Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  M ol-m u lk n i  ishonchli  boshqaruvchining  javobgarligi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

3.  M ol-m u lk n i  ishonchli  boshqaruvchining  javobgarligi

M ol-m ulkni  ishonchli  boshqarish  paytida  foyda  oluvchining  yoki 

boshqaruv muassisining manfaatlari to'g'risida yetarli g'amxo'rlik qilmagan 

ishonchli  boshqaruvchi  foyda  oluvchiga  mol-mulkni  ishonchli  boshqarish 

vaqtida  b oy   berilgan  foydani,  boshqaruv  muassisiga  esa  mol-mulkni 

yo'qotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek, 

boy  berilgan  foydani  to'laydi.

A gar  ishonchli  boshqaruvchi  ushbu  zararlar  yengib  bo'lmaydigan 

kuch  tufayli  yoki  foyda  oluvchining  yoxud  boshqaruv  muassisining 

harakatlari  tufayli  kelib  chiqqanligini  isbot  qilib  bera  olmasa,  yetkazilgan 

zarar  uchun  javobgar  bo'ladi.

Ishonchli  boshqaruvchi  o'ziga  berilgan  vakolatlardan  chetga  chiqqan 

yoki  o'zi  uchun belgilab qo'yilgan  cheklashlami buzgan  holda  tuzgan bitim 

bo'yicha majburiyatlarni ishonchli boshqaruvchi shaxsan o'zi bajaradi. Agar 

bitimda qatnashuvchi uchinchi shaxslar vakolatlardan chetga chiqilganligini 

yoki  belgilab  qo'yilgan  cheklashlarni  bilmagan  boisalar  yoki  bilishlari 

kerak  bo'lmagan  bo'lsa,  vujudga  kelgan  majburiyatlar  bo'yicha  qarzlar 

ishonchli  boshqaruvga  topshirilgan  mol-mulk  hisobidan  toianadi.

U shbu  m ol-m ulk  yetarli  bo'lm agan  taqdirda  undiruv  ishonchli 

b o s h q a r u v c h in in g   m o l-m u lk ig a ,  u n in g  m o l-m u lk i  h a m   y e ta rli 

b o'lm a ga n id a   esa,  b osh q a ru v   muassisining  ishonchli  boshqarishga 

topshirilmagan  m ol-m ulkiga  qaratilishi  mumkin.  Bu  holda  boshqaruv 

muassisi ishonchli boshqaruvchidan u keltirgan zararning o'm ini qoplashni

www.ziyouz.com kutubxonasi




talab  qilishi,  ya’ni  regress  da’vo  qilishi  mumkin.

Mol-mulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasi  uni  tegishli  suratda 

bajarmaslik tufayli boshqaruv muassisiga yoki foyda oluvchiga yetkazilishi 

mumkin  bo‘lgan  zararning  o'rnini  qoplashni  ta’minlash  uchun  ishonchli 

boshqaruvchining  garov  berishini  nazarda  tutishi  mumkin.

Fuqarolik  kodeksining  861-moddasiga  ko‘ra  mol-mulkni  ishonchli 

boshqarish  shartnomasi  quyidagi  hollarda  bekor  bo'ladi:

-  


taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan 

shartnomani  bekor  qilish  to'g'risidagi  arizasiga  muvofiq;

-   agar  shartnomada  boshqa  hoi  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  foyda 

oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi 

munosabati  bilan;

-  


ishonchli  boshqaruvchi  fuqaro  vafot  etganida,  u  muomalaga 

layoqatsiz,  muomala  layoqati  cheklangan  yoki  bedarak  yo'qolgan  deb 

hisoblanganida,  shuningdek,  yakka  tadbirkor  n och or  (bankrot)  deb 

topilganida;

-  

ishonchli  boshqaruvchi  yuridik  shaxs  tugatilganida,  u  nochor 



(bankrot)  deb  topilganida;

-  


foyda  oluvchi,  agar  shartnom ada  boshqacha  tartib  nazarda 

tutilgan  bo'lmasa,  shartnoma  bo'yicha  foydani  olishdan  bosh  tortganida;

-  

ishonchli  b osh qa ru vch i  yoki  b osh q a ru v   m uassisi  ishonchli 



boshqaruvchi  uchun  mol-mulkni  ishonchli  boshqarishni  shaxsan  amalga 

oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan 

bosh  tortganida;

-  


boshqaruv  muassisi  ishonchli  b osh qa ru vch iga  shartnom ada 

kelishilgan  haqni  to'lagan  holda  Fuqarolik  kodeksining  861-moddasi  4- 

bandida ko‘rsatilganidan boshqa sabablarga ko'ra shartnomani bajarishdan 

bosh  tortganida;

-  

ishonchli boshqaruvchi  o'zining majburiyatlarini tegishli darajada 



bajarm agan  taqdirda  shartnom a  sudning  q aroriga  m u v ofiq   bekor 

qilinganida;

-  

qonunda  yoki  shartnomada  nazarda  tutilgan  boshqa  asoslarga 



ko'ra.

M ol-m ulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasi  bekor  qilinganida 

ishonchli  boshqarishda  bo'lgan  mol-mulk,  agar  shartnomada  boshqacha 

tartib  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  boshqaruv  muassisiga  topshiriladi.

Mol-mulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasi  taraflardan  birining 

tashabbusi  bilan  bekor  qilinganida  ikkinchi  taraf,  agar  shartnomada 

boshqacha  muddat  belgilangan  bo'lmasa,  kamida  uch  oy  oldin  bundan 

xabardor  qilib  qo'yilishi  kerak.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish