1.4. Oldi-sotdi shartnomasida taraflar
Oldi-sotdi shartnomasida taraflar sotuvchi va xaridor hisoblanadi.
Bunda taraflar sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.
Ayni vaqtda muayyan hollarda shartnomada taraf sifatida davlat ham
ishtirok etishi mumkin.
Oldi-sotdi shartnomasi yuqorida ko'rsatilgan subyektlar o'rtasida,
shuningdek, o'zaro tuzilishi mumkin Shartnomada taraf sifatida fuqaro
qatnashganda u muomala layoqatiga ega bo'lishi shart. Binobarin, voyaga
yetgan, ya’ni 18 yoshga to'lgan va qonunda belgilangan tartibda muomala
layoqati cheklanmagan har qanday shaxs shartnomada taraf sifatida ishtirok
eta oladi Ayni vaqtda, qonun muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga
layoqatsiz fuqarolarning ham oldi-sotdi shartnomasida taraf sifatida qatnashish
holatlarini nazarda tutadi Masalan, olti yoshdan o'n to'rt yoshgacha bo'lgan
kichik yoshdagi bolalar mayda maishiy bitimlar tuzishga, masalan, kichik
summada tovarlar sotish yoki sotib olishga (muzqaymoq, chanqoqbosdi
ichimliklar, qalam, daftar, havo sharlari va shJ<) haqli (FKning 29-moddasi,
2-qismi 1-bandi). O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga
yetmaganlar o'z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlari hisobiga tovarlar
sotib olish yoxud ularni sotishga haqli (FKning 27-moddasi, 2-qismi 1-bandi).
FKning 22-moddasi, 2-qismi va 28-moddada belgilangan tartibda to'la
muomala layoqatiga ega bo'lgan voyaga yetmaganlar ham oldi-sotdi
shartnomasida summasidan qat’iy nazar, to'la huquqli taraf sifatida qatnasha
oladilar. Spirtli ichimliklar yoxud narkotik moddalar iste’mol qilganligi sababli
muomala layoqati cheklangan shaxslar ham mustaqil ravishda mayda maishiy
bitimlar tuza oladilar (FKning 31-moddasi). Bunday shaxslar, shuningdek,
o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar yirik
summadagi oldi-sotdi shartnomalarini faqat homiysi, ota-onalari yoki
farzandlikka oluvchilar roziligi bilangina tuza oladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Har xil tashkiliy tuzilmalar oldi-sotdi shartnomasida taraf bo'lishlari
uchun quyidagi ikki talabga javob berishlari shart: birinchidan, bunday
tuzilmalar yuridik shaxs maqomiga ega bo'lishlari va ikkinchidan, ular
tuzayotgan oldi-sotdi shartnomasi ularning ta’sis hujjatlariga zid bo'lmasligi
lozim.
Odatda shartnomada sotuvchi sifatida qatnashayotgan shaxsga
sotilayotgan ashyo mulk huquqi asosida tegishli boiadi, biroq ayrim
hollarda sotuvchi sotilayotgan tovarning mulkdori bo'lmasligi ham
mumkin. U holda sotuvchining tovarni sotishga bo'lgan huquqi qonun
yoki shartnoma asosida vujudga kelgan bo'lishi lozim (masalan, davlat
korxonasi tomonidan unga xo'jalik yuritish huquqi asosida biriktirib
qo'yilgan tovarni sotishi yoxud vositachilik (komission) do'konlarida
tovarlarni sotish).
Qonunda bir necha subyektga umumiy mulk huquqi asosida tegishli
bo'lgan ashyolarni sotishning alohida tartibi belgilangan. Mulkdorlardan
biri o'z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtda qolgan sheriklari
sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda
imtiyozli sotib olish huquqiga ega, kim oshdi savdosi orqali sotish hollari
bundan mustasno (FKning 224-moddasi). Er-xotinga birgalikdagi umumiy
mulk huquqi asosida tegishli boigan, nikoh davomida orttirilgan mol-
mulk ham har ikkalasining roziligi asosida sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |