Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Mol-mulkni ishonchli boshqarish subyektlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Mol-mulkni ishonchli boshqarish subyektlari

M ol-m ulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasida  subyekti  sifatida 

boshqaruvning  muassisi,  ishonchli  boshqaruvchi  va  foyda  oluvchilar 

ishtirok  etadi.

Boshqaruvning  muassisi  -   muayyan  mol-mulkka  ega  bo'lgan,  uni 

boshqarish  va  undan  daromad  olishda  ishonchli  boshqaruvchi  xizmatiga 

ehtiyoji  m avjud  shaxs.

Ishonchli  boshqaruvchi  —  muassis  tomonidan  o'ziga  biriktirilgan 

mol-mulkni  boshqarish  uchun  tayinlangan  fuqaro  yoki  yuridik  shaxs.

Foyda  oluvchi  -   mol-mulkni  ishonchli  boshqarish  natijasida  olingan 

daromadni  o'ziga  berilishini  talab  qiluvchi  va  unga  egalik  qiluvchi  shaxs. 

Shartnomada  muassis  bilan  foyda  oluvchi  (fuqaro  bo'lganda)  bir  shaxs 

bo'lishi  mumkin.

Fuqarolik qonun hujjatlariga asosan quyidagilar mol-mulkni ishonchli 

boshqarish  muassislari  bo'ladilar: 

mol-mulkning  egasi;

meros  qilib  qoldiriladigan  yer  uchastkasiga  um rbod  egalik  qilish 

huquqiga  ega  bo'lgan  shaxs;

vakolatli  davlat  organi  davlat  mulki  bo'lgan  mol-mulkka  nisbatan; 

mol-mulkka xo'jalik yurituvi huquqi asosida egalik qiladigan korxona

-   mulkdorning  ruxsati  bilan;

qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  -  notarius,  vasiylik  va  homiylik 

organi,  sud  yoki  boshqa  vakolatli  organ  (FKning  852-moddasi  1-qism). 

Quyidagilar  ishonchli  boshqaruvchi  bo'lishlari  mumkin: 

fuqaro;

yuridik  shaxs  (FKning  852-moddasi,  2-qism).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Mol-mulk  davlat  organiga  ishonchli  boshqaruvga  berilishi  mumkin 

emas.  Ishonchli  boshqaruvchi  faqat  o'z  roziligi  bilangina  tayinlanishi 

mumkin.  Ishonchli  boshqaruvchidan  tashqari  har  qanday  shaxs  foyda 

oluvchi  bo'lishi  mumkin  (FKning  852-moddasi,  3-qism).

Mol-mulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasining  shakli.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish  shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

K o'chm as  mol-mulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasi  ko'chmas 

mol-mulkni  boshqa  shaxsga  berish  haqidagi  shar tnoma  uchun  nazarda 

tutilgan shaklda va tartibda  tuziladi. Ko'chmas mulkka egalik  huquqining 

boshqa  shaxsga  o'tishi  qaysi  tartibda  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilsa,  bu 

m ulkni  ishonchli  boshqarishga  topshirish  ham   shu  tartibda  davlat 

ro'yxatidan  o'tkazilishi  kerak.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ko'chmas 

mulkni  ishonchli  boshqarishga  topshirishni  ro'yxatga  olish  talabiga  rioya 

qilmaslik,  uning  haqiqiy  boim asligini  keltirib  chiqaradi  (FKning  854- 

moddasi).

Bundan  tashqari,  Fuqarolik  kodeksining  853-moddasi  talabiga  ko'ra, 

m ol-m ulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasida  quyidagilar  nazarda 

tutilishi  kerak:

shartnoma  bo'yicha  ishonchli  boshqarishga  beriladigan  mol-mulk 

ro'yxati;

foyda  oluvchi  to'g'risidagi  ko'rsatma;

ishonchli  boshqaruvchining  hisobotlar  taqdim  etish  muddatlari;

ishonchli  boshqarish  bekor  qilingan  taqdirda  mol-mulkni  oladigan 

shaxs;

agar  haq  toiash   shartnomada  nazarda  tutilgan  b o isa ,  ishonchli 



boshqaruvchiga  toianadigan  haqning  miqdori  va  shakli.  Mazkur  sanab 

o'tilgan  shartlar  bo'lmagan  taqdirda,  shartnoma  tuzilmagan  hisoblanadi.

M ol-m ulkni  ishonchli  boshqarish  shartnomasi  besh  yildan  ortiq 

boim agan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom 

boiga n ida  taraflardan  birining  shartnomani  bekor  qilish  to'g'risidagi 

arizasi  bo'lmasa,  shartnoma  unda  nazarda  tutilgan  muddatga  va  shartlar 

asosida  uzaytirilgan  deb  hisoblanadi.

Ishonchli  boshqarishga  topshiriladigan  ayrim  turdagi  mol-mulklar 

uchun  qonunda  shartnoma  amal  qilishining  boshqa  eng  k o'p  muddatlari 

belgilab  qo'yilishi  mumkin.

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining 

boshqa  m ol-mulkidan,  shuningdek,  ishonchli  boshqaruvchining  m ol- 

mulkidan  ajratiladi.  Ushbu  mol-mulk  ishonchli  boshqaruvchida  alohida 

balansda  aks  ettiriladi  va  u  bo'yicha  mustaqil  hisob  yuritiladi.  Ishonchli

www.ziyouz.com kutubxonasi



boshqaruv  bilan  b o g iiq   faoliyat  bo'yicha  hisob-kitob  yuritish  uchun 

alohida  bank  hisobvarag'i  ochiladi.

B oshqaruv  muassisining  qarzlari  bo'yicha  undiruvni  u  ishonchli 

boshqarishga  topshirgan  mol-mulkka  qaratishga  y o‘l  qo'yilmaydi,  ushbu 

shaxs nochor (bankrot) bo'lgan hollar bundan mustasno. Boshqaruv muassisi 

bankrot  bo'lganida,  ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi 

va u kimoshdi savdosiga qo'yilgan mol-mulkka qo'shib yuboriladi (FKning

855-moddasi).




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish