1.3. Oldi-sotdi shartnomasining shakli
Oldi-sotdi shartnomasining shakliga nisbatan bitimlarning shakli
haqidagi qoidalar (FKning 108-112-moddalari), shuningdek, shartnomaning
shakli haqidagi qoidalar (FKning 336-moddasi) qo'llaniladi. Bunda
shartnomaning turi va tovarning o'ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga
ega. Oldi-sotdi shartnomasi shaklini belgilashda, birinchidan, fuqarolik
m uom alasining talablari, ikk in ch idan esa, o ld i-s o td i bitim lari
qonuniyligining ustidan nazorat qilish zarurati, bunday munosabatlarda
jamiyat manfaatlari yoxud ayrim shaxslar manfaati himoyasini ta’minlash
zarurati bilan bog'liq holatlar belgilovchi omil bo'lib hisoblanadi. Masalan,
naqd pul hisobiga amalga oshiriladigan chakana savdoda taraflarga qulaylik
tug'dirish uchun oldi-sotdi shartnomasini maxsus rasmiylashtirish talab
etilmaydi. Naqd pul baravariga tuziladigan va tuzilish vaqtining o'zidayoq
ijro etiladigan oldi-sotdi shartnomasi, umumiy qoida bo'yicha summasidan
qat’iy nazar, og'zaki shaklda tuzilishi mumkin. Binobarin, savdo
do'konlarida, bozorlarda tuziladigan oldi-sotdi shartnomalari tovariarning
xaridorlarga darhol topshirilgani va shu ondayoq haq to'langani sababli
og'zaki rasmiylashtirilishi mumkin.
Agarda, oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishda haq to'lash va sotilgan
tovami topshirish bir vaqtning o'zida, sotuvchi va xaridor tomonidan muqobil
ijro etilmasa, masalan, tovar haqini oldindan to'lash, nasiyaga tovar sotish,
tovar haqini bo'lib-bo'lib to'lash (FKning 420-422-moddalari) hollarida
shartnoma yozma ravishda tuzilishi maqsadga muvofiq yoxud bunday hollarda
tegishli harakatlarning sodir etilganligi (masalan, pul oldindan to'langanligi,
tovar nasiyaga sotilgani) fakti chek, jeton, tilxat orqali guvohlantirilishi lozim
Bu esa kelgusida taraflar o'rtasida nizolar kelib chiqishining oldini oladi yoxud
bunday nizolaming adolatli hal etffishiga xizmat qiladi
www.ziyouz.com kutubxonasi
K o'ch m as m ol-m ulk shu jumladan, turar-joylar oldi-sotdisi,
avtomobillar, ov, o‘q otar qurollari va shu kabi predmetlar oldi-sotdisi
ustidan nazorat o'matish ijtimoiy ahamiyatga ega. Shu sababli ham bunday
shartnomalar yozma tuzilishi, notarial guvohlantirilishi, maxsus davlat
ro'yxatidan o'tkazilishi talab etiladi. Bunday hollarda shartnoma tegishli
shaklda rasmiylashtirilmasligi uning haqiqiy sanalmasligi yoki qonunda
belgilangan boshqa oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bunday talablar
tashqi savdo bitimlariga nisbatan ham qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |