardan ham foydalanishgan.
Gippokrat (eramizdan avvalgi 460—377-yillar) bemorlarni
parhez ovqatlar bilan davolagan. Aristotel va shogirdi Teo-
frast (eramizdan to‘rt asr oldin) ko‘pgina dori turlarini tavsif-
lash bilan birga, ularning foydali xususiyatlarini ham ko‘rsatib
o‘tishgan.
O‘z davrining atoqli tabibi Dioskoridning (eramizning I asrida
yashagan) «Materia medica» nomli mashhur kitobi XVI asrgacha
Yevropa shifokorlari uchun qo‘llanma bo‘lib keldi.
Êo‘hna Rimda Galen (eramizning 130-yillarida tug‘ilgan)
farmatsiya va tibbiyot sohasida bir qancha kitoblar yozgan. O‘z
kitoblarida 304 ta dorivor o‘simlik, 80 ta hayvon organlaridan
tayyorlangan (tarkibida ta’sir etuvchi moddalar bo‘lgan) dori
turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo‘lib taklif etdi.
Bu dorilar hozirgi kunda ham «Galen preparatlari» nomi bilan
yuritiladi, Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida yozgan asar-
lari XIX asrgacha katta ahamiyatga ega bo‘lib keldi.
VII asrda Osiyoning janubi sharqida tabobat bilimlari Hin-
diston va Xitoyda g‘oyat rivojlandi. Ular ishlatib kelgan modda-


4
larni ma’lum tizimga solishda arab tilida asar yozgan sharq
hakimlarining xizmati katta bo‘ldi.
O‘z davrining mashhur tabiblari Abu Ali ibn Sino, eronlik
Abu Bakr Muhammad bin Zakariya ar-Roziy, xorazmlik Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy va boshqalarni
butun dunyo taniydi.
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy umrining oxirgi yillarida
«As-saydona», ya’ni «Tabobatda dorishunoslik» asarini yozdi.
Bu asarda o‘sha davrning sharq tabobatida ishlatiladigan shi-
fobaxsh o‘simliklardan 750 tasi haqida fikr yuritilgan.
Mashhur olim Abu Ali ibn Sino 1020-yilda 5 jildli «Al-
qonun» («Tib qonunlari») kitobini yozdi. Bu kitobning II jildi
oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga bag‘ishlangan. Êitobning
II jildida o‘simlik va hayvonlardan olingan hamda tibbiyotda
ishlatiladigan mahsulotlar va mineral moddalardan 811 tasi
tavsiflangan.
Dori turlarining tana a’zolariga ta’sir qilishida ularning tashqi
ko‘rinishi, hidi, mazasi, rangi, qovushqoqligining ahamiyati
hamda mijoz, ya’ni tananing issiqlik yoki sovuqlikka moyilligi-
ning o‘zaro bog‘liqligi ibn Sino tomonidan chuqur o‘rganilgan.
Bu xususiyatlar chuqur tahlil qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda
yangi yo‘nalish bo‘lgan «Biofarmatsiya» fanining asosi bo‘lib
hisoblanadi. Afsuski, dori tayyorlashga oid ko‘pchilik asarlarda
amerikalik olimlar Levi va Vagner biofarmatsiyaning asoschilari
deb hisoblanadi. Vaholanki, bu olimlar «biofarmatsiya» ata-
masini birinchi marta 1961-yilda qo‘llaganlar, xolos.
XII—XVI asrlarda arab tibbiyoti asta-sekin Yevropaga o‘tib,
o‘z ta’sirini saqlab keldi. Shu davrda Yevropada sharqona dorixo-
nalarda asosan sharq dorilari tayyorlanardi.
Sanoat miqyosida dori ishlab chiqarishning boshlanishi, aso-
san, XVIII asr oxiri va XIX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Zotan,
shu davrga kelib, sanoatda dastgohlar keng ko‘lamda ishlatila
boshlandi.
XIX asrning birinchi yarmida rivojlangan kapitalistik mam-
lakatlar bo‘lmish Germaniya, Fransiya, AQSH va Angliyada
yirik ishlab chiqarish usullari amalga oshirila boshlandi.


5
O‘zbekiston Rossiyaning mustamlakasi, Rossiya xomashyoga
boy bo‘lishiga qaramasdan, chet davlatlarga qaram edi. Faqat
1942-yildagina Toshkent shahrida farmatsevtika fabrikasi tash-
kil qilinib, keyinchalik kimyo-farmatsevtika korxonasiga ay-
lantiriladi. Bu Markaziy Osiyoda eng yirik korxona bo‘lib, tayyor
dorilar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda tabletkalar, in-
yeksiya uchun ishlatiladigan dorilar, fitopreparatlar hamda galen
preparatlari ishlab chiqarilardi.
Hozirgi kunda aholini dori-darmonlar bilan yetarli ravishda
ta’minlash muammolarini hal qilish uchun zamonaviy dast-
gohlar bilan jihozlangan, katta ishlab chiqarish quvvatiga ega
bo‘lgan zamonaviy korxonalar bilan bir qatorda kichik korxo-
nalar tashkil qilish keng rivojlanayotir. Bu korxonalar ishini
iloji boricha mahalliy xomashyo asosida, zamonaviy chiqin-
disiz texnologiya bilan ishlashini ta’minlash lozim bo‘lmoqda.
Bu rejalarni amalga oshirish sanoat xodimlaridan yuqori unumda
ishlashni, tejamkorlikni va ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga
muntazam tatbiq qilishni taqozo etadi.
«Dori texnologiyasi» fanining shakllanishi va rivojlanishi far-
matsevt kadrlarni tayyorlashda ma’lum darajada shu sohada yara-
tilgan darsliklarning ahamiyati katta bo‘ldi.
Birinchi marta texnologiyadan darslik 1929-yilda Sankt-
Peterburglik olim, professor I.A. Obergard (1888—1937) tomo-
nidan yaratilgan.
Bu sohada Moskva va Xarkovda professor G.Y. Êogan
(1889—1956) va professor S.F. Shubin (1898—1942)larning
texnologiyaga oid darsliklari 1960-yilgacha bir necha avlod
mutaxassislarini tayyorlashda asosiy o‘quv quroli bo‘lib xizmat
qildi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, «Sanoatda ishlab chi-
qariladigan dorilar texnologiyasi» darsligi 1939-yilda birinchi
marta professor G.Y. Êogan tomonidan yozilgan edi.
Professor S.F. Shubin tomonidan 1942-yilda yaratilgan darslik
nazariy jihatdan ancha puxta bo‘lib, unda keltirilgan ayrim
mulohazalar shu kungacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
Êo‘p yillar davomida sobiq Ittifoqda tayyor dorilar texno-
logiyasi bo‘yicha Sankt-Peterburglik olim Y.Ê. Sander tomoni-
dan yaratilgan nazariy va amaliy darsliklardan foydalanib kelindi.


6
Pyatigorsk farmatsevtika oliy bilimgohining professori
I.A. Muravyov «Farmatsiya» fani va ilmining rivojlanishiga katta
hissa qo‘shdi. U fitopreparatlar bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘-
libgina qolmay, ilmiy mutaxassislar tayyorlashda ham yetakchi
o‘rinni egallaydi. U yaratgan texnologiya nazariy darsligi qariyb
30 yildan buyon bizda va ayrim xorijiy mamlakatlarda farmatsevt
mutaxassislar tayyorlashda asosiy o‘quv quroli bo‘lib kelmoqda.
Respublikamiz mustaqil bo‘lganligi va o‘zbek tili davlat tili
maqomini olganligi munosabati bilan, mutaxassislar tayyor-
lash uchun darsliklar yaratish muammosi tug‘ildi. Bu muam-
moni hal qilish borasida birinchi darslik 1991-yilda professor
S.M. Mahkamov, dotsentlar M.U. Usubboyev va A.I. Nurit-
dinovalar tomonidan yozilgan «Tayyor dorilar texnologiyasi»
amaliy mashg‘ulotlar uchun qo‘llanma va 1994-yilda yozilgan
darslik bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan ushbu darslik va o‘quv qo‘llanmalarni
qayta ishlab, zamon talabiga mos qilib, fan yangiliklari bilan
to‘ldirish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda foydalanish
uchun chop ettirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan
biri hisoblanadi.
Shu yo‘nalishda 2007-yilda «Tayyor dorilar texnologiyasi»
o‘quv qo‘llanmasi va 2010-yilda «Tayyor dori turlari texnolo-
giyasi» darsligi S.M. Mahkamov va K.S. Mahmudjonovalar to-
monidan yozildi va chop etildi. Hozirgi kunda tibbiyot kolle-
jining farmatsiya yo‘nalishi o‘quvchilari uchun birinchi marta
«Farmatsevtika sanoati texnologiyasi» o‘quv qo‘llanmasi yuqorida
nomlari keltirilgan darsliklar asosida yozildi.


7
   I bob. ISHLAB CHIQARISHNI TASHÊIL

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish