Kutubxonachi tavsiyasi bilan
elektron
kutubxonaga murojaat etdi. Izlagan kitobini bir zumda
yuklab oldi. Maktabdan uyga qaytgan Javlon sevimli kitob
muto-
laasiga sho‘ng‘ib ketdi. Onasining “Dam ol”, degan xitobiga e’tibor
bermadi. Zoologiyadan uy vazifalarini tayyorlar ekan, avvallari
e’tibor bermagan
ma’lumotlarga ega bo‘la boshladi. Javlon endi
bir narsaga tushunib yetdi… (Jurnaldan)
378-mashq.
Matnda ajratilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring, im-
losiga diqqat qi ling.
379-mashq.
Matnning qanday yakunlanishini xohlardingiz? Fikri-
ngizni og‘zaki bayon qiling.
380-mashq.
Kitob haqida aytilgan quyidagi dono fi krlarga qo‘shila-
sizmi? O‘zingizga yoqqanini ko‘chirib oling va sharhlang.
1. Kitobsiz uy – derazasiz uy. 2. Kitob baxt bilan bezatadi,
ammo baxtsizlikda u tasalli beradi. 3. Kitobsiz ong – qanotsiz qush.
4. Non tanani to‘ydiradi, kitob esa miyani oziqlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |