386-mashq.
Uyga vazifa.
Quyidagi so‘zlarni “O‘zbek tilining imlo lu-
g‘ati
”dan foydalanib, to‘g‘rilab ko‘chiring.
Albatda, baddiy, vofodor, gramatika, dasxat, yetovlon, jaxl, za-
hira, ijot, metir, muomila, oldamzot.
111-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Koʻpchilik Leonardo da Vinchi ismini eshitganida, uning mash-
hur surati “Mona Liza”ni yodga oladi. U iqtidorli rassom edi. Le-
kin u faqat rassomchilik bilan chegaralanib qolmagan. Leonardo
doim bilim olishga chanqoq bola bo‘lgan. Atrof olamni oʻrganib,
koʻrgan narsalarini chizib borardi. Tasavvurga boy yigit bo‘lgan.
Leo nardoning yozuv daftarchalaridan birida parashutli odamning
surati bor. Qizig‘i shundaki, bu gʻoya 300 yildan keyin hayotga
tatbiq etilgan. 1783-yilda fransiyalik uchuvchi yerga parashutda
sakragan birinchi inson boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |