Darslik bilan ishlash. 1-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gap-
lar tuzing.
Milliy, bayram, sumalak, ko‘k somsa, osh, tayyorlamoq, supur-
moq, oqlamoq, o‘tkazilmoq.
2-topshiriq. Matnni o‘qing va ona tilingizga tarjima qiling.
Navro‘z – qadimiy bayram. O‘rta Osiyo xalqlari bahorgi ish-
larning boshlanishini shu kun bilan bog‘laganlar. Yaxshi niyat bilan
dalaga urug‘ sochganlar. Yurtimizda 21- mart umumxalq bayrami
deb e’lon qilingan. O‘zbekistonning har bir shahar va qishlog‘ida bu
kun xalq sayillari bo‘lib o‘tadi.
Qiziqarli o‘yin va turli musobaqalar o‘tkaziladi. Navro‘zni biz
ham qizg‘in nishonlaymiz. Navro‘z milliy urf-odatlarimiz mujas-
sam bo‘lgan bayramdir. U mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, do‘stlik
va totuvlikni qadrlashga chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |