16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan soliq olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik birmuncha noqulayroq
sharoitlarni yuzaga keltiradigan o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil
mobaynida bunday o‘zgartishlar kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq
soliq undiriladi. Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan bog‘liq
o‘zgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan
olgan daromadlariga qat’iy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari
uchun bir muncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi o‘zgarishlar deb hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |