4 .2 . Ijarachi (ijara oluvchi)ning yer uchastkasiga
bo'lgan huquqi.
Ma’lumki, bino va inshootlar ko'chmas mulk obyektlariga kiradi Ular
yerga ajralmas-uzilmas bog'langan va ularning ko'chirilishida uning xususiyati
va shakliga zarar yetkazilmaslik mumkin emas. Ijarachi tomonidan bunday
obyektlarga egalik qilish va foydalanish unda bino, inshoot joylashgan yer
uchastkasiga nisbatan m a’lum bir huquqlar mavjudligini bildiradi Bunday
huquqlarni to'liq belgilash FKning 575-576-moddalarida o'z aksini topgan.
Belgilangan qoidalar ikki holatga nisbatan: bino, inshootni ijaraga beruvchi
yer uchastkasining egasi, mulkdori va bino, inshoot joylashgan yer uchastkasi
ijaraga berganning mulkdori bo'lganda o'matilgan. Birinchi holat bo'yicha
bino, inshoot ijara shartnomasida bir vaqtning o'zida ijaraga oluvchiga yer
uchastkasiga (bino yoki inshoot joylashgan joyga) bo'lgan huquqni o'tkazish
masalasi hal qilinadi Ijaraga oluvchiga shartnomada nazarda tutilgan obyekt
bilan birga yer uchastkasiga bo'lgan huquq boshqa tartibda berilishi ham
mumkin. Ijaraga oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga bo'lgan
huquq shartnomada belgilab qo'yilgan bo'lmasa, yer uchastkasining bino va
inshoot joylashgan va ulardan o'z vazifasiga muvofiq foydalanish uchun
zarur bo'lgan qismidan foydalanish huquqi bino yoki inshoot ijaraga berilgan
m uddatga ijaraga oluvchiga o'tadi (FKning 575-moddasi 3-qismi). Ijaraga
beruvchiga mulk huquqi asosida qarashli bo'lmagan yer uchastkasida joylashgan
bino yoki inshootni ijaraga berishga agar bunday uchastkadan foydalanishning
qonunda yoki yer uchastkasining mulkdori bilan tuzilgan shartnomada
www.ziyouz.com kutubxonasi
belgilangan shartlariga zid bo'lmasa, ushbu uchastka mulkdorining roziligisiz
yo‘l qo'yiladi (FKning 575-moddasi 4-qismi). Bundan ko'iinib turibdiki, ushbu
holatda ijarachiga ijaraga beruvchidan bino yoki inshoot joylashgan yer
uchastkasidan foydalanish huquqi ham o'tadi va ulardan maqsadga muvofiq
foydalanish uchun zarur bo'lgan qismiga tegishli bo'ladi.
Ijara munosabatlarini m ustahkam lashda va ijaraga oluvchilarning
huquq va qonuniy m anfaatlarini himoya qilish m aqsadida qonunshunos
ayrim masalalarga aniqlik kiritib o'tgan. Ijaraga olingan bino yoki inshoot
jo y lash g an y e r uchastkasi boshqa shaxsga sotilgan hollarda
y e r
uchastkasining bino yoki inshoot joylashgan va undan foydalanish uchun
zaru r bo'lgan qismdan foydalanish uchun ushbu yer uchastkasi sotilguniga
q a d a r amalda bo'lgan shartlar bilan ana shu bino yoki inshootni ijaraga
oluvchi shaxs saqlanib qoladi (FKning 576-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |