20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va
daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar,
ko‘rsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning)
mulkdoridir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar,
yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadi(foydasi) ular tomonidan
ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |