2. Ssuda sh a rtn o m a si bo‘iich a taraflar, u larn in g
h u q u q va m ajbu riyatlari
Ssuda shartnom asi asosiy xo'jalik shartnom alaridan bo‘lm asa-da,
lekin ayrim sohalarda, masalan, maishiy, m a’rifiy sohalarda, shuningdek,
m ahalla aholisi o'rtasida, qo'ni-qo'shnichilikda ancha muhim rol o'ynaydi.
Ssuda shartnom asining bu aham iyati unda ishtirok etishga tom onlar
o'rtasida rag'batni oshiradi. Ssuda shartnomasi bo'yicha faqat ikki taraf
s u b y e k t s ifa tid a m u n o s a b a tla rg a k irish ish i m um kin . O 'z b e k isto n
Respublikasi FKning 617-moddasiga muvofiq, ssuda shartnomasida taraf
sifatida ssuda oluvchi va ssuda beruvchi ishtirok etishi mumkin.
Mol-mulkni tekinga foydalanishga m ulk huquqi asosida m uayyan
mol-mulki bo'lgan h a r qanday shaxs berishi mumkin. Shuningdek, FKning
618-moddasiga binoan ashyoni tekin foydalanishga berish huquqiga uning
m ulkdo ri b o 'lm agan, lekin q onun yoki m u lkd o r tom onidan vakolat
berilgan boshqa shaxslar ham ega bo'ladi. Ayni paytda, tijorat tashkiloti
202
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'z muassisi, ishtirokchisi (aksiyadori), rah b a ri, o'z b o sh q a ru v yoki
nazorat organlarining a ’zosi bo'lgan shaxsga ashyoni tekin foydalanishga
berishga haqli emas (FKning 618-moddasi 2-qismi). Ssuda shartnomasi
ssuda b eruvchining m anfaatlarini ko'zlab tuzilm aydi, binobarin, bu
shartnom a ijara shartnom asidan farq qilgan holda, m ulkdorning biror
m anfaatlariga javob berm aydi va m ulkdorning ushbu shartnom adan
m anfaat ko'rishiga oid huquqlari bo'lmasdan, faqat ssuda oluvchining
m an faatlarin i ko'zlovchi m ajb u riy a tla rig in a m av jud dir. C hunonchi,
FKning 619-moddasiga binoan, ssuda beruvchi ashyoni tekin ham da
vazifasiga muvofiq foydalanish shartlariga javob beradigan holatda barcha
m ansub ashyolari va tegishli hujjatlari bilan birga topshirishi shart. Ushbu
m ajburiyat ssuda beruvchining asosiy m ajburiyati bo'lib, bunda ssuda
oluvchining m anfaatlari ko'zlangan. Chunki ssuda oluvchiga zaru r ashyo
topshirilmasa, topshirilsa-da, u lozim darajad a sifatli bo'lm asa, bunda
ssuda b eru v chi FK ning 620, 621-m oddalarida belgilangan ta rtib d a
javobgar b oiadi, y a ’ni agar ssuda beruvchi ashyoni ssuda oluvchiga
bermasa, ssuda oluvchi shartnomani bekor qilish va yetkazilgan haqiqiy
zarar o'rnini qoplashni talab qilishga haqli b o iadi (FK 620-moddasi).
FKning 621-moddasiga muvofiq, ssuda beruvchi tekin foydalanish
shartnom asini tuzish paytida q asd d an yoki qo'pol ehtiyotsizlik bilan
ashyoning kamchiliklarini aytib qo'ym agan boisa, bu kamchiliklar uchun
javobgar boiadi.
Ssuda beruvchi ashyoni topshirayotgan paytda uning kamchiliklarini
aytib, zarur boisa, shartnom ada ko'rsatib topshirishi lozim. A garda aytib
topshirm agan b o isa , ssuda beru v ch i aybining darajasi, yetkazilgan
zarardagi haqiqiy ishtiroki, y a ’ni hissasi uning bu harak atn i qasddan
yoki ehtiyotsizlikdan sodir qilganligi bilan belgilanadi.
Bunday hollarda ssuda oluvchi:
1) ashyodagi kamchiliklami tekin b artaraf qilishni;
2) ashyoning kamchiliklarini tuzatish uchun qilingan x arajatlam i
qoplashni;
3) shartnom ani m uddatidan ilgari bekor qilishni va ko'rilgan haqiqiy
zararni qoplashni talab qilishga haqpi boiadi. Chunki ssuda beruvchi
kamchiliklari bor b o ig an ashyoni berishi oqibatida ssuda oluvchining
m anfaatlariga k a tta zarar yetadi. Jum lad an , u ssuda olish natijasida
ko'rishi m um kin b oigan foydani ololmay qolishi, shartnom adan nisbatan
toiiqroq foydalanish uchun boshqa shaxslar bilan tuzgan turli sohadagi
shartnom alardan voz kechishi natijasida ular ko'rgan zararlarni toiashi,
shartnom a borasidagi nizo bo'yicha o'z huquqlarini himoya qilishni so'rab,
www.ziyouz.com kutubxonasi
sud, xo'jalik sudiga m urojaat qilganida vujudga keladigan xarajatlari
natijasida k atta m a ’naviy va moddiy zarar ko'rishi mumkin. B unday
holda haqiqiy zarar deb ssuda oluvchining ololmay qolgan foydasidan
tashqari, qilgan b archa xarajatlari tushuniladi va u bu zararni to'liq
holda qoplashni talab qilib, sudda, xo'jalik sudida d a ’vo qo'zg'atishga
haqdi. Bizga m a’lumki, shartnom aning real yoki konsensual harakterda
bo'lishi taraflarning huquq va burchlariga bog'liqdir. Yuqoridagi huquq
va m ajburiyatlar konsensual harakterdagi shartnom alarda vujudga keladi.
B ulardan tashqari, tara fla r yana bir qator h uquq va m ajburiyatlarga
egadirlar. Bunda ham m ajburiyatlar, asosan, ssuda beruvchiga tegishli
bo'lib, bu m ajburiyatlarning u tomonidan bajarmasligi ssuda oluvchida
m a ’lum huquqdarni vujudga keltiradi.
Ashyoni ssudaga topshirishda yana shunday holat ham borki, bu
holat ssudaga topshirilayotgan ashyoga nisbatan uchinchi shaxslarning
huquqlari bilan bog'liq.
Uchinchi shaxslar jumlasiga merosxo'rlar, ashyo garovga qo'yilgan
bo'lsa, kreditorlar, servitut huquqi bo'yicha mol-mulkning bir qismidan
fo y d alan ay o tg an bosh qa sh a x sla r va shu k a b ila r kiradi. Fuqarolik
qonunchiligi talablariga binoan ashyoni, mol-mulkni tekinga foydalanishga
topshirish unga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlariga ta ’sir qilmaydi.
Ashyoni, mol-mulkni tekin foydalanishga topshirayotganda ssuda beruvchi
ssuda oluvchiga m ol-m ulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqi
to'g'risida aytib, topshirishi lozim. Agarda ssuda beruvchi tomonidan bu
h a ra k a t hilinmasa, ashyodan foydalanish mobaynida unga nisbatan ushbu
huq uqlar mavjudligi aniqlansa va bu holat shartnom a bajarilishiga salbiy
ta ’sir ko'rsatadigan bo'lsa, bunday holda ssuda beruvchi javobgar bo'ladi.
Bunda ssuda oluvchi ssuda beruvchidan shartnom ani m uddatidan ilgari
bekor qilishni va ko'rilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Y uqoridag i ho latlar, asosan, ssuda oluvchining h u h u q va qonuniy
m anfaatlarini ko'zlab h ara k a td a bo'ladi. Lekin shartnom aning tekinga
tuzilishi uning bir- tomonlama m ajburiyatlar belgilab tuzilishini bildirmaydi.
S s u d a o lu v c h in in g h a m m o l-m u lk n i s a q la s h b o 'y ic h a b ir q a to r
m ajburiyatlari m avjuddir.
Xususan, FKning 623-moddasi mazmuniga ko'ra, ssuda oluvchi unga
foydalanish uchun topshirilgan ashyoni normal holatda saqlashi shart.
A g ar shartnom ada boshqacha holat nazarda tutilm agan bo'lsa, ssuda
o luvchi ashyoni jo riy v a k a p ita l t a ’m irlashi, uni saqlash bo 'y ich a
x a ra jatlarn i o'z hisobidan am alga oshirishi lozim. Bu norm a m ulkdor
h u q u q larin i him oya qilishda m uh im rol o'yn ayd i va shartn om a bir
www.ziyouz.com kutubxonasi
to m onlam a h a ra k te r d a b o iis h lig in i in k o r etadi. A shyoni tek in g a
foydalanishga topshirish ssuda oluvchida u yuzasidan ham m a harakatlarni
amalga oshirishga olib kelmaydi. Ssuda oluvchi unga topshirilgan ashyodan
sh artno m ada belgilangan sh a rtla rg a m uvofiq, ag a r sh artn o m ad a bu
shartlar belgilanmagan bo'lsa, ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanishga
majburdir. Bu holat FKning 617-moddasi 2-qismiga binoan 545-moddaga
h a v o la q ilin g a n b o 'lib , b u n d a a g a r s s u d a b e ru v c h in in g yozm a
o g o h lan tirish ig a q aram ay , ssu d a oluvchi m o l-m u lk d an sh a rtn o m a
shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ssuda
beruvchi shartnom ani m uddatidan ilgari bekor qilishni va zararning
qoplanishini talab qilishga haqli. K eltirilgan zarar hajm ini aniqlashda
fo y d a la n is h g a b e rilg a n m o l-m u lk n in g q iy m a ti, a h a m iy a ti, u n g a
yetkazilgan z a ra r m iqdori, nizo bo'yicha ssuda b eruvchining qilgan
xarajatlari hisobga olinishi, aybning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir
etilganligi m uhim ahamiyatga egadir.
Ssuda oluvchining yana bir m ajburiyati ashyoning tasodifan nobud
bo'lish yoki tasodifan buzilishi xavfi ostida javobgarlik uning zimmasida
bo'lishidir. FK ning 624-moddasiga m uvofiq, quyidagi hollarda ushbu
m ajb u riy at buzilishida javobgarlik ssuda oluvchi zim m asida bo'lishi
ko'rsatilgan:
1) ashyodan shartnom aga yoki uning vazifasiga nomuvofiq holda
foydalanishi natijasida ushbu xavf tug'ilsa yoki amalga oshirilgan bo'lsa;
2) ashyoni ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga berishi
tufayli yuqoridagi hoi sodir bo'lsa;
3) garchi ssuda oluvchi o'z ashyosidan voz kechib, ssudaga berilgan
ashyoning nobud bo'lishi yoki buzilishini b a rta ra f qilish im koniyatiga
ega bo'lsa ham ashyoning tasodifan nobud bo'lish yoki tasodifan buzilish
xavfi uning zimmasida bo'ladi.
Birinchi qismda ko'rsatilgan qoidalar m ulkka nisbatan xo'jasizlikning
oldini olishga qaratilgan. Chunki shartnom a haq evaziga tuzilmaganligi
uchun ssuda oluvchining ashyodan qaytarzda va tartibda foydalanishidan
q at’iy nazar, h a r qanday holda ham foyda ko'rish imkoniyati bo'lganligi
sababli, ssuda oluvchi ashyodan ssuda beruvchi m anfaatlariga zid holda
foydalanishi xavfi ancha real va am aliyotda ko'p uchraydigan holdir.
Shu m a’noda yuqoridagi norma ushbu holni b artaraf qilishga qaratilgan.
Ikkinchi norma ssuda beruvchining ashyo egasi sifatida uni tasarru f
etish huquqini himoya qilishga qaratilgan.
F K ning 164-m oddasi, «O 'zbekiston R esp ublikasid a m u lk ch ilik
to'g'risida» gi qonunning 1-moddasi 2-qismiga muvofiq, m ulkdor o'ziga
www.ziyouz.com kutubxonasi
tegishli mol-mulkka o'z ixtiyoriga ko'ra egalik qiladi, undan foydalanadi
va tasarru f etadi. Shu Qonunning 1-moddasi 3-qismida m ulkdor o'ziga
qarashli m ol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarru f
etish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o'zi haqlidir, deyiladi.
A garda ssuda oluvchi yuqoridagi harakatni bajarsa, ya’ni mulkdor
(ssuda beruvchi) roziligisiz uni (ashyoni) uchinchi shaxsga foydalanishga
b ersa, b u n d a m ulk dorning y uqorida sanab o 'tilg an m u tlaq m ulkiy
huquqlarini buzgan bo'ladi. Ikkinchidan, shu harakati natijasida ashyo
buzilsa yoki nobud bo'lsa, ssuda oluvchi ssuda beruvchiga mulkiy zarar
yetkazadi va m ulqdorning mulkiy huquqlariga jiddiy p u tu r yetkazadi
(ham mulkiy, ham shaxsiy nomulkiy, ya’ni m a’naviy). Bu ham shartnoma
m ajburiyatlarining bajarilmasligini bildiradi, chunki odatda shartnom a
taraflarning manfaatlariga zid holda tuzilmaydi. Binobarin, ssuda oluvchining
yuqoridagi harakatlari ssuda beruvchining m anfaatlariga ziddir va bu
o'z-o'zidan ssuda beruvchida bir qator huquqlar vujudga keltiradi.
Yuqoridagiga m utanosib ravishda, quyidagi hollarda ssuda beruvchi
ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun
javobgarlikni o'z zimmasiga oladi:
1) ag a rd a z a ra r ssuda oluvchi tom onidan yoki bu ashyo ssuda
beruvchining roziligi bilan qo'liga tushib qolgan shaxslar tom onidan
qasddan yoki qo'pol ehtiyotsizlik tufayli yetkazilganligini ssuda beruvchi
isbotlay olmasa;
2) agar zarar ssuda beruvchining roziligisiz ssuda oluvchi ixtiyoridan
chiqib ketgan ashyodan foydalanib yetkazilganligini ssuda beruvchi isbot
qila olmasa.
Y uqoridagi h u q u q va m a jb u riy a tla r ssud a b e ru v c h i va ssuda
oluvchining huquqiy m aqom ini belgilaydi va ssuda shartnom asining
m azmunini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |