Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Voyaga etmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Voyaga etmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik 

14  yoshga  to‘lmagan  voyaga  etmaganlar  o'zlari  yetkazgan  zarar  uchun 

javobgar  bo‘lmaydilar.

Ta’kidlash  lozimki,  delikt  javobgarlikka  nisbatan  qonun  voyaga 

etmaganlarni  ikki  guruh  -   6  yoshgacha  va  6  yoshdan  14  yoshgacha 

ajratib  ko'rsatmaydi  va  ularning  ikkalasini  ham  deliktga  layoqatsiz  deb 

topadi.  Biroq,  6  yoshdan  14  yoshgacha  bo‘lgan  fuqarolar  to‘liq  deliktga 

layoqatsizligi bu yoshda bolalarning o‘z harakatlari oqibatini to‘liq tushunib 

etmasligi hisobalanadi.

Fuqarolik  huquqida  fuqarolarning  muomala  layoqati  odatda  ikkiga 

bo'linadi.  Birinchisi  bitimga  layoqatlilik  deb  nomlansa,  ikkinchi  delikt 

layoqatlilik  deyiladi.  Delikt  layoqatlilik  shaxsning  o'z  harakatlari  bilan 

boshqa  shaxsga  yetkazgan  zarari  uchun  javobgar  bo'lishini  namoyon 

qiladi. O'n to‘rt yoshgacha bo'lgan voyaga etmaganlar esa delikt layoqatiga 

ega bo'lmaydilar. Ular tomonidan yetkazilgan zarar ham o'zlari tomonidan 

emas,  balki,  boshqa  shaxslar  tomonidan  to‘lanadi.

FKning  993-moddasiga  muvofiq,  o‘n  to‘rt yoshgacha  bo'lgan voyaga 

etmagan (kichik yoshdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning 

ota-onasi  (farzandlikka  oluvchilari)  yoki  vasiylari,  agar  zarar  ularning 

aybi  bilan  yetkazilmaganligini  isbotlay  olmasalar,  javobgar  bo'ladilar. 

Ota-ona  yoki  vasiyning  bu  vaziyatdagi  aybi  ularning  o'n  to'rt  yoshgacha 

bo'lgan  voyaga  etmagan  bolaga  yetarli  darajada  e’tiborli  va  mas’uliyatli 

bo'lmaganliklarida  ko'rinadi.  Vasiyning  o'z  zimmasiga  yuklangan 

majburiyatlami  insofsizlik  yoki  e ’tiborsizlik  bilan  bajarishi1  uning 

yetkazilgan  zarardagi  aybi  sifatida  baholanadi  va  uning  vasiyligi  ostidagi 

shaxs  yetkazgan  zararni  qoplashi  lozim  bo'ladi.

Agar  vasiylikka  muhtoj  kichik  yoshdagi  bola  tegishli  tarbiyalash, 

davolash  muassasasida,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  muassasasida  yoki 

qonunga ko'ra vasiysi hisoblanadigan boshqa shunga o'xshash muassasada

Узбекистан  Республикаси  Вазирлар  Махкамасининг  1999  йил  12  алрелдаги  171- 



сонли карори билан тасдикланган  «Узбекистан  Республикасида  васийлик ва хомийлик 

туррисидавги  низом

www.ziyouz.com kutubxonasi



turgan  b oisa ,  bu  muassasa,  agar  zarar  muassasaning  aybi  bilan 

yetkazilmaganligini  isbotlay  olmasa,  kichik  yoshdagi  bola  tomonidan 

yetkazilgan  zarami  toiashi  shart.

Agar  kichik  yoshdagi  bola  o ‘quv  yurti,  tarbiyalash,  davolash 

muassasasi  yoki  uning  ustidan  nazoratni  amalga  oshirishi  shart  bo'lgan 

boshqa  muassasaning,  shuningdek,  shartnoma  asosida  nazoratni  amalga 

oshiruvchi shaxsning nazorati ostida turgan vaqtda zarar yetkazgan bo'lsa, 

bu  muassasalar  va  shaxslar,  agar  zarar  ularning  nazoratni  amalga 

oshirishdagi aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, zarar uchun 

javobgar  boiadilar.

Ota-ona  (farzandlikka  oluvchilar),  vasiylar,  o ‘ quv  yurtlari, 

tarbiyalash,  davolash  muassasalari  va  boshqa  muassasalarning  kichik 

yoshdagi  bola  tomonidan  yetkazilgan  zarami  to'lash  majburiyati  kichik 

yoshdagi  bola  voyaga  yetishi  yoki  u  zararni  to'lash  uchun  yetarlicha 

mol-mulk  olishi  munosabati  bilan  bekor  boimaydi.

Agar  ota-ona  (farzandlikka  oluvchilar),  vasiylar,  shuningdek,  ushbu 

moddaning  uchinchi  qismida  ko'rsatilgan  boshqa  shaxslar  vafot  etgan 

bo'lsalar yoki ular zarami to'lash uchun yetarli mablag'ga ega boimasalar, 

to'liq muomalaga layoqatli bo'lib qolgan zarar yetkazuvchining o'zi bunday 

mablag'ga  ega  boisa,  sud  taraflarning  mulkiy  ahvolini,  shuningdek, 

boshqa  holatlarni  inobatga  olib,  zararni  to'liq  yoki  qisman  zarar 

yetkazuvchining  o'z  mol-mulki  hisobidan  qoplash  to'g'risida  qaror  qabul 

qilishga  haqli.

O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha boigan voyaga yetmaganlar 

yetkazilgan  zarar  uchun  umumiy  asoslarda  mustaqil javobgar  boiadilar.

O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha boigan voyaga yetmaganning 

zarami qoplash  uchun yetarli mol-mulki yoki boshqa  daromad manbalari 

bo'lmagan taqdirda, zarar to'lig'icha yoki uning yetishmagan qismi voyaga 

yetmaganning  ota-onasi  (farzandlikka  oluvchilari)  yoki  vasiyi  tomonidan, 

agar  ular  zarar  o'zlarining  aybi  bilan  yetkazilmaganligini  isbotlay 

olmasalar,  toianishi  lozim.

Agar  homiylikka  muhtoj  o'n  to'rt  yoshdan  o'n  sakkiz  yoshgacha 

boigan  voyaga  yetmagan  tegishli  tarbiyalash,  davolash  muassasasida, 

aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  muassasasida  yoki  qonunga  ko'ra  uning 

homiysi hisoblanuvchi boshqa shunga o'xshash muassasada turgan boisa, 

bu muassasalar, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay 

olmasalar, zarami to'lig'icha yoki uning yetishmaydigan qismini toiashlari 

shart.


Zarar  yetkazgan  voyaga  yetganida  yoxud  u  voyaga  yetmasidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




unda  mol-mulk  yoki  zararni  to'lash  uchun  yetarli  daromad  manbalari 

paydo  bo‘lganida  yoxud  u  voyaga  yetmasidan  muomala  layoqatiga  ega 

bo'lganida  ota-ona  (farzandlikka  oluvchilar),  hom iy  va  tegishli 

muassasaning  zararni  to'lash  bo'yicha  majburiyati  tugaydi.

Sud  ota-onalik  huquqlaridan  mahrum  etilgan  ota-onaga  ularning 

voyaga yetmagan bolalari tomonidan ota-onasi o'z huquqlaridan mahrum 

qilinganidan keyin uch yil ichida sodir etilgan  zarar uchun,  agar bolaning 

zarar  yetkazilishiga  sabab  bo'lgan  xulq-atvori  ular  bolani  tarbiyalash 

bo'yicha o'z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklarining oqibati 

bo'lsa,  javobgarlikni  yuklashi  mumkin.

Ota-onalik  huquqlaridan  mahrum  qilingan  shaxslami  javobgarlikka 

tortishga  sobiq  tarbiyalanuvchilari  oldidagi  o'z  m ajburiyatlarini 

bajarmaganliklari  isbotlangan  holda  yetkazilgan  zararlarni  qoplash 

majburiyati  sabab  bo'ladi.  Bunday javobgarlikni  belgilanishi  uchun  zarar 

yetkazgan  voyaga  yetmaganning  harakati  bilan  ota-onasining  bergan 

tarbiyasi o'rtasida  sababiy  ketma-ketlikdagi  aloqa  mavjud  bo'lishi  kerak. 

Lozim  darajada  ota-onalik  huquqlarini  bajarmaslik  deyilganda  bolaning 

tarbiyasida  axloqsiz  xulq-atvori  shakllanishi  tushuniladi1.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish