24-modda. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi
kafolatlari
Fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘n yildan
kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi.
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yishga faqat yer to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar o‘rtasida
kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan o‘zagrtirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara
shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |