Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  K im   oshdi  savdosi,  tovar  birjalarida



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

2.2.  K im   oshdi  savdosi,  tovar  birjalarida 

savdo-sotiq  shartnomalari

Tovar  mulkdori  yoki  mulkiy  huquq  egasi  yoxud  ixtisoslashgan 

tashkilot  kim oshdi savdosining tashkilotchisi  bo'lishi  mumkin. Kim oshdi 

savdosining  tashkilotchisi  sud  qarorlarini  ijro  etish  uchun  (musodara 

qilingan,  majburiy  tartibda  haq  undirishga  qaratilgan  ashyolarga,  garov 

ashyolari  va  h.k)  ham  kim  oshdi  savdosi  tashkil  etadi.

Kim  oshdi  savdosi  bo'yicha  ixtisoslashgan  tashkilot  tovar  mulkdori 

(mulkiy  huquq  egasi  bilan  shartnoma  tuzish  asosida  ish  olib  boradi,  ular 

nomidan  yoxud  o'z  nomidan  harakat  qiladi.

Kim  oshdi  savdosi  auksion  yoki  tanlov  shaklida  o'tkaziladi.  Kim 

oshdi  savdosining  shakli,  agarda  qonunda  boshqacha  tartib  belgilangan 

bo'lm asa,  sotiladigan  ashyoning  mulk  yoxud  mulkiy  huquq  egasi 

tomonidan  belgilanadi.

Xaridor sifatida faqat bir ishtirokchi qatnashgan auksion yoki tanlov 

bekor  hisoblanadi.

Auksionlar  va  tanlovlar  ochiq  yoki  yopiq  bo'lishi  mumkin.

Ochiq  auksion  yoki  tanlovda  hamma  qatnashish  imkoniyatiga  ega.

Yopiq  auksion  va  yopiq  tanlovda  maxsus  taklif  etilgan  shaxslargina 

qatnashadilar.

Agar  qonunda  boshqacha  tartib  belgilangan  bo'lmasa,  tashkilotchi 

kim  oshdi  savdosi  o'tkazilishi  haqida  kamida  o'ttiz  kun  oldin  xabar 

qilishi  kerak.  Xabarda  kim  oshdi  savdosining  joyi,  vaqti  va  shakli,  kim 

oshdi  savdosiga  nima  qo'yilgani,  shu  jumladan,  kim  oshdi  savdosida 

qatnashishni  rasm iylashtirish  tartibi,  boshlang'ich  narx  haqida 

ma’lumotlar  mavjud  bo'lishi  shart.

Umumiy  qoidaga  ko'ra,  kim  oshdi  savdosi  tashkilotchisi  auksion 

o'tkazishdan  xohlagan  vaqtda,  lekin  u  o'tkaziladigan  kundan  kamida 

uch  kun  oldin  bosh  tortishga  haqli.

Kim  oshdi  savdosining  tashkilotchisi  uni  o'tkazishdan  bosh  tortish 

haqidagi  muddatlarga  rioya  qilmagan  hollarda  ishtirokchilarning haqiqiy 

(real)  ko'rgan  zararini  to'lashi  shart.

Yopiq auksion yoki yopiq tanlovda tashkilotchi kim oshdi savdosidan 

qaysi  muddatda  bosh  tortganligidan  qat’iy  nazar,  o'zi  taklif  etgan 

ishtirokchilarning  real  zararini  to'lashi  lozim.

Kim  oshdi  savdosining  qatnashchilari  kim  oshdi  savdosi  haqidagi 

xabarda  ko'rsatilgan  miqdorda,  muddatlarda  va  tartibda  zakalat  puli

www.ziyouz.com kutubxonasi



to‘laydilar.  Kim  oshdi  savdosida  qatnashgan,  lekin  g'olib  chiqmagan 

ishtirokchilarga  zakalat  puli  qaytariladi.  G'olib  chiqqan  shaxsning  puli 

tovar  bahosi  uchun  to'lanadigan  haq  tartibiga  kiritiladi.

Kim  oshdi  savdosida  eng  yuqori  narx  taklif qilgan  qatnashchi  g'olib 

hisoblanadi  va  u  bilan  oldi-sotdi  shartnomasi  tuziladi.  G'olib  bilan 

tashkilotchi  o'rtasida  kim  oshdi  savdosi  natijalari  haqida  bayonnoma 

imzolanadi.  Agar  g'olib  bayonnomani  imzolashdan  bosh  tortsa,  bergan 

zakalatidan mahrum  bo'ladi. Agar tashkilotchi bayonnomani  imzolashdan 

bosh  tortsa,  zakalat  summasini  ikki  barobar  qilib  qaytaradi.

Qonunda  belgilangan  qoidalarga  zid  ravishda  o'tkazilgan  kim  oshdi 

savdosi  manfaatdor  shaxs  talabi  bilan  sud  tomonidan  haqiqiy  emas  deb 

topilishi  mumkin.  Masalan,  kim  oshdi  savdosi  haqida  noto'g'ri  maiumot 

berilsa  yoki  qatnashchilar  oldindan  til  biriktirib  olgan  bo'lsalar  va  h.k. 

Kim  oshdi  savdosini  haqiqiy  emas  deb  topish  g'olib  bilan  tuzilgan 

shartnomaning  haqiqiy  emasligiga  sabab  bo'ladi  (FKning  381-moddasi).

Birjalar  ham  oldi-sotdi  shartnomalarini  tuzadigan  maxsus  tuzilma 

hisoblanadi.

Fond  birjalarida  qimmatli  qog'ozlar  oldi-sotdisi  amalga  oshiriladi. 

Fond  birjalarining  faoliyati  «Qimmatli  qog'ozlar  bozorining  faoliyat 

ko'rsatish  mexanizmi  to'g'risida»gi  qonun  bilan  tartibga  solinadi.

Tovar  birjalarida  esa  m ol-m ulk  sotiladi.  Birjalarda  oldi-sotdi 

shartnomalarining xususiyatlari, eng awalo, birja faoliyatining o'ziga xosliklari 

bilan  belgilanadi  (kim  oshdi  savdosi,  bitimlarni  makler  yozuvlar  orqali 

rasmiylashtiradi,  birja  sotishga  qo'yiladigan  mol-mulklar  savdosi  va  h.k).

Birjalarga  oldi-sotdi  shartnomalariga  nisbatan  FKning  tegishli 

normalari,  «Birjalar  va  birja  faoliyati  to'g'risida»gi  qonun  qo'llaniladi.

Muayyan  birjada  taqdim  etilgan  tovarlar  oldi-sotdisi  bo'yicha  birja 

vositachilari o'rtasida tuzilgan birja savdo-sotig'i qoidalariga muvofiq amalga 

oshirilgan  va  belgilangan  tartibda  birja  ro'yxatidan  o'tgan  bitimlar, 

summasidan  qat’iy  nazar,  notarial  idoradan  tasdiqlanmaydi  (ko'chmas 

mol-mulk  korxonalar  oldi-sotdisi  bundan  mustasno).  Birja  bitimining 

mazmuni  (tovaming  nomi,  narxi,  ijro  o'm i  va  muddatidan  bo'lak)  oshkor 

etilishi  mumkin  emas.

Bitimlarda:

bor mavjud tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan, tovarlarni 

darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga egalik huquqini 

beruvchi  hujjatlar  topshirishni  ham  ko'zda  tutuvchi  oldi-sotdi  bitimlari;

forvard  bitimlar,  ya’ni  mavjud  tovami  yetkazib  berish  muddatlarini 

kechiktirgan  holda  xarid  qilish  va  sotishga  doir  bitimlar;

www.ziyouz.com kutubxonasi




fyuchers  bitimlar,  ya’ni  standart  shartnomalarga  doir  bitimlar; 

opsion  bitimlar,  ya’ni  tovarlarni  yoki  tovarlar  yetkazib  berish 

shartnomalarini  belgilangan  narxlar  bo‘yicha  kelgusida  xarid  qilib  olish 

yoki  sotish  huquqlariga  doir  oldi-sotdi  bitimlari  va  shu  kabilar  tuzish 

mumkin.  Forvard,  fyuchers,  opsion  bitimlar  tuzilganda  birja  o'zining 

hisob-kitob  markazlari  orqali  bitimlar  ijrosini  kafolatlashi  shart.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish