13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining o‘z mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-
mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita bo‘lgan mol-
mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning
belgilanishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar
obyekti bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |