Matnni o‘qing. Unda ishlatilgan e va o‘ unlilarining ta-
laffuzi, imlosiga diqqat qiling. Yana qanday xalq qahramonlarini bilasiz?
ALP ER TO‘NGA
Afrosiyob – Turon davlatining sha’ni, shavkati uchun qattiq
kurash olib borgan afsonaviy tarixiy shaxslardan biri. U yurti-
ni yovuz bosqinchilardan himoya qilgan ulug‘ sarkarda. Turkiy
manbalarda bu hukmdor Alp Er To‘nga nomi bilan tilga olingan.
Demak, Alp Er To‘nga va Afrosiyob, aslida, bitta shaxsning turkiy
va forsiy nomlari bo‘lib, u Turon davlatining asoschisidir.
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” kitobida
Alp so‘zini quyidagicha izohlaydi: “Alp – botir, qahramon”. Turkiy
xalqlarda botir sarkardalar va pod-
shohlar nomiga, odatda, Alp so‘zi
qo‘shib ishlatilgan.
Demak, Alp Er To‘nga bu nomni
o‘ziga ism qilib olgan dastlabki inson,
turkiy xalqlarning ilk podshohi
dir.
(“O‘zbekiston tarixi ” kitobidan)
Munosabat bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |