ONA TILI 5-sinf
1. Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. 2. Bulbul
chamanni sevar, Odam – Vatanni. 3. Vataning tinch – sen tinch.
4. Vatanga falokat – o‘zingga halokat. 5. Yordan ayrilgan yetti yil
yig‘lar, Yurtdan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.
226-mashq.
Uyga vazifa
. Quyidagi so‘zlar orasidan qo‘sh va qator
undoshli so‘zlarni ajratib, daftaringizga ko‘chiring.
Qishloq, barglarini, tashlaydi, qayrag‘och, kambar, quvvati,
pirillayotgan, issiqda, o‘ynaydi, mitti, girdob, chang, qasdlashib.
61-dars. ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
Baliqlarda aql bormi?
Ko‘pchilik baliqlarning no‘xatdek…(-kina,-gina) miyasi bor, ular
kun bo‘yi u yoqdan bu yoq…(-qa,-ga) suzishdan boshqani bilmaydi,
deb o‘ylaydi. O‘zimiz ham “Nemoni izlab” multfi lmidagi Dori kabi “ ba-
liqlar xotirasi atigi 3 soniyadan iborat, shu bois ular o‘zlarining kichik
akvariumlarini o‘zlari uchun qayta-qayta kashf etadilar” deb hisoblay-
miz. Aslida, shu…(n, m)daymi?
Topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |