Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Shartnomaning  mazmuni. 

Ma’lumki,  shartnomalaming  mazmunini 

taraflarning  huquq  va  majburiyatlari  tashkil  etadi.  Sotuvchining 

majburiyatlariga  sotib  oluvchiga  tovarlarni  to'liq  barcha  kerakli jihozlari 

va  hujjatlari  bilan  kelishilgan  miqdorda,  assortimentda  va  komplektda, 

belgilangan  sifatdagi,  o'ram dagi  va  turdagi  shuningdek  uchinchi 

shaxslarning  huquqlaridan  holi  holda  topshirishi  kiradi.  Sotuvchining 

bunday  majburiyatlari  oldi-sotdi  shartnomalariga  nisbatan  FKning  29- 

bobini  l-§   talablariga  rioya  qilishi  jumladan,  398,  400,  402,  403,  414- 

moddalari  talablariga  ko'ra  amalga  oshirishi  talab  etiladi.  Shuningdek, 

taraflar  kelishuviga  m uvofiq  423-modda  talablariga  ko'ra  tovarni 

sug'urtalanishi  sotuvchi  zimmasiga  yuklanishi  ham  mumkin.

Tovarni  sotib  oluvchiga  yetkazib  berish  majburiyati  tovarni  sotib 

oluvchiga  (yoki  shartnomada  u  ko'rsatgan  qabul  qilib  oluvchi  uchinchi 

shaxsga)  ortib  yuborish  orqali  amalga  oshiriladi.  FKning  440,  441  va  442

-  moddalari  mazmunidan  mahsulotni  yetkazib  berish  sotuvchining 

zimmasida  ekanligi  anlashiladi.  Shunday  ekan,  agar  tovarni  yetkazib 

berilishi  haqida  shartnomada  hech  qanday  shartlar  belgilanmagan  bo'lsa 

tovarni  yetkazib  berish  majburiyati  sotuvchi  zimmasida  bo'ladi.

Mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq 

yetkazib  berishi  lozim  Jumladan,  tovarlarni  birdaniga  hammasini  yetkazib 

berish majburiyati yuklatilgan bo'Lsa, ulami shartnomada belgilangan vaqtda, 

uning  sifatiga,  assortimentiga  va  boshqa  tovarga  nisbatan  belgilangan 

talablarga javob beradiganini sotib oluvchiga yetkazib beradi.

A gar  taraflar  tovarlarni  shartnomaning  amal  qilish  muddati 

mobaynida turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan bo'lsalar 

va  unda  alohida  turkumlarni  yetkazib  berish muddatlari  (yetkazib berish 

davrlari)  belgilangan bo'lsa  ushbu belgilangan muddatda  yetkazib  berishi 

shart.  Agarda,  bunday  muddat  belgilanmagan  bo'lsa,  tovarlar  har  oyda 

bir  xil  turkumlarda  yetkazib  berilishi  lozim.  Shuni  alohida  ta’kidlash 

lozimki, 

ushbu  munosabatni  tartibga  solishga  qaratilgan  qonun 

hujjatlarida  hamda  majburiyatning  o'ziga  xos  mohiyati  va  mazmuni

www.ziyouz.com kutubxonasi




yoki  ish  muomalasi  odatlari  boshqacha  tartibni  nazarda  tutmagan  bo'lsa 

yuqoridagi  muddatlarda,  nazarda  tutilgan bo'lsa  ushbu  shartlarga asosan 

amalga  oshirilishi  kerak.

Shartnomada  mahsulot  yetkazib  berish  davrlarini  belgilash  bilan 

bir  qatorda  tovarlarni  yetkazib  berish  (o'n  kunlik,  sutkalik,  soatlik  va 

hokazo) jadvali  ham belgilanishi mumkin. Bunday jadvallami  belgilanishi 

juda  muhim  sababi  ushbu  shartnoma  tovarlar  oldi-sotdisini  ta’minlovchi 

asosiy  xo'jalik  shartnomasi  bo'lgani  tufayli  uning  qanchalik  aniqlik  bilan 

tuzilsa,  m a jb u riy a tla r  aniq  belgilansa  shartnom a  yuzasidan 

tushunmovchiliklar  bo'lmasa  tovarlarning  savdo  aylanmasi  shunchalik 

tez  bo'ladi  natijada  barcha  faqat  foyda  ko'radi.

Tovarlar  shartnomada  belgilangan  muddatdan  oldin  yetkazib 

berilishiga  faqat  sotib  oluvchining  roziligi  bilangina  yo'l  qo'yiladi.  Bunga 

sabab mahsulot yetkazib berilganda uni saqlash, realizatsiya qilish tegishli 

tayyorgarlikni va xarajatlami talab qiladi. Tovar muddatidan ilgari yetkazib 

berilishi  sotib  oluvchiga  turli  muammolarni  keltirib  chiqarishi  mumkin. 

Masalan,  saqlash  uchun  joy i  va  imkoniyati  bo'lm asligi  mumkin. 

Shuningdek  yuqorida  aytganimizdek  sotib oluvchi  rozi  bo'lsa,  ya’ni  unga 

tovarlarni muddatidan oldin yetkazib berilishi hech qanday muammolarni 

yuzaga  keltirmasa,  balki  aksincha  juda  xaridorgir  tovar  bo'lsa  uni  qabul 

qilishga  hech  ikkilanmaydi.  Muddatidan  oldin  yetkazib  berilgan  va  sotib 

oluvchi  tomonidan  qabul  qilingan  tovarlar  keyingi  davrda  yetkazib 

berilishi  lozim  bo'lgan  tovarlar  miqdoriga  kiritiladi.

Shartnomada  tovarlarni  yetkazib  berish  tartibini  kelishib  olinishi 

juda  muhim.  Aksariyat  hollarda  bunday  majburiyat  mahsulot  yetkazib 

beruvchi  zimmasiga  yuklatiladi.  Tovarlarni  yetkazib  berish  mahsulot 

yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma bo'yicha sotib oluvchiga 

yoki shartnomada oluvchi sifatida ko'rsatilgan shaxsga jo'natish (topshirish) 

yo'li  bilan  amalga  oshiriladi.

Mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasida  tovarlarni  oluvchilarga 

jo'natish  to'g'risida  sotib  oluvchining  sotuvchiga  ko'rsatmalar  berish 

huquqi  (jo'natish  raznaryadkasi)  nazarda  tutilgan  hollarda,  mahsulot 

yetkazib  beruvchi  tovarlarni  jo'natish  raznaryadkasida  ko'rsatilgan 

oluvchilarga jo'natadi  (topshiradi). Jo'natish raznaryadkasi  —  mahsulot 

yetkazib beruvchiga yozma shaklda sotib oluvchi tomonidan belgilangan 

shaxslarga  topshirish  uchun yetkazib  berilishi kerak  bo'lgan  tovarlarni 

bir  yo'la  yoki  belgilangan  grafik  asosida  ortib  yuborish  (jo'natish) 

yoki  topshirish  bo'yicha  ko'rsatmasini  mujassamlaydi.  Bu  esa  o'z 

navbatida,  mahsulot  yetkazib  beruvchiga  ham  qulayliklarni  keltirib

www.ziyouz.com kutubxonasi




chiqaradi.  Jumladan,  mahsulot  yetkazib  beruvchi  tovarlarni  aniq, 

o ‘z  vaqtida  yetkazib  berishi  belgilansa  boshqa  tomondan  qulayligi 

o ‘z  ishini  tartibli  olib  borishga  asos  bo'ladi.  Bu  esa,  bir  yo'la  bir  necha 

mijoz  buyurtmasini  vaqt  va  transport  xarajatlarini  kamroq  qilgan 

holda yetkazib berilishiga olib keladi. Shuningdek, shartnoma shartlariga 

rioya  qilinishi  ta’minlanadi  va  tovarni  yetkazib  berilganlik  uchun 

qo'shiladigan  qiymat  kamayishi  hisobiga  tovarlar  tannarxini  ham 

kamayishiga  olib  keladi.

Jo'natish raznaryadkasining mazmuni va muddati mahsulot yetkazib 

berish shartnomasida belgilanadi. Ayrim hollarda jo'natish raznaryadkasini 

yuborish muddati shartnomada nazarda tutilmasligi ham mumkin1. Bunga 

sabab shartnoma  konsensual  harakterda  bo'lganligi  tufayli  va  shartnoma 

harakteridan  kelib  chiqib  sotib oluvchi  ushbu  muddatni  aniq  belgilashga 

ikkilanishi  mumkin.  Bunday  hollarda  sotib  oluvchi  zimmasiga  mahsulot 

yetkazib beruvchini mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida 

30 kun oldin jo'natish raznaryadkasining aniq muddatlarni ma’lum qilishi, 

ya’ni  yuborishi  lozim  boiadi.

Sotib  oluvchining  belgilangan  muddatda  jo'natish  raznaryadkasini 

taqdim  qilmasligi  mahsulot  yetkazib  beruvchiga  yo  mahsulot  yetkazib 

berish  shartnomasini  bajarishdan  bosh  tortish,  yoki  sotib  oluvchidan 

tovarlar  haqini  to'lashni  talab  qilish  huquqini  beradi.  Bundan  tashqari 

mahsulot  yetkazib  beruvchi  jo'natish  raznaryadkasini  taqdim  qilmaslik 

tufayli  yetkazilgan  zararni  to'lashni  talab  qilishga  haqli  (FK  441-modda).

Tovarlarni  olib  borib  berish  yetkazib  beruvchi  tomonidan  ularni 

mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasida  nazarda  tutilgan  transportda  va 

unda  belgilangan  shartlarda  jo'natish  yo'li  bilan  amalga  oshiriladi.

Mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasida  tovarlarni  qay  yo'l  bilan 

yetkazib  berilishi  juda  muhim.  Sababi,  yuqorida  aytganimizdek,  olib 

borib  berish  qaysi  transport  turida  (havo,  suv  tarsportida  hamda  temir 

yo'l  yoki  avto  yoilar  transportida)  yoki  qanday  shartlarda  amalga 

oshirilishi amalda taraflarning tortishuvining asosiy sababchisi hisoblanadi. 

Chunki  u  mahsulotning  tannarxiga  ta’sir  ko'rsatadi.

Mahsulot  yetkazib  berish  shartnomasida  tovarlarni  yetkazib 

beruvchidan  (uning  mahsulotlari  saqlanadigan  omboridan  yoki  boshqa 

joydan)  olib ketishni sotib oluvchi o'zining  bunga  imkoniyati  mavjudligi va


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish