Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

birinchidan, 

sotuvchining  o'z-o'ziga  nisbatan  mulkiy  huquqlari 

shartnoma  predmeti  bo'la  olmaydi;

ikkinchidan, 

shartnom aning  predm eti  faqat  m ulkiy  huquq 

(majburiyat  emas)  bo'lishi  lozim  (korxona  oldi-sotdisi  bundan  mustasno);

uchinchidan, 

shartnom alardan  va  shartnomalardan  tashqari 

majburiyatlardan kelib  chiquvchi  talab qilish  huquqi natural  (asl holicha)

www.ziyouz.com kutubxonasi




bo'lishi kerak  (binobarin pul bo'yicha  to'lovni undirish  huquqidan boshqa 

shaxs  foydasiga  voz  kechish  oldi-sotdi  bo'lib  hisoblanmaydi)1.

Oldi-sotdi shartnomasi, agar qonunda boshqacha hoi belgilangan bo'lmasa 

yoki u  tovaming  xususiyatidan  kelib  chiqmasa,  shartnomani  tuzish  paytida 

sotuvchida  mavjud  bo'lgan  tovarni,  shuningdek,  kelajakda  sotuvchi 

yaratadigan yoki oladigan tovarni  olish-sotish haqida  ham tuzilishi  mumkin

Shartnomaning  tovar  haqidagi  sharti  uning  asosiy  va  muhim  sharti 

hisoblanadi,  bu  siz  shartnoma  mavjud  bo'la  olmaydi.  Agar  shartnoma 

tovaming  nomi  va  miqdorini  aniqlash  imkonini  bersa,  tovar  to'g'risidagi 

oldi-sotdi  shartnomasining  sharti  kelishilgan  hisoblanadi.

Oldi-sotdi  shartnomasida  baho  xaridor  tomonidan  sotib  olinayotgan 

tovar uchun sotuvchiga  to'lanadigan ma’lum miqdordagi pul summasidir. 

Agarda  xaridor  olinayotgan  tovar  evaziga  sotuvchiga  pul  emas,  balki 

ashyoni  topshirsa,  yoxud  ma’lum  xizmat  ko'rsatishni,  ish  bajarishni  o'z 

ustiga  olsa,  yoxud  tekin  olish  nazarda  tutilgan  bo'lsa,  u  holda  olish- 

sotish  hisoblanmaydi.

Oldi-sotdi  shartnomasida  tovarning  bahosi  taraflarning  kelishuvi 

bilan  belgilanadi.  Qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  tegishli  vakolatga 

ega bo'lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar 

(ta’riflar,  rassenkalar, stavkalar va  h.k)  qo'llaniladi  (FKning  356-moddasi, 

2-qismi).  Masalan,  ayrim  turdagi  tovarlar  faqat  bir  yoki  cheklangan 

doiradagi  bir  necha  korxonalar  tomonidan  ishlab  chiqarilishi  va  bu 

korxonalar  o'zlarining  bunday  ustun,  monopol  mavqeyidan  foydalanib, 

tovarlar bahosini  belgilashda  suiiste’molliklar qilishi mumkin.  Shu sababli 

ham  “ Tovar  bozorida  monopolistik  faoliyatni  cheklash  va  raqobat 

to'g'risida”gi  qonun  (1996-yil  27-dekabrda  qabul  qilingan),  «Tabiiy 

monopoliyalar to'g'risida»gi qonun  va  shu  kabi qonunlarda  tovarlar narxi 

belgilab  qo'yilishi  mumkin,  biroq  bozor  munosabatlari  tizimida  ko'pchilik 

tovarlaming bahosi taraflar tomonidan o'zaro kelishuv asosida belgilanadi.

To'lovni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo'lgan  harakatlarni  amalga 

oshirish  xaridor  hisobidan  amalga  oshiriladi  (FKning  418-moddasi  1-qismi). 

Masalan,  pulni  pochta  orqali  yuborish,  sotuvchining  bank  hisob  raqamiga 

o'tkazish xarajatlari  va h.k.

Tovarning  bahosi  uning  og'irligiga  qarab  belgilanadigan  boisa,  agar 

shartnomada  boshqacha  holat  belgilanmagan  bo'lsa,  u  sof  og'irligi  (netto) 

bo'yicha  aniqlanishi  lozim,  bunda  tovarning  idish  yoki  o'rov  holidagi 

og'irligi  (brutto)  asos  boiib  hisoblanmaydi.

‘ Гражданское  право.  Т.  2.  -М .:  Проспект.  1999.  С.  11-12.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Agar  oldi-sotdi  shartnomasida  tovaming  bahosi  uni  belgilaydigan 

ko'rsatkichlar  (tannarx  xarajatlar  va  h.k.)ga  qarab  o'zgartirilishi  lozimligi 

nazarda  tutilgan bo'lsa,  ammo shu  bilan  birga,  bahoni qayta  ko'rib chiqish 

usuli  belgilangan  bo'lmasa,  baho  ushbu  ko'rsatkichlarning  shartnoma 

tuzilgan  paytdagi  va  tovami  topshirish  paytidagi  o'zaro  nisbatidan  kelib 

chiqqan  holda  belgilanadi.  Masalan,  oldi-sotdi  shartnomasi  yanvar  oyida 

tuzildi,  tovar  xaridorga  may  oyida  topshirildi.  Mana  shu  vaqt  oralig'ida 

tovaming bahosi 20 foizga qimmatlashdi. Binobarin, bunday holda birlamchi 

baho  va  oxirgi  baho  o'rtasidagi  nisbat  hisobga  olinmog'i  lozim.

Sotuvchi  tovami  topshirish  majburiyatini  kechiktirib  yuborganida 

baho  tovarni  shartnoma  bo'yicha  topshirish  lozim  bo'lgan  vaqtdagi  baho 

bo'yicha  to'lanadi.

Shartnoma tuzilgandan keyin bahoni o'zgartirishga qonun hujjatlari, 

shartnomada  nazarda  tutilgan  holatlarda  va  shartlarda  yo'l  qo'yiladi.

Baho  haqida  kelishuv  shartnomaning  muhim  shartidir.  Bunday 

kelishuvga eiishilmaganida shartnoma tuzilmagan hisoblanadi Baho nazarda 

tutilmagan  va  shartnoma  shartlari  bo'yicha  belgilanishi  mumkin  bo'lmagan 

hollarda baho xuddi tovarlar uchun to'lanadigan narxlar bo'yicha belgilanadi 

Ushbu qoida FKning 356-moddasi, 3-qismi mazmunidan kelib chiqadi Mazkur 

hollarda,  garchi  shartnomada  baho  haqida  kelishuv  mavjud  bo'lmasa  ham, 

taraflar  bundan  kelishuvga  erishgani  haqidagi  prezumpsiyaga  amal  qiladi

O ldi-sotdi  shartnomasini  ijro  etish  muddati  taraflarning  o‘ z 

majburiyatlarini  amalga  oshirish 


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish