368-mashq.
Uyga vazifa. “Orzuga erishishning 5 yo‘li
” mavzusida
matn tuzing. O‘zingiz to‘g‘ri deb biladigan 5 usulni yozing va sharhlang.
Matni ngizda maqollardan foydalaning.
107-dars. HIKMATLI SO‘ZLAR
Saodatga eltuvchi so‘zlar
Aziz bolajonlar! Hayot deb atalmish yo‘lovchilik davomida Siz
sodiq, samimiy, dono hamrohingiz bo‘lishini xohlaysiz, shunday
emasmi?
O‘tmishda yashab o‘tgan olimlar, katta hayot tajribasiga ega
ulug‘ insonlar aytgan hikmatli so‘zlar ana shunday hamrohdir.
Boshqalar so‘zidan farqli ravishda, bu so‘zlar go‘yo chanqoq
qalblarga obihayotdir. Bu bebaho ma’naviy ozuqadan qancha
ko‘p bahramand bo‘lsangiz, umringiz shuncha sermazmun o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |