Maktabgacha yoshdagi


  Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

6.3.  Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari

Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mav-

juddir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan 

muhit bi 

lan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning indivi-

dual imkoniyat lari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bo lalar 

psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar, 

boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech 

kimi yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar.

Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivoj lanishida uning 

katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari juda katta o‘rin 

egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida 

o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u yan-

gi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlana-

di. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik 

va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez katta odamlar bi-

lan faol munosabatga kirishib,  ulardan ko‘p narsa larni bilib ola-

di. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib ketib, psixik jihatdan 

yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis rivojlanishida-

gi tashqi sabablardir.

Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar 

bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan 

rivoj lanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyat-

lar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga 




241

nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil 

bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib 

tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib 

tug‘iladi. Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib 

tug‘ilishi genetika fani ning muhim muammolaridandir.

O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning 

psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bi lan yuzaga kelsa, ya’ni 

uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim 

davr larda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash 

yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyot-

laridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshi riladigan 

jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri  deb ataladi.

Psixik taraqqiyotning ana shun day inqiroz davrlari bir xil 

sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida 

maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida 

paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum 

yosh davrlariga ajratish imkoniyatini beradi.

Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar ju-

da qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutaf-

akkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga aj-

ratgan:


1.  Podsholik davri – 5 yoshgacha.

2.  Qullik davri – (6–12 yoshgacha).

3.  O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyo-

ti davrini nazarda tutgan.

Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini katta-

lar tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bi-

lan kattalarni o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6–12 yoshga-

cha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan 

o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga 

o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim 

olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bar-

dosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhab-

bat ru hida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.

Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, 

ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda 

samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi.




242

Shveysariyalik psixolog J. 

Pia-

je bola 


ning aql-idrokiga xos bo‘lgan 

xususiyat lariga  qarab:

1)  sensomotor intellekti (0–2 yosh-

gacha);


2) operatsiyalardan ilgarigi tafak-

kur dav ri (2–7 yoshgacha) 

3) aniq operatsiyalar davri (7–12 

yoshgacha);

4) rasmiy operatsiyalar davri deb 

ajratadi.

Fransuz olimi, psixolog A. Valon 

bolaning jismoniy rivoj lanishiga qa rab 

(homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri – 

0–6 oygacha, his-tuyg‘u davri – 6 oydan 1 yoshgacha; senso-

motor dav ri – 1–3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri – 3–5 

yoshgacha; farqlash davri – 6–11 yoshga cha; jinsiy yetilish va 

o‘spirinlik dav ri (12–18 yoshgacha) deb ajratgan.

Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt 

mobaynida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechi-

radi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sha-

roiti bir-biridan keskin farq qiladi.

L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai 

rivoj lanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga taya-

nadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi:

1.  Chaqaloqlik davri – 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.

2.  Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 

1 yoshdagi inqiroz. 

3.  Ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz.

4.  Maktabgacha davr – 3–7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz.

5. Maktab yoshi davri – 8–12 yoshgacha, 13 yoshdagi in-

qiroz.

6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri – 14–18 yoshgacha, 17 



yoshdagi inqiroz.

L.S. Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazari-

yasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim 

psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish