354-mashq.
Matnlardagi qo‘shib yoziladigan so‘zlarni belgilab, daftari-
ngizga ko‘chiring. Imlo qoidalarini yodga oling.
355-mashq.
Topishmoqlarni tinglang. Javobini toping.
1. Uzoq tog‘da o‘t yonar. 2. Suvda yotar – suv ichmas, Yurga nini
odam bilmas. 3. Novcha yigit tom teshar. 4. Saman otim soy yoqalab
keladi. 5. Tomdan tuxum irg‘itdim. 6. Otlari har xil, yoshlari bir xil.
(Quyosh, Oy, yomg‘ir, sel, do‘l, hafta kunlari.)
356-mashq.
Berilgan maqollarni daftaringizga ko‘chiring. Oy nomla-
riga diqqat qiling.
1. Dalv kirdi, ekinlarga davr kirdi. 2. Yoz – yozil, qish – qisil.
3. Yoz yomg‘iri yondan o‘tar, Qish yomg‘iri – jondan. 4. Asadda
oralab ye, Sunbulada – saralab. 5. Ayamajiz olti kun, Olti oy qishdan
qattiq kun. 6. Aqrab kelar hayqirib, Bola-chaqasini chaqirib.
Do'stlaringiz bilan baham: |