d) rivojlantiruvchi: o‘qib o‘rganganlari va hayot tajribasidan foy-
dalanilgan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni
hal eta olish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, «Tezkor savollar» metodi,
«Zanjir» usuli, «Klaster» metodi.
Dars jihozi: «Yozgi ta’til» mavzusiga oid rasmlar, ular haqida
videolavhalar, AKT, taqdimot.
Tayanch so‘zlar: yozgi, ta’til, hordiq, birga, oromgoh, zerikmay-
miz, do‘stlashamiz, ba’zi, chiniqamiz, taassurot, esdalik, qaytadilar
I. Darsning borishi
Darsni tashkil etish:
- o‘quvchilarni darsga hozirlash;
- o‘quvchilar davomatini aniqlash;
- yangi mavzu bilan tanishtirish.
Tashkiliy qism. «Ziyrak o‘quvchi» mashqi. O‘qituvchi yoz fasliga
tegishli bo‘lgan so‘zlarni aytadi. Orada ataylab, boshqa mavzuga
oid so‘z aytiladi. Shunda bu holatni sezgan o‘quvchi darrov qo‘lini
ko‘taradi.
Masalan: issiq, oromgoh, sayohat, maktab, to‘g, cho‘milish,
dam olish, kurash va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |