371-mashq.
Uyga vazifa.
Ilm olishning foydasi haqida o‘zingizga yoq-
qan hikmatli so‘zlardan 5 ta yozing. Muallifi haqida ham ma’lumot berish-
ga harakat qiling.
108-dars. HIKMATLI SO‘ZLAR (davomi)
372-mashq.
Yunon faylasufi
Arastuning quyidagi hikmatlariga diqqat
qi ling, shaxsiy mulohazangizni bildiring.
Izzat tilasang, iffatli bo‘l. Ulug‘lik tilasang, muloyim bo‘l. Zafar
tila sang, adolat yo‘lini tut. Qadr tilasang, rostgo‘y bo‘l. Jannat tila-
sang, sabr qil. Ilm o‘rganmoqchi bo‘lsang, jidd-u jahd qil.
373-mashq.
Quyidagi hikmatlardan Arastu fi krlariga mos keladiganini
ajrating va daftaringizga ko‘chiring.
1. Igna bilan chiqar oyoqdan tikan, Igna tikan bo‘lsa, bu yomon ekan.
(X. Dehlaviy) 2. Kuch adolatdadir. (Amir Temur) 3. Nodon do‘st – eng
xavfl i dushman. (Lafonten) 4. Har bir kishining fe’li va xulq-atvori o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadiga intilishida namoyon bo‘ladi. (Gyote)
Do'stlaringiz bilan baham: |