2) muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida kelsa, ko‘pincha ikki tomondan
- 78 -
Agar yopiluvchi qo‘shtirnoqdan oldin so‘roq, undov, ko‘p nuqta qo‘yilgan
bo‘lsa, vergul qo‘llanmaydi. Masalan:
«Vatanimiz yoviga Omon berma!»— deb ezdim.
«Orden olmasdan turib, Uyga kelma!..» — deb ezdim. (H. O.)
2.Sitatalar har vaqt qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi.: «Til ong qadar
qadimiydir». «Til — eng muhim aloqa vositasi». (Donolar bisotidan).
Agar sitata ko‘chirma gap sifatida qo‘llanib, muallif gapi bilan ishlatilsa, bu
holda qo‘shtirnoq va boshqa tinish belgilarining ishlatilishi sintaktik-uslubiy holatga
ko‘ra belgilanadi. Bunda tinish belgilarinsh» qo‘llanishi ko‘chirma gapdagiga
o‘xshaydi.
3.Ba‘zi so‘zlar qo‘shtirnoqqa olinadi. Bunday so‘zlarga: a)ko‘chma ma‘noda
qo‘llangan; b)qo‘llanishi odat tusiga kirmagan; v)eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan;
g)kesatiq yoki turli xil boshqa ma‘nolar uchun qo‘llangan so‘zlar kiradi. Misollar:
1.Qushlarni u sevardi,
Bor edi shunda «dardi». (Mirmuhsin)
2.Kulib u Adibani
«Piramidon» deb atar. (Mirmuhsin)
Oziq-ovqat kerakdan mo‘l: «sen je — men je»...
Harom pul «havaskor»lari o‘z ashulalarini aytib bo‘lishdi. («Mushtum»)
4.Badiiy asar, gazeta, jurnal, muzika asarlari, spektaklь va boshqalarning nomi
qo‘shtirnoqqa olinadi: «O‘zbekiston ovozi» gazetasi, «SHaytanat» romani, «O‘zbek
tili va adabiyoti» jurnali, «Bahor valьsi» muzikasi, «Xorazm qo‘shig‘i» operasiga
nixoyat qiziqaman. (O.)
5.Muassasa, tashkilot, korxona, firma, paroxod, mehmonxona kabilarning
nomla ri qo‘shtirnoqqa olinadi: «Fan», «O‘qituvchi» nashriyoti «O‘rtoq» fabrikasi,
«Elektromash» zavodi, «Toshkent» mehmonxonasi.
6.Tarkibida «orden», «medalь» so‘zlari bo‘lgan, ammo bu so‘zlar bilan
sintaktik aloqaga kirishmagan orden va medallar nomi qo‘shtirnoqqa olinadi:
«SHuxrat» ordeni, «Jasorat» medali.
Demak, «orden», «medalь» so‘zlari atamaning tarkibida bo‘lib, u nom bilan
sintaktik bog‘langan bo‘lsa, bunday orden va medallarning nomi qo‘shtirnoqqa
olinmaydi: Birinchi Darajali Ulug‘ Vatan urushi ordeni.
7.Mahsulotlarning nomini, o‘simliklarning turini, mashina, samolyot, televizor
kabilarning markasini bildiruvchi nomlar qo‘shtirnoqqa olinadi: «Toxir-Zuxra»
do‘ppisi, «Lasetti» mashinasi, «Belarusь» traktori, «TU-104» samolyoti, «Beko»
muzlatgichi, «Samsung» televizori.
Biroq, yuqoridagi kabi nomlarning qo‘llanishi umumnorma hisoblanib, turdosh
otga aylangan bo‘lsa, qo‘shtirnoqqa olinmaydi: atirgul, nagan to‘pponcha, tog uzum,
mirzoyi sabzi, chust do‘ppi kabi.
8.Ichki monolog (personajlarning o‘yi, ichki kechinmalarini anglatuvchi so‘z
yoki gaplar) qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi: «Bugun buvim judayam mehribon?»
deb o‘ylayman ichimda, sevinganimdan uning oldiga tushib yuguraman. (O.)
Ichki monologlarning qo‘shtirnoq bilan chegaralanishi ko‘chirma nutq va
sitatalardan farqlanadi: bunda uni muallif gapidan ajratuvchi ikki nuqta, vergul va
tirelar qo‘llanmaydi.
- 79 -
Shuningdek, o‘zga gap (ko‘chirma gap, sitata kabi) matn o‘rtasida muallif
gapisiz qo‘llansa, faqat qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi, xolos: Adabiyotning
tarbiyaviy ahamiyati juda katta, chunki «adabiyot — hayot darsligi».
9.Sinflar, buyruqlar, qarorlarning ayrim bandlariga qo‘shilib yoziladigan
harflar qo‘shtirnoqqa olinadi: IX «A» sinf, 7-«B» sinf, 147-«A» sonli qaror, 18-
moddaning «D» bandi va boshqalar.
10.Baho ballari qo‘shtirnoqqa olinadi: «besh», «to‘rt», «uch» yoki
«o‘rta», «a‘lo», «yaxshi» kabi.
11.Matn ichida kelgan maqollar, sarlavhalar qo‘shtirnoqqa olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: