javobgarlikning o'ziga xos holatlari sifatida fuqaroga quyidagi holatlarda
daxlsizlikka nisbatan konstitutsiyaviy huquqlarini buzish hisoblanadi va
alohida huquqiy, shu jumladan fuqarolik-huquqiy oqibatni belgilaydi.
yetkazilgan zararlariga nisbatan ham qoilaniladi.
qiladilar. Shu munosabat ularning noqonuniy harakatlari natijasida
yetkazilgan zararni qoplashni ham 0 ‘zbekiston Respublikasi o'z zimmasiga
oladi va bu zararlar davlat byudjeti hisobidan to‘la hajmda qoplanadi.
Bunda zararni qoplash bevosita davlat moliya organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor
bo'lgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
Huquqni m uhofaza qiluvchi va sud organlari harakatining
noqonuniyligi sudning asosli hukmi yoki jinoyat ishining rebilitatsiya
qilish asoslari bo'yicha tugatilishi (jinoyatning sodir etilmaganligi, qilmishda
jinoyat tarkibining yo'qligi, fuqaroning qilmishni sodir etishda ishtirok
etganligi isbotlanmaganligi) bilan, shuningdek, ishning m a’ m uriy
huquqbuzarlik bo'yicha tugatilganligi bilan asoslanishi lozim. Ishning boshqa
asoslarda (amnistiya, vaziyatning o'zgarishi va shu kabilar) tugatilishi
yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqini istisno qiladi.
Yuqorida ko'zda tutilgan harakatlar natijasida fuqaroga yetkazilgan
zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning
mansabdor shaxslari aybidan qat’iy nazar to'lanishi lozim. Zero, bunda
huquqni muhofaza qiluvchi va sud organining mansabdor shaxslari insofli
harakat qila turib ham adashishlari mumkin. Masalan, sud aybdor
bo'lmagan fuqaroni dastlabki tergovda vujudga kelgan jinoyatni sodir
etish taxmini bo'yicha javobgarlikka tortishi mumkin. Bunday holatlarda
zarar yetkazuvchi aybi prezumpsiyasi mavjud bo'lib, zarar qoplanmasdan
qolib ketar edi.
FK bunday zarralar to'liq hajmda qoplanishini alohida ta’kidlaydi
(FKning 991-modasi) va bu vaziyatda ma’naviy zarar to'lanishini ham
belgilaydi (FKning 1021-moddasi). Delikt majburiyatlarining mazkur turida
yetkazilgan zararlarni qoplashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- jabrlanuvchiga yo'qotilgan ish haqi va boshqa daromadlar, pensiya
va nafaqalar uchun tovon to'lanishini;
- musodara qilingan, olib qo'yilgan va xatlangan mol-mulkni
qaytarishni;
- jabrlanuvchi tomonidan to'langan jarimalar va sud to'lovlari,
shuningdek, huquqiy xizmat uchun to'langan summalar qaytarilishini;
- jabrlanuvchining boshqa ziyonlari (yo'qotilgan uy-joy yoki boshqa
mol-mulk olinmagan foyda) ni qoplash.
Do'stlaringiz bilan baham: