Amaliy ish:
1. Fanda ijodiy xayolga oid misollar keltiring.
2. Foydali va foydasiz orzu haqida gapirib bering.
Nazorat savollari:
1. Xayol tasavvurlari xotira tasavvurlaridan nimasi bilan
farq qiladi?
2. Kishi hayotida xayol qanday ahamiyatga ega?
3. Xayol xususiyatlarining kechishi nimada ko‘rinadi?
4. Xayol obrazlarini yaratishning ayrim yo‘llarini aytib
be ring.
5. Orzu xayolning boshqa turlaridan nimasi bilan farq
qiladi?
174
IV bob. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY
HOLATLARI
4.1. His-tuyg‘ular. Hissiyot va emotsiya to‘g‘risida tushuncha
Kishilar idrok qilayotgan narsalariga, bajarayotgan va
o‘ylayotgan narsalariga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar,
shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xa-
fa qiladi, yana boshqalari g‘azab, nafratimizni qo‘zg‘atadi. Biz
xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, qiyinchiliklar-
ni yen gish zavq, shodlik uyg‘otadi. Har bir kishi mehnat qilar
ekan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun intilar ekan
ana shunday va boshqa kechinmalarni boshidan o‘tkazadi.
Odamning o‘zi bilgan va bajarayotgan narsaga o‘z munosabati-
ni boshdan kechirishi his-tuyg‘ular yoki emotsiyalar (lot. emo-
vere – qozg‘atish, hayajonga solish) deyiladi. His-tuyg‘ularning
manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va ho-
disalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, inti-
lishlar, istaklardir. Oddiy nutqda sezish, his qilish tushuncha-
lari ara lashtirib yuboriladi. Biz: «Men qo‘rquvni sezyapman»,
«Og‘riqni his qilyapman» deymiz, holbuki, «Qo‘rquvni his
qilyapman», «Og‘riqni sezyapman» deyish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Sezgilar bizga narsa va hodisalarning xossalarini bildiradi, his-
tuyg‘ular esa kishining ichki holatini, uning ana shu narsa va
hodisaga munosabatini ahglatadi. His-tuyg‘ular barcha psixo-
logik jarayonlar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, ko‘pincha
ular tomonidan keltirib chiqariladi va o‘z navbatida ularga ta’sir
ko‘rsatadi. Sezgilarning o‘zi ham ko‘pincha kechinmalarimiz
ostida o‘zgaradi. Kishi kayfiyatiga qarab ayni bir xil predmet-
ni ba’zan turlicha idrok qiladi. Vaxshiy hayvonlar to‘g‘risidagi
hikoyalardan qo‘rqib ketgan bola qorong‘ida shox-shabbani
ham bo‘ri deb qabul qilishi mumkin, odatda kunduzi shu joy-
dan o‘tayotganda hech qanday qo‘rquvni his qilmaydi.
Emotsiyalar xotiralar bilan mustahkam bog‘langandir. Biz
boshdan kechirgan, ya’ni muayyan his-tuyg‘u bilan idrok qilgan
hamma narsa xotiramizda yaxshi saqlanadi, o‘tmish haqidagi
xotiralar bizda biror his-tuyg‘u uyg‘otadi. Hissiy qo‘zg‘alishlar
175
yurakda ham aks etadi. Shuning uchun ham qadimgi fay-
lasuflar miyaning ba’zi funksiya larini, ayniqsa hissiyot bilan
bog‘liq bo‘lganlarini yurak bilan bog‘lashgan.
Sеzgi va idrokdan tortib to tafakkurgacha bo‘lgan barcha
opе
ra
t
siyalar hissiy o‘zgarishlar bilan kеchadi. Inson tabia-
ti shunday tu zilganki, u hissiy voqеalarga ko‘proq ahamiyat
bеradi. Hissiyot haqidagi dastlabki nazariyalar XX asr boshlari-
da odam o‘z-o‘zini bayon etishiga asoslangan edi. O‘sha davr-
da ikkita kashfiyotchi P. Jеyms va G. Langе nomi bilan atalgan
nazariya kеng ko‘lamda tarqalgan edi. Jеyms-Langе nazariyasi
his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishini quyidagi tarzda tushunti rib
bеradi. Atrof-muhitdagi hodisalar odam ruhiyatiga, u orqali
esa vеgеtativ nеrv sistеmasiga ta’sir o‘tkazar ekan, organizm-
da muayyan o‘zgarishlarni kеltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar
odam tomonidan talqin qilinadi, aynan ana shu talqin hissi-
yotning o‘zi ekan. Bu jarayon quyidagicha ta’riflanadi. Avval
odam tanasida qandaydir bir his paydo bo‘ladi, masalan, eti
jimirlaydi, ko‘zi yosharadi, kеyin esa qalbida qandaydir tuyg‘u
paydo bo‘ladi.
XX asr boshlanishida Jеyms-Langе nazariyasi juda ko‘p
tanqidga uchragan bo‘lsada, lеkin so‘nggi paytlarda bu nazari-
yaga qiziqish paydo bo‘lib, bu nazariyaga yaqin turadigan his-
siyot haqida yangi nazariyalar paydo bo‘ldi. Bu nazariyalarning
paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan individual psixologiyaning rivoj-
lanishi bilan ham bog‘liq.
Psixologiyada kuchli his-tuyg‘ular hisoblangan qo‘rquv, ha-
yajon, tushkunlik, rashk odatiy ruhiy faoliyatni izdan chiqaradi.
Bolalarda hislarning tashqi ifodasi juda ham yaqqol namoyon
bo‘ladi. Katta odamlar o‘zlarining ayni chog‘dagi hissiyotlarini
yashirishlari mumkin. Lеkin bolalar, ko‘pincha, buning ud-
dasidan chiqa olmaydilar.
Psixik jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda er-
ta boshlanadi. Birinchi bosqich – his-tuyg‘u va ehtiyojga qa-
rab qoniqish-qo
niqmaslik birga kеladigan hisdir. Ikkinchi
bosqich – ijtimoiy hislar: yoqtirish, o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish,
xafagarchilik hissidir. Birmuncha kеchroq (qariyb uch yoshdan
boshlab) bolalarda estеtik did hissi rosmana namoyon bo‘ladi.
176
Bola «chiroyli-xunuk» dеgan narsalarga aqli yeta boshlaydi.
Uchinchi bosqich – hissiyotning jadal, hattoki, zo‘r bеrib avj
olishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi va maktabgacha yosh-
da bеqaror bo‘lishi bilan xaraktеrlana di. Ayni paytda axloq-
odob hissi rivojlana boshlaydi. So‘nggi bosqich – bolalarda
maktab yoshida oliy hissiyotning rosmana rivojla nishi bilan xa-
raktеrlanadi. His-tuyg‘uni tarbiyalash katta ahami yat kasb eta-
di. U umuman tarbiyaning doimiy hamrohi bo‘lmog‘i lozim.
Pedagog his-tuyg‘ularning ta’lim-tarbiyaviy ishdagi ahami-
yatini esda tutishi lozim. Bolalarda kuchli ijobiy emotsi-
yalar uyg‘otadigan bilimlar bola beparvolik bilan qaraydigan
ma’lumotlarga nisbatan tezroq va mustahkamroq o‘zlashtiriladi.
Erishilgan muvaffaqiyatlar va yaxshi xulq-atvor uchun aytiladi-
gan maqtovli gaplar odatda bolada yoqimli his-tuyg‘uni uyg‘otadi,
rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ma’qullamaslik,
tanbeh, jazolashlar odatda bolada yoqimsiz emotsional holat-
ning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi va bola bunday kechinma-
larning takrorlanmasligi uchun harakat qiladi.
His-tuyg‘ularning nerv-fiziologik asoslari
Eng oddiy emotsiyalar asosida murakkab shartsiz refleks-
lar, miya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar yotadi. Le-
kin miya po‘stlog‘i ostining faoliyati, miya katta yarimsharlari
po‘stlog‘ining ishi bilan nazorat qilib turiladi. U I.P. Pavlov-
ning so‘zlari bilan aytganda, «...badanda ro‘y beradigan ham-
ma hodisalarni o‘z ixti yorida ushlab turadi». Bunda II signal-
lar sistemasi katta o‘rin egallaydi. Aynan so‘z, fikr, noma’qul
hislarni vujudga keltiruvchi biror hodi saga ongli munosabatda
bo‘lish, kishiga ularni yechgish uchun, umuman his-tuyg‘ularni
boshqarish uchun kuch bag‘ishlaydi.
Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi shartli reflekslarning
muvaqqat aloqalari sistemasi murakkab his-tuyg‘ularning
fiziologik asosidir.
His-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi uchun dinamik stereotiplar
katta ahamiyatga ega. «Menimcha, odatdagi yashash sharoiti
o‘zgarganga, odat bo‘lib qolgan mashg‘ulotlar to‘xtab qolganda,
yaqin kishilardan judo bo‘lganda ko‘pincha kechiriladigan og‘ir
177
his-tuyg‘ular, aynan eski dinamik stereotipning o‘zgarishida,
buzilishida va yangi stereotipni vujudga keltirishning qiyinligida
ma’lum darajada o‘zining fiziologik asosiga ega bo‘ladi». I.P. Pav-
lov: «To‘qnashuvlar, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari ning
«turtkilari» yoqimsiz kechinmalarning sababchisi bo‘ladi. Agar
men biror narsa bilan band bo‘lib turganimda, meni muayyan
qo‘zg‘atuvchi jarayon yo‘lga solib turadi. Agar mana shu vaqtda
menga «falon narsani qil!» desalar men o‘zimni noqulay seza-
man. Bu meni band qilib turgan kuchli qo‘zg‘atuvchi jarayon-
ni to‘xtatishim, so‘ngra boshqasiga o‘tishim kerak, degan gapdir.
Injiq bolalar deb ataluvchi bolalar bu jihatdan klassik misol bo‘la
oladi. Siz ularga biron narsa qilishni buyurasiz, ya’ni boladan
bir qo‘zg‘atuvchi jarayonni to‘xtatib, boshqasini boshlashni talab
qilasiz. Ahvol shu darajaga borib yetadiki bola o‘zini polga otib,
oyoqlari bilan uni tepa boshlaydi va h.k.».
Katta yarimsharlar po‘stlog‘i tomonidan nazorat qili-
nadigan qo‘zg‘alishlar po‘stloq ostining, xususan ko‘rish
bo‘rtmasi deb ataluvchi joyidan boshlanadi. Agar miya
po‘stlog‘i tomonidan qi linadigan ana shu nazorat va tormoz-
lanish zaiflashib qolsa, (kasallanish yoki boshqa sabab-
larga ko‘ra) kishi har qanday sa
bablarga ko‘ra affekt ho-
latiga keladi va o‘zini to‘xtatib qololmaydi. Sinpatik nerv
sistemasi (ichki sekretsiya ishlarini boshqaradi) ham emot-
siyalar uchun muhim ahamiyatga ega. Kuchli ta’sirlangan
(qo‘rqqan, kuchli to‘lqinlangan, g‘azablangan) kishida buyrak
usti bezlaridan alohida bir modda – adrenalin ajralib chiqadi.
Uning ta’sirida qonga ko‘proq qand moddasi kela boshlay-
di. Bularning hammasi qo‘zg‘alish vaqtida faol harakat qilish
uchun zarur muskullar ishini kuchaytiradi.
Hal etilmagan hissiy raqobatlar tomirlarning qisqarishiga va
tana haroratining pasayishiga olib kеladi, hissiyotlarning er-
kin namo yon bo‘lishi, ya’ni ijobiy his-tuyg‘ular, to mirlarning
kеngayishi bilan tavsiflanadi. Og‘riq turganda va qo‘rquvda
ko‘z qorachig‘ining kеngayishi simpatik asab sistеmasining
qo‘zg‘alishiga bog‘liqdir. «Tovuq tеrisi»ning paydo bo‘lishi,
kutish, qo‘rquv, g‘azab paytida og‘iz qurishi ham shular jum-
lasidandir.
178
Hissiyot shakllari
His-tuyg‘ular ko‘pincha kishining xulq-atvoriga alohida bir
hissiy ohang bag‘ishlaydi, ma’lum darajada davom etadigan, ancha
mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan his-tuyg‘ular
birdaniga paydo bo‘lib, shiddatli va nisbatan tez o‘tadi. Ana shu
uzoq davom etadigan yoki qizqa muddatli kechinmalar hissiy ho-
latlar deb ataladi. Ular jumlasiga hissiy ton, (stenik va astenik ho-
latlar), kayfiyatlar, affektlar, ehtiros lar, stressli holatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |