Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Kom pleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

3-§.  Kom pleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasi 

m azm uni

K om pleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasining  mazmunini 

taraflarning  huquq  va  majburiyatlari  tashkil  etadi.  Shartnoma  ikki 

tom on lam a  sh a rtn om a la r  toifa siga   xoslig i  sababli,  bir  ta ra fn in g  

majburiyatlari  ikkinchi  taraf  uchun  huquq  hisoblanadi  va  aksincha.

Ko'pchilik mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, kompleks tadbirkorlik 

litsenziyasi  shartnomasida  litsenziarning  majburiyatlarini  imperativ  va 

dispozitiv majburiyatlarga bo'lish mumkin, hamda imperativ majburiyatlar 

shartnomaning  muhim  shartlarini  tashkil  etadi1.

A g a r  im p era tiv   m a jb u riy a tla m i  taraflar  o'zgartirish ga  haqli 

bo'lmasalar,  dispozitiv  m ajburiyatlam i  o'z  xohish-irodalariga  asosan 

o'zgartirishlari  yoki  butunlay  ulardan  voz  kechishlari  mumkin.

FKning  866-moddasiga  muvofiq,  litsenziar quyidagi majburiyatlarga 

ega  bo'ladi:

1.  Litsenziatga  texnikaviy  va  tijorat  hujjatlarini  topshirishi  hamda 

litsenziat  kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasi  bo'yicha  o'ziga 

berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan boshqa axborotni 

taqdim   etishi,  shuningdek,  litsenziat  va  uning  xodim lariga  ushbu 

huquqlarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan yo'l-yo'riqlar 

berishi  shart;

2.  Litsenziatga  shartnomada  nazarda  tutilgan  litsenziyalarni  berishi, 

ularning  belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilishini  ta’minlashi;

www.ziyouz.com kutubxonasi



3. 

Litsenziatga  doimiy  texnikaviy  va  maslahat  yordami  ko'rsatishi, 

shu  jumladan,  xodimlarni  o'qitish  va  ularning  malakasini  oshirishda 

yordam   berishi  shart.

K om pleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasida  litsenziarning 

boshqa  majburiyatlari  ham  nazarda  tutilishi  mumkin.

Sanab  o'tilganlardan  birinchisi  va  ikkinchisi  imperativ  xarakterga 

ega  majburiyatlar  boiib,  birinchisi  mutlaq  huquqlarni  topshirish,  mutlaq 

huquqlardan foydalanishga doir1 texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirish 

va  qo'shim cha  axborotlarni  berish  bilan  bog iiq d ir.  Shu  bilan  birga, 

litsenziat  va  uning  xodim lariga  mutlaq  huquqlarni  amalga  oshirish 

yuzasidan  y o‘l-yo‘riqlar  berish  majburiyati  ham  imperativ  xarakterga 

egadir.  Chunki  busiz  litsenziat  o'ziga  berilayotgan  mutlaq  huquqlardan 

tadbirkorlik  faoliyatida  foydalanish  imkoniga  ega  boim aydi

Litsenziatga  shartnomada  berilgan  litsenziyalarni  berish  va  ularni 

rasmiylashtirilishi odatda patent huquqi obyektlari berilishida ahamiyatga 

ega  boiadi.  Yuqorida  ta’kidlanganidek,  franshizing  shartnomasini  tuzish 

bilan  birga,  patent  huquqi  obyektlari  uchun  alohida  litsenziyalar  berish 

ham  talab  etiladi.  Aks  holda  patent  huquqi  obyektlaridan  kompleks 

tadbirkorlik  litsenziyasi  shar tnomasi  asosida  tadbirkorlik  faoliyatida 

foydalanishi  g'ayriqonuniy  deb  topilishi  mumkin.

Litsenziarning  litsenziatga  doimiy  texnikaviy  va  maslahat  yordami 

ko'rsatish,  hamda  xodimlarni  o'qitish  va  ularning  malakasini  oshirishga 

yordam   berish  majburiyati  dispozitiv  xarakterga  ega.  Bu  m ajburiyat 

faqatgina  litsenziarning  o'z  foydasi  uchun  amalga  oshirilishini  taqozo 

etadigan  holat  sifatida  qaraladi.  Chunki  litsenziatga  bu  turdagi  yordam 

ko'rsatish  bozordagi  tovarlar  sifatining  yaxshilanishiga  va  litsenziarning 

ishchanlik obro'sining oshishiga olib kelishi bilan birga, litsenziat tomonidan 

toianadigan  haq  miqdorining  ortishiga  ham  sabab  bo'lishi  mumkin.

Litsenziar  litsenziat  tom onidan  ishlab  ch iq a rila y o tg a n   tovar, 

ko'rsatilayotgan  xizmat  va  bajarilayotgan  ish  sifatini  nazorat  qilib  turishi 

lozim.  Aks  holda  litsenziatning  sifatsiz  mahsuloti  uchun  uchinchi  shaxslar 

oldida  mulkiy  javobgar  boiishi  mumkin.

Litsenziatning  eng  asosiy  majburiyati  -   o'ziga  foydalanish  uchun 

berilgan  mutlaq  huquqlardan  shartnomada  ko'zda  tutilgan  maqsadlarda 

foydalanish  va  buning  evaziga  shartnomada  belgilangan  haqni  to'lash 

majburiyatidir.  Litsenziat  lit.senziarga  qat’iy  belgilab  qo'yilgan  bir  yo'la 

yoki  davriy  toiovlar,  tushurndan  ajratmalar,  litsenziar  tomonidan  unga 

qayta  sotish  uchun  yetkazib  beriladigan  tovarlarning  ulgurji  narxlariga 

ustamalar  shaklida  yoki  kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi  shartnomasida

www.ziyouz.com kutubxonasi



nazarda  tutilgan  boshqa  shaklda  haq  to‘laydi.

Ushbu  majburiyatga  qo'shimcha  ravishda  litsenziat  quyidagilarni 

o ‘z  zimmasiga  oladi:

1.  Shartnomada  nazarda  tutilgan  faoliyatni  amalga  oshirish  chog‘ida 

litsenziarning  firma  nomidan  shartnomada  ko'rsatilgan  tarzda  foydalanish. 

A gar  shartnomada  firma  nomi  yoki  tijorat  axborotidan  foydalanishga 

nisbatan cheklashlar belgilangan bo'lsa, litsenziat ana shunday cheklashlarga 

amal qilishi lozim Masalan, shartnomada firma nomidan faqatgina tovarlarni 

sotishda  foydalanish  nazarda  tutilgan  bo'lsa,  litsenziat  tadbirkorlikning 

boshqa  turida  litsenziarning  firma  nomidan  foydalanmasligi  kerak.

Bundan  tashqari  litsenziat  shartnomada  m axfiy  saqlanishi  ko'zda 

tutilgan  m a’lumotlarni  sir  saqlashi,  aynan  qaysi  kompaniyaning  firma 

n o m i,  t o v a r   b e lg is i  va  t ijo r a t   s ir la r id a n   fo y d a la n ib   fa o liy a t  

yuritayotganligini  iste’molchilar  ochiq-oydin  bilib  olish  imkoniyatiga  ega 

bo'lishlarini ta’minlashi shart. Shartnoma asosida sir saqlanishi lozim bo'lgan 

m a’lumotlarni  litsenziar  belgilab  beradi.  Boshqacha  aytganda,  litsenziar 

m axfiy  saqlanishini  talab  qilgan  har  qanday  m a’lumot,  u  nisbiy  tijorat 

qiym atiga  ega  bo'lishi  yoki  bo'lm asligidan   q a t’iy  nazar,  litsenziat 

tomonidan  sir  saqlanishi  lozim.

2.  Litsenziat  shartnom a  asosida  ishlab  chiqarayotgan  tovarlar, 

ko'rsatayotgan xizmatlar,  bajarayotgan ishlar sifati bevosita litsenziarning 

o'zi  ishlab  chiqarayotgan,  ko'rsatayotgan  yoki  bajarayotgan  shunday 

tovarlar,  xizmatlar  yoki  ishlarning  sifatiga  aniq  mos  bo'lishini  ta’minlash. 

Masalan,  litsenziar  -   non  m ahsulotlari  ishlab  chiqaruvchi  “ D ok a” 

kompaniyasi  tomonidan tayyorlangan non mahsulotlarining og'irligi, tashqi 

ko'rinishi,  sifati va  mazasi  bo'yicha  litsenziat tomonidan tayyorlanayotgan 

non  mahsulotlari  yuqoridagi  parametrlar  bilan  bir  xilda  bo'lishi  kerak.

3. Litsenziar ning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan 

foydalanish  xarakteri,  usullari va  shartlari  bu  huquqlardan  litsenziarning 

foydalanishiga  aniq  mos  kelishiga  qaratilgan  barcha  yo'riqnomalari  va 

ko'rsatm alariga,  shu  jum ladan,  litsenziat  shartnoma  bo'yich a  o'ziga 

berilgan  huquqlarni  amalga  oshirish  vaqtida  foydalanadigan  tijorat 

binolarining  tashqi  va  ichki  bezaklariga  doir  ko'rsatmalariga  ham  rioya 

etish.


Litsenziat  mutlaq  huquqlardan  foydalanishda  litsenziar  tomonidan 

bu  huquqlar  qanday  usullarda  amalga  oshirilayotgan  bo'lsa,  shunday 

usullarga  amal  qilishi  lozim.  Tijorat  binolaridagi  yozuvlar,  e ’lonlar  va 

reklama  afishalari,  xizmat  ko'rsatuvchi  xodimlarning  kiyinishi,  binoni 

bezab turuvchi turli xildagi bezak va ko'rinishlar tashqi va ichki tomondan

www.ziyouz.com kutubxonasi




litsenziarning  amaliyoti  bilan  bir  xilda  bo'lishi  yoki  litsenziar  bergan 

k o'rsatm a  va  yo'riqn om alarga  asoslangan  bo'lishi  zarur.  Masalan, 

“ M akdonalds”  kompaniyasining  mutlaq  huquqlaridan  foydalanuvchi 

litsenziatning  ovqatlanish  shaxobchalari  va  unda  xizmat  ko'rsatuvchi 

xodimlarning  kiyinishlari,  kompaniyaning  ovqatlanish  shaxobchalari  va 

xodimlarining  kiyimlari  bilan  ayniy  bo'lishi  lozim.  Bunday  shartning 

qo'yilishi  xaridorni  bozordagi  tovar,  ish  yoki  xizmat  kimga  tegishli 

ekanligini  darhol  ilg'ab  olishiga  xizmat  qiladi  va  litsenziarning  ishchanlik 

obro'si  saqlanib  qolishiga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga,  iste’molchining  o'z 

huquqlari  buzilganda  yetkazilgan  zararni  kimdan  undirishi  kerakligini 

aniqlab  olishiga  yordam  beradi.

4. Sotib oluvchilar (buyurtmachilar) bevosita litsenziardan tovar (xizmat, 

ish) ni sotib olgan (buyurtma bergan) vaqtda ularga umid qilishlari mumkin 

bo'lgan  hamma  qo'shim cha  xizmatlarni  ko'rsatish.  Masalan,  tovarni 

xaridorning  uyiga  olib  borib  berish,  unga  tovardan  foydalanishga  doir 

ko'rsatmalar  va  yo'riqnomalar  berish,  bepul  maslahatlar  berish  va  h.k.

5. Shartnomada to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan bo'lsa, shartlashilgan 

miqdorda  yordamchi  litsenziyalarni  berish.

Qo'shim cha  litsenziya  berish  shartnomada  ko'rsatilgan  hollarda 

beriladi.  Odatda,  qo'shimcha  litsenziya  kompleks  tadbirkorlik  litsenziyasi 

shartnomasida  xalqaro  litsenziar  chet  el  davlatining  butun  hududida  o'z 

tovar  (ish,  xizmat)  bozorini  rivojlantirish  uchun  mutlaq  huquqlarini  faqat 

bir  shaxsga  berganda  qo'llaniladi.  Franshizingning  bu  turi  “masterlik 

litsenziyasi” -  deb ataladi. Bu usul orqali litsenziat butun mamlakat bo'yicha 

franshizor (litsenziar) ga aylanadi. Xalqaro amaliyotda qo'shimcha litsenziya 

subfranshizing  -   deb  nomlanadi1.  Bundan  tashqari  franshizingni  xalqaro 

amaliyotda  qo'llaniladigan,  sotish  franshizingi,  tovar  franshizingi,  ishlab 

chiqarish  franshizingi,  ish  faoliyati  franshizingi  kabi  turlari  m avjud2.

Shartnom ada  ko'zda  tutilgan  holatdan  kelib  chiqib,  litsenziat 

qo'shim cha  litsenziya  bergan  hollarda,  u  sublitsenziya  olgan  shaxsga 

nisbatan litsenziar huquqlariga ega bo'ladi. Biroq litsenziar va sublitsenziat 

o'rtasida litsenziatning majburiyatlari saqlanib qoladi. Ya’ni, sublitsenziatning 

m ajburiyatlarni  bajarm asligi  yuzasidan  va  boshqa  holatlarga  ko'ra 

litsenziat  litsenziar  oldida  javobgar  bo'lishi  mumkin.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish