2. Vositachilik shartnomasi bo‘yicha taraflarning
huquq va burchlari
Vositachilik shartnomasi ikki taraflama shartnoma bo'lganligi tufayli
taraflarning har qaysilarida, y a ’ni komitentda ham, vositachida ham
muayyan huquqlar va burchlar bo'ladi.
Vositachining huquq va majburiyatlari:
Vositachi uchinchi shaxs bilan o'zi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan
ham m a m ajb uriyatlarn i baja rish i va ham m a h u q u q la m i am alga
oshirishi shart.
V osita ch i u ch in ch i sh a x s bila n o 'z i tu zg a n b itim d a n k e lib
chiqadigan ham m a m ajburiyatlarni bajarishi va ham m a h u q u q la m i
www.ziyouz.com kutubxonasi
am alga oshirishi shart.
/
Vositachi o'z zimmasiga olgan topshiriqni komitentning ko'rsatmalariga
muvofiq, vositachilik shartnomasida bunday ko'rsatmalar bo'lmaganda
esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo'yiladigan boshqa talablarga
m uvofiq komitent uchun eng foydali shartlar asosida bajarishi lozim.
A gar vositachi bitimni komitent ko'rsatganidan ham foydaliroq shartlar
asosida tuzgan boisa, qo'shimcha foyda, basharti shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflar o'rtasida baravar taqsimlanadi.
V ositach i bitim n in g ijrosi u ch u n k om iten tga kafolat b e rg a n
(del’kredere) hollarda u vositachilik shartnomasida kelishilgan miqdorda
qo'shimcha haq olish huquqiga ega boiadi.
Komitent hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim uchinchi
shaxs tomonidan bajarilmaganligi uchun vositachi komitent oldida javobgar
boim aydi, vositachi ushbu shaxsni tanlashda zarur ehtiyotkorlik qilmagan
yoki bitimning bajarilishiga kafolat bergan (del’kredere) hollar bundan
mustasno.
Vositachi uch in ch i shaxs bilan tuzgan bitim ni uchinchi shaxs
bajarmagan taqdirda, vositachi bu haqda darhol komitentga xabar berishi,
zarur dalil-isbotlarni to'plashi va ta’minlashi, shuningdek, komitentning
talabiga ko'ra bunday bitim yuzasidan huquqlarni talablarni boshqa
shaxsga o'tkazish to'g'risidagi qoidalarga rioya qilgan holda (Fuqarolik
kodeksining 313-317, 319, 320-moddalari) unga topshirishi shart.
Fuqarolik kodeksi 834-moddasining beshinchi qismi asosida bitim
bo'yicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs
bilan huquqlarni bu n day berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan
kelishuvidan q a t’ iy nazar, y o'l qo'yiladi. Bu hoi vositachi huquqni
topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib, huquqni
topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan
ozod qilmaydi (FKning 834-moddasi).
A gar vositachilik shartnomasi komitentga bog'liq sabablar bilan
bajarilmagan boisa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek, qilingan
xarajatlarning qoplanishiga b oiga n huquqini saqlab qoladi (FKning 833-
moddasi).
Qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilgan bo'lm asa,
v osita ch i ish m a n fa a tla rin i, sh u n in gd ek , k om iten t m an faatlarin i
ko'zlamasdan, kom itent tom onidan berilgan ko'rsatmalardan chetga
chiqishi - taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomani buzish deb ko'rsatiladi.
B inobarin, bu n in g natijasida k o'rilga n zarar vositachi tom on idan
komitentga toianishi lozim. Chunonchi, vositachi komitent tomonidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
tayinlanib, o'zaro kelishib belgilangan ashyoning sotish baxosini o'zicha
komitent bilan kelishmasdan o'zgartira olmaydi, aks holda, ashyoning
belgilangan narxi bilan sotilish bahosi o'rtasidagi farqni komitentga
to'lashga majbur bo'ladi.
Fuqarolik kodeksining 835-moddasida qo'shimcha vositachilik nazarda
tutilgan. Unga ko'ra, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida boshqa
shaxs bilan qo'shim cha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli bo'lib,
qo'shimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar
bo'lib qolaveradi.
Qo'shimcha vositachilik shartnomasi bo'yicha vositachi qo'shimcha
vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega bo'ladi.
Qonun biron-bir bitimni faqat maxsus vakil qilingan shaxslar bilan
tuzishga y o i qo'yadigan hollarda qo'shim cha vositachilik shartnomasi
faqat ana shunday shaxs bilangina tuzilishi mumkin.
Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent
v o s ita c h in in g r o z ilig is iz q o 's h im c h a v o s it a c h i b ila n b e v o s it a
munosabatlarga kirishishga haqli emas.
Fuqarolik kodeksining 837-moddasida komitentning ko'rsatmalaridan
chetga chiqish to'g'risidagi qoidalar nazarda tutilgan. Unda ko'rsatilishicha,
vositachi komitentning ko'rsatmalaridan Fuqarolik kodeksining 819-
moddasida nazarda tutilgan hollarda chetga chiqishga haqli.
Mol-mulkni komitent bilan kelishilgan narxdan arzon sotgan vositachi
mol-mulkni kelishilgan nar-xda sotish imkoniga ega bo'lmaganligini va
arzon narxda sotish natijasida yana ham ko'proq zararning oldi olinganligini
isbot qilib bermasa, oradagi farqni komitentga to'lashi shart. Vositachi
komitentdan ruxsat so'rashi shart bo'lgan hollarda u kom itentning
ko'rsatmalaridan chetga chiqishga komitentning roziligini oldindan olish
imkoniyatiga ega bo'lmaganligini ham isbot qilishi shart.
Agar vositachi mol-mulkni komitent bilan kelishilgandan yuqoriroq
narxda sotib olgan bo'lsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan
komitent vositachidan uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqida
bildirish olganidan keyin oqilona m uddatda bu haqda vositachiga
m a’lum qilishi shart. Aks holda, xarid komitent tomonidan qabul qilingan
deb hisoblanadi.
Agar vositachi narxdagi farqni o'zi to'lashini m a’lum qilsa, komitent
o'zi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.
Vositachi Fuqarolik kodeksning 290-moddasiga m uvofiq o'z qo'lida
www.ziyouz.com kutubxonasi
/
bo'lgan, komitentga yoki komitent ko'rsatgan shaxsga topshirilishi kerak
bo'lgan ashyolarni vositachilik shartnomasi bo'yich a o'z talablarini
ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.
Komitent nochor (bonkrot) deb e ’lon qilingan taqdirda vositachining
mazkur huquqi bekor qilinadi, uning o'zi ushlab turgan ashyolar qiymati
doirasida komitentga qo'yadigan talablari Fuqarolik kodeksining 291-
m odd asiga m u v o fiq g a r o v bilan t a ’ m in lan gan talablar q a to rid a
qanoatlantiriladi (FKning 838-moddasi).
Vositachi Fuqarolik kodeksining 343-moddasiga muvofiq vositachilik
shartnomasi bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan summalami komitent hisobidan
o'ziga tushgan ham m a sum m alardan ushlab qolishga haqli. Biroq,
komitentning o'z talablarini qondirish navbati bo'yicha garov saqlovchilar
oldida imtiyozdan foydalanadigan kreditorlari bu talablarni vositachi
ushlab qolgan su m m alardan qanoatlantirish huquqidan m ah ru m
etilmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |