Shartnoma bahosi.
Shar tnoma bahosiga doir alohida qoida qonunlar
bilan belgilanmagan. Shartnoma predmeti - tovar bahosini belgilashda
taraflar erkin bo'lib, shartnoma bahosi taraflar o'zaro kelishuvi asosida,
tovaming xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Oldi-sotdi shartnomalariga
oid um um iy qoidalarga ko‘ra baho shartnomaning muhim belgisi
hisoblanmaydi. Tovar bahosi taraflar o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnomada
aniq qiymat misolida ko'rsatilmasligi ham mumkin. Jumladan, tovar
yetkazilib berilayotgan davrdagi bozor narxini nazarda tutishi mumkin.
Ammo ayrim turdagi tovarlarning narxlari davlat tomonidan qat’iy
qilib belgilanib qo'yilishi va tartibga solib turilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |