4. Vositachilik shartnomasining bekor boiishi
Vositachilik shartnomasi quyidagi holatlarda bekor boiishi mumkin:
-
komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
-
vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
-
vositachi vafot etganligi, u m uom alaga layoqatsiz, layoqati
cheklangan, bedarak y o‘qolgan deb topilganligi;
-
vositachi nochor deb topilganligi oqibatida bekor qilinadi (FKning
845-moddasi). Shuningdek, m uddati k o ‘rsatilib tuzilgan vositachilik
shartnomasining muddati tugashi va shartnoma yuzasidan taraflarning
har ikkisi, ya’ni, vositachi va komitent o‘z zimmasiga olgan huquq va
majburiyatlarining ijro etishlari bilan ham shartnoma bekor bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, vositachilik topshirig'ining komitent tomonidan
bekor qilinishi (FKning 843-moddasi), vositachilik topshirig'ini bajarishdan
bosh tortishi (FKning 844-moddasi) tufayli ham vositachilik shartnomasi
bekor boiishi mumkin.
Shartnomani bir tomonlama bekor qilishning quyidagi to'rt turini
ajratish mumkin:
1. Komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. Vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi;
/
3. Vositachilik topshirig'ining komitent tomonidan bekor qilinishi;
4. Vositachilik topshirig'ini bajarishdan bosh tortlshi.
Komitent vositachiga bergan topshirig'ini istagan vaqtida bekor
qilib, vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunda
vositachining topshiriq bekor qilinishi munosabati bilan ko'rgan zarari
umumiy asoslarda qoplanadi.
Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati ko'rsatilmagan holda
tuzilgan taqdirda kom itent shartnomani bekor qilishi haqida, agar
shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan bo'lmasa,
kamida o ‘ttiz kun oldin vositachini xabardor qilishi shart. Bunday holda
komitent vositachiga u shartnoma bekor qilinguncha tuzgan bitimlar
uchun haq to'lashi, shuningdek, vositachi shartnoma bekor bo'lgunicha
qilgan xarajatlarni to‘lashi shart
Topshiriq bekor qilingan taqdirda komitent vositachi ixtiyoridagi
o'z mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordi-
yu bunday muddat belgilanmagan bo'lsa, darhol tasarruf etishi shart.
A g a r k om itent bu m a jb uriyatn i bajarm asa, vositachi m ol-m ulkni
kom itent hisobidan saqlab qo'yishga topshirishga yoki uni komitent
uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli (FKning 843-moddasi).
Yuqorida aytib o'tganimizdek, vositachining topshiriqni bajarishdan
bosh tortishi natijasida ham shartnoma bekor qilinishi mumkin. Biroq
vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli emas, shartnoma
amal qilish m uddati ko'rsatilmasdan tuzilgan hollar bundan mustasno.
B unday holda vositachi kom itentga shartnomani bekor qilishi haqida,
agar xabar qilishning uzoqroq m uddati shartnomada nazarda tutilgan
bo'lm asa, kamida o'ttiz kun oldin xabar berishi shart.
Vositachi komitentning mol-mulki saqlanishini ta’minlash uchun zarur
chora-tadbirlarni ko'rishi shart.
Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida xabardor
q ilin g a n k o m ite n t v o s it a c h in in g to p s h ir iq n i b a ja rish d a n b osh
tortayotganligi haqida bildirishnom a olgan kundan e ’tiboran, agar
shartnomada boshqa muddat belgilangan bo'lmasa, o'n besh kun ichida
v osita ch i ixtiy orid a g i o 'z m ol-m u lk in i tasarru f etishi shart. A g a r
komissioner ushbu m ajburiyatni bajarmasa, vositachi yo m ol-mulkni
saqlab qo'yishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali
bahoda sotishga haqli.
A gar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, topshiriqni bajarishdan bosh tortgan vositachi shartnoma bekor
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilinguncha o'zi tuzgan bitim lar u ch u n vositach ilik haqi olishga,
shuningdek, shu paytga qadar qilgan xarajatlarining qoplanishiga bo'lgan
huquqini saqlab qoladi (FKning 844-moddasi).
Komitent shartnomani bajarishdan bosh tortishi natijasida shartnomaning
bekor bo'lishi Fuqarolik kodeksining 846-moddasida berilgan. Unga ko'ra,
kom itent m uddati ko'rsatilm ay tuzilgan vositachilik shartnom asini
bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli b o 'lib , bu haqda
vositachini, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo'lmasa,
kamida o'ttiz kun oldin xabardor qiladi.
Bunday holda komitent vositachilik shartnomasi bekor qilinganga
qadar tuzgan bitimlari uchun vositachiga haq to'lashi, shuningdek, vositachi
shartnoma bekor bo'lguncha qilgan xarajatlarni unga to'lashi shart.
K om itent vositachilik shartnom asini bajarishdan bosh tortgan
taqdirda Fuqarolik k(xieksi 844-moddasining uchinchi qismida nazarda
tutilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
Vositachi muddati ko'rsatilmasdan tuzilgan vositachilik shartnomasini
bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli b o 'lib , bu haqda
komitentni, agar xabardor qilishning uzoqroq m uddati shartnomada
ko'zda tutilgan bo'lmasa, o'ttiz kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
Bunday holda vositachi o'z ixtiyoridagi komitentning m ol-m ulki
to'liq saqlanishi uchun choralar ko'rishi shart. Kom itent vositachilik
shartnomasi bekor bo'lgunicha vositachining ixtiyoridagi m ol-m ulkni
tasarruf qilishi shart. Agar u mana shu majburiyatni bajarmasa, vositachi
yo m ol-m ulkni kom itent hisobidan saqlashga topshirishga yoki uni
komitent uchun mumkin qadar foydali bahoda sotishga haqli.
Vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan vositachi vositachilik
haqini olish hamda shartnoma bekor bo'lgan paytda o'ziga tegishli bo'ladigan
xarajatlarni undirib olish huquqiga ega (FKning 847-moddasi).
Fuqaro vafot etgan yoki vositachi yuridik shaxs tugatilgan taqdirda
vositachilik shartnomasi bekor qilinadi.
Vositachi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida uning vositachi sifatidagi
huquq va majburiyatlari, basharti qayta tashkil etish yuz berganligi haqidagi
ma’lumotni olgan kundan boshlab o'ttiz kun ichida komitent shartnomani
bekor qilganligi haqida xabar bermasa, qonuniy vorislarga o'tadi.
Komitent fuqaro vafot etgan, u muomalaga layoqatsiz yoki layoqati
cheklangan deb topilgan taqdirda, shuningdek, komitent yuridik shaxs
tugatilgan taqdirda vositachi o'ziga berilgan topshiriqni komitentning
m erosxo'rlaridan yoki h u qu qiy vorislaridan (vakillaridan) tegishli
ko'rsatmalar kelguncha bajarib turishi shart (FKning 848-moddasi).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |